6-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: O’zbek shalq shevalarining fonetik xususiyatlari
1.O’zbek xalq shevalarininig shevalararo farq qiluvchi belgilari.
2. y- lashish vva j- lashish; o- lashish va a- lashish.
3. O’zbek shevalarining tarkibi.Qorluq, o’g’iz va qiprchoq lahjalari.
Darsning maqsadi: O’zbek xalq shevalaridagi o’ziga xos fonetik xususiyatlar shevalararo fonoligvistik tomondan farqlanadigan asosiy belgilar: y- lashish va j- ashish; o- lashish va a- lashishi xususiyatlari unlilarning shevalararo farqlanuvchi tomonlarini qiyosiy usulda tahlil etish orqali talabalar ongiga sindirish.
O’zbek xalq shevalaridagi undosh tovushlarning shevalararo farq qilish, ulardan qaysi birining adabiy normaga yaqinligi, undoshlarning lahjalararo qo’llanish xususiyatlarini talabalarga ko’rgazmalilik orqali yetkazish. Sheva, jonli til va adabiy til haqidagi tasavvurlarnini chuqurlashtirish.
Indentiv o’quv maqsadi:
1.1 O’zbek xalq shevalarininig shevalararo farq qiluvchi belgilarni aniq faktlar orqali ibotlaydi.
1.2 y- lashish vva j- lashish; o- lashish va a- lashishi nima ekanligi xususida aniq xuk mchiqaradi:
1.3 O’zbek shevalarining tarkibi uch laxja asosida qurilganligi: Qorluq, o’g’iz va qiprchoq lahjalari ekanligi biladi.
Ishni bajarish tartibi:
1.O’zbek tili dialektlararo farqlanuvchi ko’p shevali til ekanligi lingvistik adabiyotlar orqali o’rganib, xulosa chiqarish.
2.Qorluq, qipchoq, va o’g’uz lahjalari o’rtasidagi farqli tomonlarini yozma bayon qilish.
3.Toshkent, Samarqand-Buxoro, Xorazm-o’g’iz, qipchoq tip shevalarining unlilarining aks ettiruvchi ko’rgazmalar tayyorlash.
4.Amaliy Mashg’ulot darslari dan foydalanib o’zbek tilining qorluq-chigil-uyg’ur, qipchoq va o’g’iz lahjalaridagi unli tovushlarni alohida-alohida diagramma asosida ko’rsatadilar.
5.Undoshlarni paydo bo’lish o’rni, usuli va ovoz, shovqinning ishtirokiga ko’ra tasnifini belgilaydi.
6.Unli va undoshlarni adabiy normadan farq qiluvchi tomonlarini yozma ish shaklida o’qituvchiga topshiradi.
7.Fonetik hodisalarning turlari o’quv-metodik tipdagi adabiyotlarda mavjudligi aniqlanadi va konspektlashtiriladi, kartotekalar tayyorlaydi.
8.Fonetik hodisalarning har bir turi bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlanadi.
9.Singarmonizm qonuni nima? Uning lab va tanglay garmoniyasining mavjudligi xususida referat ishi tayyorlanadi.Amaliy mashg’ulot darslarda texnik vositalar orqali talabalar ijodiy ishlaydi.
10.Singormonizmning nima uchun boshqa til oilalarida mavjud emasligi xususida baxs tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |