Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari
1.Lingvistik geografiyaning o’rganish ob’ekti: izoglassa, izofonema, izomorfema tushunchalari bo’yicha materiallar yig’ish.
2.Monografik usul bilan lingvogeografik usulining farq qiluvchi tomonlarini aniqlash.
3.Lingvistik xarita yaratish bo’yicha amaliy darslarda mashq o’tkazish.
Mavzu bo`yicha asosiy xulosalar
*Lingvistik geografiya haqidagi tushunchani ko’rgazmalilik asosida isbotlaydi.
*Lingvistik geografiya usuli bilan monografik usul orasidagi farq va afzal tomonlarini bilib oladi.
*Lingvogeografik usulning o’rganish ob’ektini o’rganadi.
*Evropa va jahon tilshunosligida dialektlarni lingvogeografik usul asosida o’rganish istiqbolli ekanligini anglaydi.
Foydalanish uchun adabiyotlar
1.V.V.Reshetov., Sh.Shoabdurahmonov. O’zbek dialektologiyasi. Toshkent,1978 (Lingvistik geografiya bo’limi).
2.A.K.Borovkov. O’zbek sheva-lahjalarini tekshirish uchun savol-javoblar. Toshkent,1944.
3.V.V.Reshetov. O dialektologicheskom atlase uzbekskogo yazika. Kazan, 1958.
4.Sh.Shoabdurahmonov. O’zbek tilining dialektologik atlasi, O’TA, 1969.
Amaliy mashg’ulot
2-amaliy mashg’ulot: Lingvistik geografiya metodi.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Lingvistik geografiya metodi asosida xalq shevalarining o’rganilishi. Bu yangi metod asoschilari, uning jahon miqyosida tarqalishi. O’zbek xalq shevalarini ushbu metod asosida o’rganishning boshlanishi, asoschilari, maqsadi va vazifalari.
Identiv o’quv maqsad:
1.1.Lingvistik geografiya haqidagi tushunchani ko’rgazmalilik asosida isbotlaydi.
1.2.Lingvistik geografiya usuli bilan monografik usul orasidagi farq va afzal tomonlarini bilib oladi.
1.3.Lingvogeografik usulning o’rganish ob’ektini o’rganadi.
Kerakli jihozlar: Ko’rgazmali qurollar, atlaslar, kartalar, mavzuga oid turli adabiyotlar.
Ishni bajarish tartibi:
1.Lingvistik geografiya usuli nima ekanligini talabalarga o’rgatish.
2.Lingvistik geografiyaning ob’ektini o’rganish.
3.Bu usulni jahon tilshunosligida paydo bo’lishini o’rganish.
4.Jahon tilshunosligidagi lingvo-geografiyaning asoschilarini aniqlash.
5.O’zbek xalq shevalarini o’rganishning hozirgi ahvoli – uch yo’nalish haqida adabiyotlardan ma’lumot tayyorlash.
Kerakli adabiyotlar:
1.V.V.Reshetov.,Sh.Shoabdurahmonov.O’zbek dialektologiyasi. Toshkent, 1978 (Lingvistik geografiya bo’limi).
2.A.K.Borovkov. O’zbek sheva-lahjalarini tekshirish uchun savol-javoblar. Toshkent, 1944.
3.V.V.Reshetov. O dialektologicheskom atlase uzbekskogo yazika. Kazan, 1958.
4.Sh.Shoabdurahmonov. O’zbek tilining dialektologik atlasi, O’TA,1969.
Do'stlaringiz bilan baham: |