Iymon qo'shigi



Download 1,77 Mb.
bet27/70
Sana21.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#396379
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70
Bog'liq
avi word1

Nazorat savoUari

  1. Melallnsh nima maqsadda olib boriladi? Nima uchun metallashda asosiy material qizimaydi?

  2. Ta'mirlash korxonalarida metallashning qanday turlari qo'l­laniladi?

  1. Plazma vositasida metallash jarayoni nimalarni o'z icliiga oladi?

  2. Metallash texnologiyasi nimalardan iborat?

  3. Detalni metallashga tayyorlash, mctallash va detalga metallashdan so'ng ishlov berish jarayonlarini tushuntirib bering.

  1. Metallashda tashqi muhil ta'sirini kamaytirish uchun qanday choralar qo'llaniladi?

(ЗЛ?) Detallarni kavsharlash

Suyuqlangan oraliq metall yoki qotishma yordamida ajralmas metall birikmasini hosil qilish jarayoni kavsharlash deb ataladi. Bunda oraliq material sovish jarayonida qotib, biriktiriladigan jismlar orasida mustahkam bog'lanish hosil qiladi.



Oraliq metall yoki qotishma kavshar deyiladi, lining suyuq­lanish temperaturasi asosiy metallnikiga qaraganda pastroq bo'lishi kerak. Vazifasiga ko’ra, kavsharlar: juda oson suyuqlanadigan (145°C), oson suyuqlanadigan (145—450°C), o'rtacha tempera- turada suyuqlanadigan (450— 1100°C), yuqori temperaturada suyuqlanadigan (1100-1850°C) va qiyin suyuqlanadigan (1850°C) turlarga bo'linadi.

Suyuqlangan kavshar metall yuzasini ho'llash paytida, metall bilan flzik-kimyoviy bog'lanishga kirishishi mumkin va bunday bog'lanish turlicha bo'lishi mumkin.

Suyuqlangan kavshar asosiy metall bilan oraliq qattiq eritma hosil qilishi mumkin, qatlamning qalinligi kavsharning asosiy metallda yoki asosiy metallning kavsharda diffuziyalanish tezligiga bog'liq,

Kavshar asosiy metall bilan kimyoviy biriktna, masalan, temir- dan yasalgan detal uchun kavshar sifatida qalaydan foydalanilganda, ularning chegaralarida temirning qalay bilan kimyoviy birikmasini hosil qilishi mumkin.

Kavshar asosiy metallga atomlararo kuch ta’siri masofasigacha yaqinlashishi natijasida mustahkam yopishib qo!ishi mumkin. Kavshar va asosiy metall bog'lanishining eng yaxshi ko'rinishi boiib, oraliq qattiq eritmaning hosil bo'lishi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, ko'p hollarda kavshar va asosiy metall orasida hosil bo'lgan oraliq qatlam mo'rtroq bo'ladi. Shuning uchun ham kavsharlashda imkoni boricha yupqaroq bo'lgan oraliq qatlam olishga harakat qilinadi.

Puxta birikma olish uchun kavshar quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi lozim:

  1. Birlashtiriladigan metall yuzalarini yaxshi ho'llashi va u tarda yaxshi oqishi.

  2. Asosiy metallning suyuqlanish tempcraturasidan past temperaturada suyuqlanishi.

  3. Suyuq holatda yaxshi oquvchanligi va kavshar chokining yaxshi to'ldirilishi.

  4. Mustahkamligi, plastikligi yetarli darajada bo'lishi va qator hollarda korroziyaga qarshiligi harqaror bo'lishi.

  5. Asosiy metallning chiziqli kengayish kocffitsiyentidan farq qilmaydigan chiziqli kengayish koefTitsiyentiga ega bo'lishi.

Kavsharlarga quyidagi asosiy texnik talablar qo'yiladi: suyuq holda oquvchanlik xususiyatining yuqori bo'lishi; biriktiriladigan yuzalarni yaxshi ho'llash xususiyati; ishlov beriladigan yuza bo'ylab oson tarqalishi; suyuqlanish temperaturasi asosiy metall­ning suyuqlanish tempcraturasidan past bo'lishi: choklaming yetarlicha mustahkam va plastik bo'lishi; korroziyaga chidamlilik va kavsharning issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti asosiy metallning issiqlikdan kengayish koeffitsiycntiga yaqin bo'lishi.

Ta'mirlash korxonalarida ishlatiladigan kavsharlar ikki guruhga: yumshoq (suyuqlanish temperaturasi 450“C gacha) va qattiq (suyuqlanish temperaturasi 450°C dan yuqori) kavsharlarga bo'linadi.

Yumshoq kavsharlar qalay-qo'rg'oshin kavsharlar deb ham ataladi. Bunday kavsharlar qalay, qo'rg'oshin va oz miqdordagi surma qotishmasidan iborat bo'lib. surmaning miqdoriga ko'ra ular uch guruhga bo'linadi: surmasiz — ПОСЮ. ПОС18, Г10С40, POC50, POC61 va POC90; kam surmali — ПОССуЗО-(),5, ПОССу-40-0,5; surmali - ПОССуЮ-2, ПОССу15-2, ПОССу25-2. Bunda harflardan keyingi raqamlar kavshardagi qalay miqdorini, chiziqchadan keyingi raqamlar esa surmaning maksimal miqdorini ko'rsatadi.

П0С18 kavshari umumiy vazifani bajaruvchi birikmalarda qo'llaniladi; ПОСЗО, ГЮС40 kavsharlar yuqori mustahkamlik va germetiklik talab qilinadigan birikmalarda ishlatiladi; ПОС61, Г10С50 kavsharlari ish jarayonida oksidlanish bo'lmasligi talab qilinadigan mas’uliyatli birikmalarda ishlatiladi. Bunday kav- sharlarning mustahkamlik chegarasi 28—32 MPa ga tcng.

Ikkinchi guruhga qiyin suyuqlanadigan kavsharlar kiradi. Ularning suyuqlanish temperaturasi asosiy metallning suyuqlanish temperaturasidan kam (50—75°C) farq qiladi. Po'latlarni kav­sharlashda mis va uning qotishmalari, kumush va uning qotish- malari, nikel asosli qotishmalar kabi yuqori temperaturaga chidamli va mustahkam chok hosil qiladigan kavsharlar keng qo'llaniladi.

Mis va mis-ruxli qattiq kavsharlar Ml, М2 mislardan va J1K62- 0,5; ПМС36; ПМС48 va ПМС54 mis-rux qotishmalaridan iborat. Bunda kavshar markasidagi raqamlar misning miqdorini ko'rsatadi.

Kumush kavsharlar oson suyuqlanadigan va standart xillarga bo'linadi. Oson suyuqlanadigan kavsharlarning suyuqlanish temperaturasi 183—342°C ni tashkil qilib, ularga kumush bilan qalay yoki qo'rg'oshin bilan surma, yoki kadmiyli qotishmalar kiradi. Bu kavsharlarning quyidagi turlari mavjud: ПСр2, ПСр2,5, ПСрЗ-97, ПСр 10-90 va boshqalar. Bu yerda kumushning miqdori 10% dan (harflardan keyingi raqamlar) oshmaydi.

Standart kavsharlar (suyuqlanish temperaturasi 590—822°C), asosan, kumush, mis va rux qotishmalaridan iborat. Ular tarkibida juda oz miqdorda qalay, kadrniy, fosfor va marganes elementlari ham bo'lishi mumkin. Ular po'latdan, mis va ularning qotishma­laridan yasalgan detallarni kavsharlashda qo'llaniladi.

Bunday kavsharlarga ПСр12М, ПСр25, ПСр45, ПСр65 va ПСр70 markali qotishmalar kiradi. Bunda raqamlar kumushning % dagi miqdorini bildiradi.

(3.10?) Detallarni kavsharlab ta'mirlash texnologik jarayoni



Asosiy metallni va suyuqlangan kavshar yuzasini oksidlanishdan saqlash, oksid pardalarini suyuqlantirib yuborish va bartaraf etish uchun fluslar qo'llaniladi. Ularning suyuqlanish temperaturasi kavsharning suyuqlanish temperaturasidan sal pastroq bo'lishi kerak. Fluslar kukun, pasta, suyuq va gaz holida bo'ladi. Suyuq fluslar ammoniy xloridning suvdagi 25—30 % li eritmasi va rux xloriddan iborat bo'lib, oson suyuqlanadigan kavsharlardan foydalanilganda qo'llaniladi. Missimlami kavsharlashda flus sifatida sof tanakordan foydalaniladi. Qattiq, asosan, kukunsimon ko'rinishdagi fluslar qiyin suyuqlanadigan kavsharlar bilan kavsharlashda ishlatiladi. Bunday fluslar yordamida kavsharlashda

kavsharlanadigan yuzaga oldin 400—450°C gacha qizdirtlgan btira va lining horat kislotasi, bor angidridi aralashmasi hilan ishlov bcriladi.

Zanglamaydigan po'latlarni kavsharlash faollashgan flusda olib boriladi, bunda flusning tarkibi quyidagicha bo'ladi: 30—70% bura, qolgani teraftorborat va kaliy ftoriddan iborat. Aluminiy va uning qotishmalarini payvandlashda 34A, F5, FI 34 fluslaridan foydalaniladi. Bunday fluslarda 25—35% litiy xlorid, 8—12% natriy ftori, 8—15 % rux xlorid, qolganlari esa kaliy xloriddan iborat. Mis va lining qotishmalarini kavsharlashda „Прима-1“ va ЛТИ-200 fluslari qoMlaniladi, qora mctallar uchun esa „Прима-2", Г1В- 200, ПВ-201 fluslari ishlatiladi.

PoMatdan yasalgan detallarni kimyoviy ishlov berish bilan tozalashda sulfat va xlorid kislotalar aralashmasidan yoki ishqorli eritma (10 % li natriy xlorid, 25 % li natriy karbonat, 25 % li natriy fosfat va 22 % li suyuq shisha) dan foydalaniladi. Rungli metallar mexanik usulda tozalanadi.

Detallarni kavsharlashda qizil misdan yasalgan qoM kavshar- lagichi (oson suyuqlanadigan kavsharlar uchun) hamda gaz payvandlash gorelkalari, mufcl va boshqa maxsus pcchlar, tcmirchilik o'chogM yoki issiqlikning boshqa manbalari (qiyin suyuqlanadigan kavsharlar uchun) yordamida amalga oshirilishi mumkin.

Kavsharlab birlashtiriladigan sirtlar ifloslanishi, moy va oksid pardalari bilan qoplangan boMishi mumkin, shuning uchun ham kavsharlashdan oldin detal sirtini yog'sizlantirish va oksid par- dalardan tozalash lozim. Buning uchun ta'mirlanadigan detal dastlab yuvilishi, benzin yoki kaustik sodaning issiq suvdagi eritmasi bilan yog'sizlantirilishi, so'ng esa issiq suvda yuvilishi lozim.

Agar lozim boMsa, ta’mirlanadigan yuza sulfat kislotaning 15 %li eritmasi yoki xlorid kislotaning 50 % li eritmasida zaharlanishi lozim. Zaharlashdan so'ng kislotani kaustik soda eritmasi bilan neytrallash va detalni issiq suvda yuvish lozim.

Yumshoq kavshar bilan kavshaiiaganda quyidagi operatsiyalar bajariladi: detaining kavsharlanadigan joyini yaltiroq holntga kelguncha tozalash; tozalangan yuzaga flus surtish; kavsharlagichni 300—400°C temperaturagacha qizdirish; kerak bo'lsa, qizdirilgan kavsharlagichning uchi flus bilan tozalanadi va undan so'ng kavshar olinadi; kavsharlanadigan yuzalar yupqa qatlamli qilib maxsus (polud) qatlam bilan qoplanadi va undan so'ng kavsharni chok bo'yicha tekis taqsimlab, kavsharning oxirgi qatlami bcriladi. Kavsharlashda imkoni boricha yupqa qatlamli kavshar olishga harakat qilish kerak, chunki bunda chok mustahkamroq chiqadi. iflfi

Qattiq kavshar bilan kavsharlaganda detallar. asosan, kavsharlash lanipasi yoki asctilcn-kislorod akmgali gaz gorelkasidan hamda elektr kontakt usulidan foydalaniladi. Qattiq kavshar bilan kavsharlaganda quyidagi operatsiyalar bajarilishi lozim: kavsharlash joyini tozalash; kavshar surtiigan detalni kavshar yumshaguncha qizdirish; flus berish va detalni kavshar loliq eriguncha va uni chok bo'yicha tekis tarqalguncha qizdirish. Dctal kavsharlab ta'niir- langandan so'ng zarur bo'lsa. uni tozalash, yuvish (ayrim hollarda flus ncytrallashtiriladi) va birlashtiriladigan yuzalar quritiladi.

Po'lat detallarni kavsharlashda termik ishlov berish natijasida hosil bo'lgan struktura buzilmasligini ta’minlash uchun kavsharlash temperaturasi termik ishlovning oxirgi opcratsiyasi tempcraturasidan oshmasligi kerak.

Cho'yandan yasalgan detallarni ta’mirlashda ularni likvidus chizig'idan yuqoriroq temperaturagacha qizdirish talab qilinganda Л-63, ЛОМНА, ЛОК-59-1-0,3, ЛК-62-05 markali kavsharlardan foydalaniladi, bunda АН-ШТ2, МАФ-1, H209, ФПСН-2 markali fluslar ishlatiladi. Kavsharlashda qo'llaniladigan kavshar materialining tarkibi 59—61 % mis, 38—40 % rux, 0,9—

  1. % qalay, 0,5—1% temir va 0,4—0,8 % marganesdan iborat bo'lgan jezdir. Kulrang cho'yanning jezlashga va kavsharlashga moyilligi yomon, chunki uning sirtidagi grafit kavsharning cho'yan detal bilan birlashishiga xalaqit beradi. Cho'yan detallar ustiga jez qoplashni yaxshilash uchun jezlashdan oldin ularni katta tezlikda yo'nish yoki jez qallami bilan qoplash lozim. Undan tashqari, grafitni asctilcn-kislorod alangasi bilan kuydirish, buning uchun dastlab detal sirtini temir qirindisi pastasi va borat kislotasi bilan qoplash kerak.

Aluminiy qoiishmasidan detallarni kavsharlashda, xuddi ularni payvandlashdagidck, qiyin suyuqlanadigan aluminiy oksidlari hosil bo'ladi, u esa kavsharning detal bilan birikishiga xalaqit beradi. Kavsharlash joyini oksid pardasidan tozalash uchun mexanik usuldan hamda flusdan foydalaniladi. Aluminiydan yasalgan detallarni kavsharlashda rux asosidagi kavsharlardan foydalaniladi. Bunday kavsharning tarkibi quyidagicha: 50 % rux, 5 % aluminiy, 45 % rux yoki 20—25 % rux, 2—6% aluminiy va qolgani qalay. Aluminiy qotishmalaridan yasalgan detallarni yaxshi va mustahkam kavsharlashda 25—30 % mis, 4—7 % kremniy va aluminiydan iborat bo'lgan 34A kavsharidan, flus sifatida 25—35% litiy xlorid, 8—12 % kaliy ftorid, 8—15 % rux xlorid va kaliy xloriddan foydalanish mumkin. Bu kavsharlardan tashqari, kadmiyli kavsharlar ham qo'llanilishi mumkin.

Mis va mis qotishmalarini kavsharlash uchun РМЦ36, ПМЦ48 va ПМЦ54 markali kam qovushqoq kavsharlardan va spirt-tanakorli fluslardan foydalaniladi.

Jezlarni kavsharlashda J1K2, ЛТИ-120 fluslari qo'llaniladi. Aluminiyni kavsharlashda 34A turdagi aktiv fluslardan foyda­laniladi, kavshar sifatida esa aluminiy asosidagi qotishmalar (П590А, П575, П550А) ko'proq ishlatiladi.

Ta’mirlash korxonalarida radiatorlar, yonilg'i baklari, moy va yonilg'i naylari, karburator va boshqa agregatlarning korpus detallari va hokazolami ta'mirlashda kavsharlash usulidan foydalaniladi.

Detallarni kavsharlash usulida ta’mirlash boshqa usullargn nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: jarayonning oddiyligi va xarajatlaming kamligi: ta'mirlanadigan detallarning payvandlashga qaraganda kamroq issiqlik talab qilishi kimyoviy tarkibini, strukturasini, mexanik va boshqa xususiyatlarini o'zgartirmaydi; detaining shakli va o'lchamlarining o'zgarmasligi; kavshar chokining yetarlicha mustahkam bo'lishi.




Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish