Iymon qo'shigi



Download 1,77 Mb.
bet23/70
Sana21.01.2022
Hajmi1,77 Mb.
#396379
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70
Bog'liq
avi word1

Nazorat savollari

  1. Deiallami plastik deformatsiya usulida ta'mirlash nimaga asoslangan, materialning plastiklik xususiyati nimalarga bog'liq?

  2. Detallarni plastik deformatsiya usulida ta'mirlash turlarini aylib bering.

  3. Detallarni cho‘k1irish va botirish usullarida ta'mirlash jarayonini tushuntiring

4 Detallarni kengaytirish va toraytirish usullarida ta’mirlash nimalardan iborat?

  1. Detallarni to'g'rilash usulida ta'mirlashning qanday usullari mavjud va ular nimalarga asoslangan?

  2. Detallarni nakatlash usulida ta’mirlash qanday olib boriladi?

(33^) Detallarni payvandlab ta’mirlash

Payvandlash turlari. Metallardan yasalgan detallarni mahalliy suyuqlantirish yoki plastik deformatsiya natijasida ularning atomlari orasida hosil bo'lgan bog'lanish kuchlaridan foydalanish yo'li bilan ajralmas birikma hosil qilish jarayoni payvandlash deyiladi. Payvandlash, asosan, ikki turga: material qismlarini suyuqlantirish temperaturasigacha mahalliy qizdirish yo'li bilan suyuqlantirib payvandlashga va payvandlanadigan detallarni suyuqlantirish tcmperaturasidan pastroq temperaturagacha qizdirib, tashqi kuch ta'siri ostida siqish natijasida payvand cliok hosil qilishga (bosim ostida payvandlashga) bo'linadi. Suyuqlantirib qoplash payvand- lashning bir turi bo'lib, unda detal yuzasi suyuqlantirilgan metall yoki qotishma bilan qoplanadi.

Ta’mirlash korxonalarida detallarni ta’mirlashda payvand- lashning qo'lda bajariladigan va mexanizatsiyalashtirilgan (avtomatik, yarim avtomatik) turlari qo'llaniladi. Qo'lda bajariladigan payvand­lashga gaz, elektr yoyi yoki argon yoy vositasida payvandlash kiradi. Mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash usullari flus qatlami ostida, karbonat angidrid muhitida, suv bug‘i muhitida payvandlashni, plaznia yoyli, tebranma yoyli va ishqalanish bilan payvandlashni o'z ichiga oladi.

Agar elektrod simini elektr yoy hosil bo'ladigan oraliqqa uzatish ham mexanizatsiyalashgan bo'lsa, bunday payvandlash avtomatlashtirilgan payvandlash deyiladi. Yarim aviomatlashgan pay- vandlashda, payvandlash jarayoni qisman mexanizatsiyalashtiriladi. Bunda elektrod simini elektr yoy hosil bo'ladigan oraliqqa uza- tishgina mexanizatsiyalashtirilgan bo'lib, elektr yoyni ta’mir- lanayotgan detalga nisbatan yoki, aksincha, detalni elektr yoyga nisbatan harakatlantirish qo'lda bajariladi.

Payvandlash turlarining ayrimlarini ko'rib chiqamiz.

Gaz yordamida payvandlashda detal qismini va biriktiruvchi materialni eritish uchun yonuvchi gazning texnik kislorod bilan aralashmasi yon ish i tufayli ajralib chiqqan issiqlik energiyasi qo'llaniladi. Yonuvchi gaz sifatida asetilcn, metan, propanlardan foydalanish mumkin. Gaz yordamida payvandlash, asosan, kam uglerodli po'latdan yasalgan detallarni, qalinligi 2 mm gacha bo'lgan legirlangan po'latlarni, cho'yandan yasalgan detallarni, rangli metallarni va qattiq qotishmalarni suyuqlantirib qoplashda qo'l­laniladi.

Elektr yoy yordamida payvandlashda material qismini suyuq­lantirish uchun yuqori temperaturaga ega bo'lgan (70004C gacha) elektr yoyning issiqiigidan foydalaniladi. Elektr yoy vositasida pay-

vandlash po'latdan, murakkab shaklga ega bo'lgan cho'yandan, aluminiy qotishmalaridan yasalgan detallarni payvandlash va suyuq- lantirib qoplashda qo'llaniladi.

Detallarni flus ostida avtomatlashtirilgan va yarim avtomat- lashtirilgan holda payvandlash (suyuqlantirib qoplash) ilg'or usullardan hisoblanadi va detallarni ta'mirlash tcxnologiyasida keng qo'llaniladi. Bu turdagi payvandlash flus qatlami ostida amalga oshiriladi, ya'ni elektr yoyi erigan shlak bilan cheklangan muhitda yonadi, bu esa payvand choklarini havo ta'siridan himoya qiladi. Mazkur usul po'latdan, rangli mctallardan yasalgan detallarni payvandlashda va suyuqlantirib qoplashda qo'llaniladi. Flus qatlami ostida payvandlashning iloji bo'lmasa yoki uni bajarish juda qimmatga tushsa, payvand chokni havoning ta'siridan himoya qilish uchun argon, karbonat angidrid, suv bug’i va boshqa gazlar ishlaiiladi. Ishlatiladigon gazlaming turi esa ta'mirlanadigan detallarning mate rial iga bog'liq. Masalan, argon gazi muhitida payvandlash rangli metallami, karbonat angidrid gazi muhitida payvandlash va suyuqlantirib qoplash uglcrodli va yupqa po'lat listlardan yasalgan detallarni, suv bug'i muhitida payvandlash, po'lat va cho'yan detallarni ta’mirlashda qo'llaniladi.

Plazma yoy vositasida payvandlash (suyuqlantirib qoplash) elektr yoy plazmasining issiqligidan foydalanishga asoslangan. Bu usul, asosan, qattiq qotishmalardan yasalgan detallarni ta’mir­lashda ishlatiladi.

Tebranma yoy vositasida suyuqlantirib qoplash usuli elektrod yordamida sekundiga 50... 110 tebranish chastotasida amalga oshiriladi. Bu usul uglerodli va kam uglerodli po'lat va cho'yanlarni suyultirib qoplashda qo'llaniladi.

Kontaktli payvandlash detaldan elektr toki o'tkazilganda uning elektrod bilan tutashuv sohasida issiqlik ajralih chiqishi hisobiga amalga oshiriladi. Bu usuldan yupqa devorli va rangli mctallardan yasalgan detallarni payvandlashda foydalaniladi.

Ishqalanish natijasida payvandlashda detallarning payvand- lanadigan sirtlarini bir-biriga ishqalash natijasida hosil bo'lgan issiqlikdan foydalaniladi. Payvandlashning bu turi po'lat va rangli metallardan yasalgan sterjenlarni payvandlash uchun qo'llaniladi.

Detallarni ta'mirlashda ko'proq qo'llaniladigan payvandlash usullarini ko'rib chiqamiz.

Detallarni gaz alangasida payvandlash yo‘li bilan ta’mirlash. Detallarni ta’mirlash amaliyotida gaz yordamida payvandlash usuli qo'llaniladi.

Asetilen generator! deb nomlangan maxsus apparatda kaisiy karbidi suv bilan reaksiyaga kirishib, asetilen hosil bo'ladi:

Asetilcn olishda I kg CaC2 uchun 0,56 I suv darkor. Asetilen

  1. .500“C gacha tez qizdirilganda va bosimi 0,15 MPa dan oshganda portlashini hisobga olish lozim, undan foydalanishda kislorod ballonlari singari ballonlar keyingi vaqtlarda ko'proq ishlatilmoqda.

Asetilen shlang orqali maxsus payvandlash gorelkasiga yuboriladi, u yerda ikkinchi shlangdan yuborilgan kislorod bilan aralashadi, hosil bo'lgan aralashma yondirilib, gaz (asetilen- kislorod) alangasi hosil qilinadi. Asetilen-kislorod alangasi uch turga, ya'ni normal, tiklovchi va oksidlovchi alangalarga bo'linadi.

Normal alangada kislorod ning asetilenga hajmiy nisbati

°2 =12 C2H2



ga teng.

Tiklovchi alanga asetilenning ko'proqligini bildiradi, bunda:

7% =0,8-l,l.



C2H2

Oksidlovchi alanga kislorodning normadan ko'proqligi bilan

xarakterlanadi, bunda =1,3-1,5.

C2H2

Tiklovchi alanga bilan payvandlash metallning qattiqligi va mo'rtligining oshishiga olib keladi. Undan kam uglerodli po'latdan yasalgan detallarni payvandlashda va qattiq qotishmalar bilan suyuqlantirib qoplashda foydalaniladi.

Normal alanga uch sohaga bo'linadi. Birinchi soha alanganing yadrosi deyiladi va u asetilen bilan kislorod aralashmasidan iborat bo'lib, u yerda asetilen yuqori temperatura ta’sirida uglerod va vodorodga parchalanadi. Mazkursoha ko‘zni qamashtiradigan oq- rangda bo'lib, temperaturasi 1200°C ni tashkil qiladi. Alangadagi bu sohaning yorug‘ bo'lishi unda yuqori temperaturagacha qizigan uglerod zarrachalarining borligidandir.

Ikkinchi soha payvandlash sohasi deyilib, bunda alanga yadro- sidagi uglerod gorelkadan chiqqan kislorod hisobiga yonadi. Bu sohaning o'rta qismidagi alanganing temperaturasi o'zining maksimumiga yetadi. Bu soha rangsiz bo'ladi.

Alanganing uchinchi sohasida birinchi va ikkinchi soha mahsu- lotiari havo kislorodi yordamida yonadi. Uchinchi soha sarg'ish- qizilrangli bo'lib, alanga mash 'alini tashkil qiladi.

Payvandlash uchun kislorod maxsus ballonlarda 15 MPa bosim ostida saqlanadi. Kislorod bosimini 0,3...0,4 MPa gacha pasaytirish uchun teskari ta’sirli reduktorlardan foydalaniladi.

Kam uglerodli poMatlarni payvandlash Cb-08A va Св-08ГА simlari yordamida amalga oshiriladi. Ko'p uglerodli va legirlangan polatlarni payvandlash hamda suyuqlantirib qoplangan chok- larning qattiqligi yuqori boMishi uchun Св-08ГС, Св-12ГС, Св-18ГСА simlari hamda fluslar qoMlaniladi. Flus sifatida kuydirilgan tanakor, kremniy va borat kislotasidan foydalaniladi. PoMatning tarkibida uglerodning miqdori 0,2...0,3 % dan ortiq boMsa, uning payvandlanish xususiyati yomonlashadi. Detallarni payvandlashda tarkibida marganes, xrom, nikel va molibden boMgan elektrodlardan foydalanish payvand chokning mustah- kamligini, zanglamasligini, issiqlikka chidamliligini oshiradi. Tarkibida me'yor jihatdan ko'proq oltingugurt, fosfor, kremniy boMgan elektrodlardan foydalanish payvand chokning xususiyat- larini yomonlashuviga olib keladi.

Gaz alangasida payvandlash cho'yanda eng puxta, yuqori sifatii payvand chok hosil qilish usuli hisoblanadi. Cho'yan detallar me’yorli yoki liklovchi alangalarda payvandlanadi, payvandlash simi sifatida diametri 4, 6, 8, 10, 12 mm li cho'yan simlardan foydalaniladi. Payvandlash vannasidagi kremniy temir va marganes oksidlaridan xoli boMishi uchun 56 % tanakor. 22 % soda va po­tash yoki 23 % kuydirilgan tanakor, 27 % natriy karbonat va 50 % natriy azot karbonati aralashmasidan iborat fluslar ishlatiladi. Mis detallarni payvandlashda sifatii chok olish uchun tiklovchi ele­mentlar (masalan, fosfor) va payvandlash vannasida metallning suyuq holda oqishini kamaytiruvchi (masalan, kremniy) ele- mentlari boMgan maxsus mis clektrodlaridan foydalaniladi. Bronza detallarni payvandlashda tarkibi jihatdan payvandlanadigan bronza tarkibiga yaqin boMgan clcktrodlar qoMlaniladi.

Jez detallar, asosan, oksidlovchi alanga bilan payvandlanadi. Suyuqlangan metall sirtida hosil boMgan rux oksidi ruxning bugManishiga to'sqinlik qiladi. Rux oksidi pardasini bartaraf etish uchun borat kislota (35 %), natriy fosfor karbonati (15 %) va boshqa moddalar aralashmasidan tayyorlangan flus ishlatiladi. Flus bugMning zaharliligini hisobga olgan holda payvandchi respiratorda ishlashi, uning ish joyi shamollatih turiladigan boMishi kerak.

Aluminiy va uning qotishmalaridan tayyorlangan detallar gazning normal alangasida payvandlanadi, bunda elektrod sifatida payvandlanadigan qotishma tarkibiga mos keluvchi material qoM­laniladi. Aluminiy oksidi pardasini bartaraf etish uchun litiyning xlorli va ftorli tuzlari, natriy, kaliy va bariylar aralashmasidan iborat boMgan fluslar ishlatiladi.


Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish