beruvchining xodimlarni texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish
sanitariyasi, yong‘in chiqqanda saqlanish va mehnatni muhofaza
qilishning boshqa qoidalari haqida yo‘l-yo‘riqlar berish
majburiyati bu huquqqa tegishlidir.
Bundan tashqari, qonunda mehnatni muhofaza qilish soha-
sida xodimlar uchun kafolatlar belgilangan. Bu kafolatlar
xodimlarni ishlab chiqarish yoki boshqa omillarning zararli
ta’siridan yakka tartibda, shuningdek, jamoa bo‘lib muhofaza
qilish masalalariga tegishli bo‘lib,
ular Mehnat kodeksida mus-
tahkamlangan. Masalan, ifloslanish bilan bog‘liq ishlarda xodim-
larga belgilangan normadagi sovun beriladi. Teriga zararli ta’sir
ko‘rsatuvchi moddalar bilan bog‘liq ishlarda belgilangan nor-
mada yuvuvchi va zararsizlantiruvchi moddalar beriladi. Meh-
natni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarda ayollar va bolalarni
onasiz tarbiyalayotgan shaxslar, yoshlar va mehnatga layoqati
kam bo‘lgan shaxslar uchun alohida kafolatlar belgilangan.
Ushbu toifadagi xodimlarning m ehnatini muhofaza qilish
borasidagi qo‘shimcha tadbirlar ularning boshqa xodimlar bilan
haqiqiy teng mavqeyini ta’minlashga xizmat qiladi.
Mehnat kodeksiga binoan, mehnat to‘g‘risidagi
qonunlarni,
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qoidaiarni hamda jamoa
shartnomalari va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi bitim-
larni buzishda yoki kasaba uyushmalarining faoliyatiga to‘sqinlik
qilishda aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda intizomiy,
ma’muriy, jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Mehnatni muhofaza
qilish to ‘g‘risidagi qonunlarni buzganligi uchun javobgar
mansabdor shaxslar toifasiga qoidalar va normalarga rioya qilini-
shiga mas’ul bo‘lgan xususiy mulkdorlar, korxona,
muassasa,
tashkilot rahbarlari va ularning o'rinbosarlari hamda tarkibiy
tuzilmalarning rahbarlari kiradi.
Qonunlarga rioya qilinishini jamoatchilik tomondan kasaba
uyushmalari tasdiqlagan qoidalar asosida mehnat inspeksiyalari
va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli (ishonch bil-
dirilgan) shaxslar nazorat etadilar. Prokuratura idorasi 0 ‘zbe-
kiston Respublikasi hududida amal qilayotgan mehnat to‘g‘ri-
sidagi qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishini nazorat qiladi,
ushbu qonunbuzarliklarni bartaraf etish va aybdorlarni javob-
garlikka tortish choralarini ko'radi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik yuzasidan
ishlarni
ko‘rib chiqishda sudyalarga ushbu qonunbuzarliklarga olib
42
www.ziyouz.com kutubxonasi
keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf
qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko'rishga alohida e’tibor
berishlari tavsiya qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: