I. Detal metallini cheklangan oraliqqa surish hisobiga uning o‘lchamini katta- lashtirish jarayoni botirish deyiladi. 3.4- rasmda detalni botirish usulida ta’mir- lash sxemasi ko‘rsatilgan. Bunday ishlov berish turida deformatsiyalovchi kuch- ning yo'nalishi bilan talab qilingan deformatsiya yo‘nalishi mos kelmaydi. Bu usul detaining ishlamaydigan qismining chegaralangan qismidagi me- tallni siqib chiqarish hisobiga detaining o'Ichamini kattalashtirishda qo'llaniladi. Botirish usuli bilan klapanlar, vallardagi va teshiklardagi shlitsalar tiklanadi. Klapanlarni botirish usuli bilan ta’mirlash yopiq shtamplarda, metallni klapanning silindrsimon qismidan konus- simon ish sirti tomon siljitish natijasida amalga oshiriladi. Klapanlarni botirish usulida ta'mirlash texnologiyasi ketma-ketligi quyidagidan iborat: klapanlarni kallagining diametri va silindrsimon qismining balandligi bo'yicha turlarga ajratish; klapan kallagining materialiga bog‘liq holda elektr pechida taxminan 820.. 890 °C gacha qizdirish; klapan kallagini halqali yopiq shtamplarda siqib chiqarish, qizigan klapanni dastlab havoda 200...300°C gacha, so'ngra issiq qumda sovitish; klapanning radial tepishini tekshirish; toblash va bo‘shatish; klapanning ish yuzasini jilvirlash. Detallarni kengaytirish. Vtulkaning ichki diametrini kengay- tirish hisobiga tashqi diametrini kattalashtirish kengaytirish deyiladi (3.5- rasm). Bunda kengaytiruvchi kuchning yo‘nalishi kerakli ho‘lgan deformatsiya yo'nalishiga mos keladi.
3.5- rasm. Vtulkani kengaytirish sxemasi. Kengaytirish, asosan, ichki teshik detallarining o‘lchamlarini saqlagan holda yoki ularning balandligini sezilarli o‘z- gartirmasdan tashqi o'lchamlarini kattalashtirishda qoMlaniladi. Porshen barmoq- larini qizdirib ham, sovuq holda ham kengaytirish mumkin. Porshen barmoqlarini kengaytirish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: barmoq sirtini 2—3 soat davomida 900— 1000°C da sementatsiya qilish, agar
Jl sementatsiya qatlami ko'proq yeyilgan bo'lsa, porshen barmog'ini 900— I000°C temperaturada kengaytirish; toblash; past temperaturali bo'shatish; nominal diametrga keltirish uchun jilvirlash va jilolash; o'lchamini, qattiqligi ni, darz bor-yo'qligini tekshirish. Porshen barmog‘ini sovuq holda kengaytirish texnologik jarayoni quyi- dagilarni o‘z ichiga oladi: 650...670 ”C da 1,5—2 soat davomida bo‘shatish; barmoqni sharsimon sferik sirtli proshivka bilan, jilvirlash uchun 0,15...0,2 mm qo'yim qoldirib, sovuq holda kengaytirish; barmoqni toblash, so'ng bo‘shatish; barmoqni nominal o'lcham bo'yicha jilvirlash va jilolash; o'lchamni, qattiqlikni va darz bor-yo‘qligini tekshirish. Detallarni toraytirish. Vtulkaning ichki diametrini tashqi diametri hisobiga kichraytirish toraytirish deyiladi. Toraytirishda deformatsiyalovchi kuch (Pg) ning yo'nalishi deformatsiya yo'nalishiga mos keladi (3.6- rasm). Toraytirish kengaytirishdan detal o'lchamlarining kichrayishi bilan farq qiladi. Toraytirishda kuch va deformatsiya yo'nalishi kengaytirishdagiga nisbatan teskari yo'nalishda boMadi. Detal ichki o'lchamlarining kichrayishi tashqi diametrning kichiklashuvi hisobiga bo'ladi. Toraytirishdan so'ng vtulkaning tashqi diametri ishlatish uchun moslanadi yoki uni poMat vtulkaga presslanadi. Vtulkaning ichki diametrini talab qilingan o'lcham bo'yicha razvyorlka qilinadi. Detallarni toraytirish jarayo- nidan foydalanish rangli metall sarfini kamaytiradi. Detallarni cho‘zish. Detal uzunligini uning ko'ndalang ke- simidagi ma'lum joyini toraytirish hisobiga uzaytirish cho‘zish deyiladi. 3.7- rasmdan ko'rish mumkinki, cho'zish cho'ktirishning