Iymon qo'shigi



Download 1,77 Mb.
bet28/70
Sana21.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#396379
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Bog'liq
avi word1

Nazorat savoUari

  1. Payvandlash va kavsharlashning qanday prinsipial farqi mavjud?

  2. Kavsharlar va kavsharlaslining qanday turlari mavjud?

  3. Detallarni kavsharlab ta'mirlash texnologik jarayoni nimalardan ihoral?



  1. Kavsharlashda qanday uskunalardan foydalaniladi?

  1. Detallarni galvanik usulda metall qoplab

  1. ta'mirlash

Umumiy ma'lumotlar. Ta’mirlash korxonalarida avtomobiining yeyilgan ayrim detallari galvanik (elektrolitik) usulda metall qoplab ta’mirlanadi. Bu usul elektrolizjarayoniga asoslangan. Elektrolitdan o'zgarmas tok o'tganda unda sodir bo'ladigan kimyoviy jarayon eiektroliz deb ataladi.

Xromlashda katod vazifasini dctal, anod vazifasini esa elektrod bajaradi. Anodlar suyuqlanadigan (temir, mis va boshqalar) va suyuqlanmaydigan (qo'rg'oshin, ko'mir, platina va boshqa) xillarga bo'linadi

Xromlash. Yeyilgan detallarni xromlash bilan tiklashda xroni- ning quyidagi xususiyatlaridan foydalaniladi. Xrom kumushsimon po'lat rangli, yuqori qattiqlikka (HB 500—1200) ega bo'lgan metali bo'lib, uning zichligi 6,92 g/sm3 ga teng, suyuqlanish temperaturasi 1615°C, kengayish koeffitsiyenti 84- 10-8gateng. Xromning yupqa

qatlami elastik bo‘lib, xrom bilan yupqa qilib qoplangan detalni hatto shtamplasa liam bo'ladi. Xrom qatlamlari atmosfera ta’sirida oksidlanmaydi, organik kislotalarga turg'un bo'ladi. Xromning nur qaytarish xususiyati 70% (kumushniki 90%, nikelniki 60%). Xrom qatlami o'zining yaltiroq sirtini kumush va nikelga qaraganda ko‘proq saqlaydi va yeyilishga (ayniqsa, 0,1 mm qalinlikda) yaxshi qarshilik ko'rsatadi.

Xromlashda katod vazifasini ta'mirlanadigan detal, anod vazifasini esa erimaydigan qo'rg'oshin plastinka bajaradi. Elektrolit xrom angidrid va sulfat kislotaning suvdagi eritmasidan iborat. Xromlash maxsus vannalarda olib boriladi. Vannaning devori ikki qavatdan iborat bo'lib, qavatlar orasidagi bo'shliq suv yoki moy bilan toMdiriladi va bug' bilan isitiladi. Vannani shamollatib turish uchun maxsus moslama boMishi kerak.

Anodning mustahkamligini oshirish uchun qo‘rg‘oshinga 7— 8 % surma qo'shiladi. Elcktroliz paytida katodda va anodda quyidagi jarayonlar yuz beradi, Katodda vodorod ajralib cliiqib, olti valentli xrom uch valentli xromga qaytariladi va detal yuzasiga xrom mctali o'tiradi. Anodda kislorod ajralib chiqadi va uch valentli xrom olti valentli xromga oksidlanadi.

Galvanik usulda cho'yan, po'lat, temir, mis, jez va aluminiy qotishmalarini xromlash mumkin, Xromlashda xrom qatlamining qalinligi 0,001 dan 0.5 mm gacha va undan ortiq ham bo'lishi mumkin.

Xromlash jarayoni detallarni xromlashga tayyorlash, bevosita xromlash va xromlashdan so'ng ishlov berishdan hamda xromlash sifatini nazorat qilishdan iborat.

Detallarni xromlashga tayyorlash. Detallarni xronilashga tayyorlash ularni jilvirlash, jilolash, yuvish, xromlanmaydigan joylarini niqoblash, detallarni osma uskunalarga o‘rnatish, detallarni yog'sizlantirish va dekopirlashni o‘z ichiga oladi.

Detallarni jilvirlash detalga to‘g‘ri geometrik shakl berish uchun kerak, chunki xromlashdan so‘ng detaining boshlang'ich shakli aniq hosil qilinadi. Jilvirlash jilvirlash dastgohlarida yoki moslash- tirilgan maxsus tokarlik dastgohlarida amalga oshirilishi mumkin. Detal materiali qancha qattiq boMsa, jilvirtosh shuncha yumshoq bo'lishi kerak.

Jilolash jilvirlashdan qolgan izlarni yo'qotish va detalda silliq yuza hosil qilish uchun qo'llaniladi. Jilolash maxsus jilolash moslamalarida fetr doiralar qoMlab olib boriladi. Bunday doiralarga jilolash jarayonida maxsus pastalar surtiladi. Detal yuzasida jilvirlashda ishlatiladigan abraziv doiraning izlari qolmaganda jilolash jarayoni tugallangan hisoblanadi.

ill

Detal yuzasi jilvirlab va jilolab bo'lingandan so'ng moy va yog' qoldiqlaridan tozalash maqsadida uni yuvish lozim. Detallarni yuvish kerosin, benzin, uayl-spirt va boshqa vositalar bilan maxsus vannalarda olib boriladi, so'ngra siqilgan havo bilan quritiladi.

Xromlanmaydigan joylarni lok bilan niqoblash—yuzalarga cho'tkalar yordamida lok surtish bilan amalga osliiriladi. Agar detaining konstruksiyasi yo'l qo'ysa, xromlanmaydigan yuzalarni plastikatlardan yasalgan g'iloflar bilan yoki plastmassadan yasalgan ekranlar bilan niqoblash mumkin.

Detallarning osma uskunalari yaxshi tutashish hosil qilish hamda detallarni vannaga osislini qulaylashtirish, dctal va anod o'rtasidagi masofani bir xilda ushlab turish uchun xizmat qiladi. Detallar osilgandan so'ng quyidagi tarkibda elektrolitda yog'sizlan­tirish jarayonidan o'tadi: natriy ishqori — 30—50 g/1, kalsiy sodasi — 25—30 g/1, suyuq shisha — 5—10 g/1, nalriy uch fos- fati — 10—15 g/1.

Yog'sizlantirish rcjimida tokning zichligi 5—15 A/dm5, vanna- ning temperaturasi 60—70“C, jarayonning davomiyligi 5—8 minutni tashkil qiladi. Tok o'tganda detal yuzasidan jadal ravishda ajraladigan vodorod uning yuzasidagi moy qoldiqlariningajralishini tczlashtiradi. Dctal yog'sizlantirilgandan so'ng issiq suvda yog' qoldiqlaridan tozalash maqsadida yuviladi, undan so'ng esa sovuq suvda chayiladi.

Dckopirlash detal yuzasidagi yupqa oksid pardalami yo'qotish, ta'mirlanadigan dctal asosiy materialining strukturasini chiqarish va qoplanadigan xronming yopishish mustahkamligini oshirish maqsadida o'tkaziladi. Dekopirlash kimyoviy va anodli bo'lishi mumkin. Kimyoviy dekopirlash ta'mirlash korxonalarida qo'llanil- maydi.

Anodli dekopirlashda dastlab dctal xromlash vannasida tok ulanmagan holda 5—8 minut ushlab turiladi. Bu vaqt icliida detal vanna temperaturasigacha isiydi. So'ngra tok shunday ulanadiki, bunda detal anod vazifasini bajaradi va 25—40 A/dm2 tok zichligida 30—90 sekund ushlab turiladi. Elektrolitning tarkibi va tempe­raturasi xromlashda qanday bo'lsa, bu holda ham xuddi shunday bo'ladi. Jarayon tugagandan so'ng. tok ta'mirlanadigan dctal kaiod vazifasini bajaradigan qilib qayta ulanadi va xromlash jarayoni boshlanadi.

Xromlash jarayoni silliq va gbvakli xromtashga bo'linadi. Silliq xromlash jarayonini ko’rib chiqamiz.

Tok bo'yicha eng ko'p metall ajralib chiqishi xroni angidrid bilan sulfat kislotasining nisbati 100:1 bo'lganda sodir bo'ladi. Silliq xromlashda elektrolitning tarkibi quyidagicha olinadi:

СЮ3 - 150 g/1 va H2S04 - 1.5 g/1 (100 : I);

Cr03 - 250 g/1 va H2S04 - 2.5 g/1 (100: 1).

Silliq xromlash rejimi tokning zichligi va elektrolitning tempe- raturasiga bog'liq. Xromlash rejimiga bog‘liq holda turli xrom qatlamini olish mumkin. Bulardan eng qattig'i (HB 1200) kulrang qatlam hisoblanadi, ammo uning mo'rtligi va yeyilishga chidamliligining pastligi tufayli, asosan. himoya-dekorativ maqsadlarda qoMlaniladi, Yalliroq qatlam ham qattiq (HB 800), mo‘rt, ammo kislotalarga chidamli hisoblanadi. Bunday qatlamlar qo‘zg‘almas birikmalarda ishlatiladi. Oqimtir qatlam xromlangan qatlamlar ichida eng yumshog‘i (HB 500—600) bo'lib, plastikroq moy bilan qoniqarli darajada moylanadi, yeyilishga qarshiligi kattaroqdir. Oqimtir qatlamlar dinamik yuklanishda ishlaydigan detallar uchun qoMlaniladi.

Yeyilishga chidamli qatlam olish uchun xromlash rejimi quyi- dugicha boMishi kerak: tokning zichligi 20...25 A/dm2, eleklrolilning temperaturasi 65...70”C.

Universal sulfat kislotali elektrolitda xromlashning quyidagi kamchiliklari mavjud: metallning tok bo'yicha chiqishi past (12— 16 %), elektroliz jarayonida elektrolitning tarkibi turg‘un bo'lma- ganligi tufayli uni tez-tez rostlab turish talab qilinadi, ish unum- dorligi nisbatan past.

Sulfat kislotali xromlashda yuqorida ko'rsatib o'tilgan kam- chiliklarni bartaraf etish uchun ta'mirlash korxonalarida o'z- o‘zidan rostlanuvchi sulfat kremniy ftoridli elektrolit qoMlaniladi, bunda elektrolitdagi xrom angidridning miqdori uning temperaturasi va miqdoriga mos holda elektroliz jarayonida o‘z-o‘zidan rostlanib, undagi ionlarning miqdori amalda o'zgarmas bo'lib qoladi. Bunga elektrolit tarkibiga qo'shimcha ravishda qiyin eriydigan stronsiy sulfat va kaliy, kremniy tuzlarini qo'shish natijasida erishiladi. Xrom angidrid konsentratsiyasining o'zgarishiga qarab, elektrolitning temperaturasiga bog'liq holda bu tuzlarning eruvchanligi ham 0‘zgarib turadi.

Elektrolitdagi xrom angidridning miqdori tuzlarning eruv- chanligidan ko'pvoq bo'lib qolsa, tuzlarning bir qismi eritmada dissotsiatsiyalangan ionlar shaklida bo'lib, qolgan qismi esa vannaning tubida qattiq holatda cho'kma bo'lib turadi. Bunday elektrolitlar hilan barcha turdagi xrom qatlamlarini hosil qilish mumkin. Ularda qoplama hosil qilish tezligi kattaroq boMganligi uchun ulardan foydalanish universal sulfat kislotali elektrolitda xromlashdan arzonga tushadi.

Xromlash uchun ishlatiladigan elektrolitlarning asosiy kam­chiligi tok bo'yicha xrom chiqishining kamligi va sochilish xusu- siyatining pastligi hisoblanadi.

Я — Avtomobillarni ta'mirlash 113

Xromlash jarayonini jadallashtirish maqsadida xona tempera- turasida xromlash imkonini beruvchi tetroxromat elektrolili tavsiya qilingan.

Tetroxromat elektrolitining tarkibi quyidagicha: 350... 400 g/1 CrO,, 2-2,5 g/1 H2S04; 40-60 g/1 NaOH; 1-2 g/1 shakar.

Elektroliz jarayonida vannaning temperaturasi past (17—20°C) bo'lib, 24°C dan oshmasligi kerak. Bundan yuqori temperaturada tetroxromat turg'un boMmaganligi sababli elektrolit o‘zining, yuqorida ko'rsatib o'tilgan xususiyatlarini yo'qotishi mumkin. Past temperaturani ushlab turish uchun vannani sovitib turish darkor. bunda tokning zichligi yuqoriroq boMishi talab etiladi. Tetroxromat elektrolitida hosil qilingan qatlamlar g'ovaksiz boMib, qattiqligi nisbatan kamroq (HB350—400), moslashuvchanlik xususiyati nisbatan yaxshi, ochilish xususiyati va tok bo'yicha xrom chiqishi yuqoriroq (28—30%).

Xromlangan silliq qatlamning yuqori qattiqligiga qaramasdan, u o'zaro qo'zg'aluvchan qilib biriktirilgan detallarda qoniqarsiz ishlaydi, chunki ularning sirti moyni yaxshi tutib turn olmaydi. Shuning uchun ham g'ovakli xromlash keng tarqalgan. Bunday qatlam hosil qilishning bir nechta (mexanik. kimyoviy va elcktr- kimyoviy) usullari mavjud. Mexanik usulda g'ovaklashda avval detal sirtida chuqurchalar qurn yoki pitra purkash natijasida hosil qilinadi. Xrom qatlami shu yo'sinda tayyorlangan yuzaga o'tirib, undagi notekisliklarni ma'lum darajada saqlab qoladi. Kimyoviy usulda g'ovaklar hosil qilishga silliq xromlangan detal sirtiga sulfat kislota ta’sir etish orqali erisliiladi. Elektr-kimyoviy g'ovaklash usuli ko'proq tarqalgan bo'lib, u xromlash amalga oshirilgan elektrolitda silliq xromlangan detallarga qo'shimcha (anodli) ishlov berish (dekopirlash) dan iborat. Elektrolitik usulda xromlanganda qatlamda kichik g'ovakliklarning bo'lishi g'ovakli xrom qatlamini turli ko'rinish va o'lchamlarida olish imkonini beradi. Buning uchun dastlabki darzlar turiga ega bo'lgan xrom qatlamiga anodli ishlov berilsa, g'ovakli xrom qatlami hosil bo'ladi.

Xrom qatlamidagi g'ovakliklar nuqtasimon, kanalsimon xillarga bo'linadi, ularni hosil qilish dastlabki silliq xromlash turiga va rejimiga bog'liq. Agar oqimtir yaltiroq xrom qatlaniiga anodli ishlov berilsa, unda kanalsimon g'ovakliklar, agar kulrang yaltiroq qoplamga anodli ishlov berilsa, nuqtasimon g'ovakli xrom qatlami hosil qilish mumkin. Kanalsimon g'ovakli xrom qatlamida silliq xrom qatlamlariga nisbatan 80—120 marotaba ko‘p moy tutib turiladi, shu sababli xrom qatlamining yeyilishga qarshiligi keskin oshib ketadi Kanalsimon g'ovakli xrom bilan silindrlar bloki gilza- larining yuzalari qoplanadi.

Nuqtasimon xrom juda yaxshi moslashuvchanlik xususiyatiga ega bo'lganligi uchun motor porshenlarining kompression halqalari yuzasini xromlashda ishlatiladi.

Detallarga xromlashdan so‘ng ishlov berish. Xromlashdan song detallarga ishlov berish detallarni distillangan sovuq va issiq suvlarda yuvish, osma uskunalardan yechib olish va ularni quritish shkaflarida qizdirishdan iborat.

Detallarni distillangan suvda yuvish ulardagi qoldiq elektrolitlarni xromlash vannasiga qaytarishdan iborat. Detal avval oqib turgan sovuq suvda, so'ngra issiq suvda yuviladi. Issiq suv detalni yaxshi yuvishi bilan bifga, uni isitadi va qurishini tezlashtiradi. Shundan so'ng detal osma uskunalardan chiqarib olinadi, himoya (izolatsiya) loklari pichoq bilan olib tashlanadi, selluloid yechib olinadi.

Detalni quritish shkafida 150—200°C gacha qizdirish xrom qatlamidan vodorodni chiqarib yuborish bilan bir qatorda uni quritish uchun ham kerakdir.

Xromlash ni texnik nazorat qilish detaining tashqi ko'rinishini ko'zdan kechirish bilar boshlanadi. Aniqlangan nuqsonlar jilvir yoki qayroqtoshlar bilan bartaraf qilinadi. Undan so'ng xrom qatlamining asosiy material bilan yopishish mustahkamligi tekshiriladi. Bunday nazoratdan keyingina detal kerakli o'lchamgacha jilvirlanadi.


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish