I — o‘q teshigi; 2~ valik vtulkasining yuzasi; 3 — orqa sharikli podshipnik bo'yni; 4— rezba; 5 —old sharikli podshipnik bo'yni.
yukchalarni to'g'ri tanlash va qotirish; rostlagich mexanizmi birik- malaridagi tirqishning oshib ketishini, tishlashib qolishini va qiyshayishini bartaraf etish lozim Rostlagich prujinasining asosiy nuqsoni — elastiklik xususiyatini yo'qotishidir. Agar uning elastikligi texnik shart talablariga javob bermasa, uni almashtirish lozim.
0‘q-vtulka birikmasi yeyilganda po‘lat 45 dan ta'mir oMchami bo'yicha yangi o‘q yasaladi, toblanadi va bo'shatiladi. Vtulka esa razverstkalanadi Bir paytning o'zida yukchalarga presslangan ikki vtulkani razvyorstkalash kerak. Yukchalarning yeyilgan ish yuzalari sormayt qotishmasi yoki ENX elektrodida suyuqlantirib qoplash usulida ta’mirlanadi. Yukchalar suyuqlantirib qoplangandan so'ng andaza bo'yicha va ularning massasi vtulkalar massasi bilan bii^alikda texnik shartlarda ko'rsatilgan qiymatlarga tenglashtiriladi. Yukchalarning yeyilgan o'qlari va suxarigi yangisiga almashtiriladi.
Krestovinalarda odatda yukchalar o'qini o'rnatish joylari, rostlash valigi va podshipniklar yeyilishga uchraydi (4.11- rasm). Yukchalar o'qining teshigi yeyilgan bo'lsa, ta’mir o'lchamigacha razvyorstkalanadi. Bunda krestovina-podshipnik birikmasida zarur bo'lgan o'tqizishni ta’minlash lozim.
Rostlagich valigining vtulka o'rnatish joyi silliqlanadi, xromlanadi, so'ng yana silliqlanadi. Bunda podshipnik o'rnatiladigan bo'yin ham xromlanadi. Xromlash o'rniga temirlashni qo'llash ham mumkin. Yeyilgan teshiklar o'tirish joylarini ta’mirlashda, ular tcshiladi va razvyortskalanadi va ularga ta’mir o'lchamlari bo'yicha kattalashtirilgan o'lchamdagi barmoq va o'qlar tayyorlanadi.
Forsunkalarni ta'mirlash
Ish davrida forsunkalar birikmalarining yuzalari, bosimni qabul qiluvchi prujinalarning tayanch o'ramlari va forsunka detallarida yeyilish sodir bo'ladi. Natijada purkash bosimi pasayadi. purkagich ignasining ko‘tarilishi ortadi, forsunkaning o'tka- zuvchanlik xususiyati ko'payadi, yonilg'ini si I indr hi rga purkash
burchagining ilgarilashishi kat- talashadi, yonilg'i sarfi ortadi. Ayrim forsunkalarning detallari bir xil yeyilmasligi natijasida, alohida silindrlarga yonilg'ini uzatish noravonligi ortadi.
4.12- rasm. Shtiftsiz forsunkalarda igna va purkagich tagining yeyilishi:
/ — purkagich tagi, ignaning tegib turishi; 2— ignaning yo'naltiruvchi yuzalari; 3— igna cheti.
Forsunkaning jadal yeyilishiga yonilg'i bilan birga к i rad iga 11 suv, chang, ifloslik ta’sir ko'rsatadi. Yeyilish natijasida purkagichdan yonilg'i sizishi va kokslanib qolish hollari sodir bo'ladi. Konus shak- lining buzilishi va forsunkaning yonilg'i o'tkazuvchanligi yomon- lashadi. Shtiftli forsunkalarda mc- xanik zarrachalar yonilg'i bilan birgalikda katta tezlikda igna shtifti va soplo devori orasidagi tirqishdan o'tib. detaldan metall zarrachalarini qiradi. Natijada soplo va shtiftlar- ning o'lchamlari o'zgaradi. Shtift va purkagichning soplosi devori orasidagi halqasimon tirqish katta- lashadi, bu esa yonilg'i ning pur- kalish sifatining pasayishiga sabab bo'ladi. Shtiftsiz forsunkalarda igna va purkagich chctining zich tegib turmasligi, soplo teshigining shakli va o'lchamlarining o'zgarishiga olib keladi (4.12- rasm).
Bundan tashqari, igna yo'nal- tiruvchi qismining purkagich kor- pusi ham ycyiladi. natijada yonilg'i siza boshlaydi.
Purkagich va forsunka korpus- larining birikish zichligi asosan, chekka yuzalarning korroziyasi yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |