4.1- jadval
Ishlov berish turi
|
Xomaki
silliqlash
|
Tozalab
silliqlash
|
Jilvirtosh aylanma tezligi, m/s
|
25-30
|
25-30
|
Ishlov beriladigan buyumning aylanma tezligi, m/s
|
12-15
|
15-25
|
Silliqlash chuqurligi, mm/ayl
|
0,025-0,030
|
0,005-0,010
|
Kesib silliqlashdagi ko'ndalang surilish, mm/ayl
|
02-0,07
|
—
|
Buyum bir aylanganda jilvirtoshning o'tgan qismi, mm
|
0,3-07
|
0,2-0,3
|
Valning shatun va bosh bo‘yinlari 100—140 nomerli jilvir qog'oz bilan jilolanadi. Bu maqsadda N320 ishqalash pastasi va M-28, M-20 va M-14 mikrokukunlarini qoMlasa ham boMadi. Bu pastalar mashina moyi yoki eritilgan parafln bilan aralashtirib ishlatiladi.
Tirsakli vallarning shatun va bosh bo‘yinlarini jilolash qotirilgan olmos kukunli tasmalardan foydalanib, yuqori sinfdagi tozalikka ega boMgan yuza olish imkonini beradi.
Ishni jadallashtirish maqsadida, bir paytning o'zida, barcha shatun va bosh bo'yinlar jilolanadi. Bo'yinlarning konusliligi, ovalligi 0,01 — 0,020 mm dan ortiq boMmasligi lozim.
Barcha tirsakli vallar silliqlangandan va jilolangandan so‘ng maxsus qurilmalarda dinamik, maxovik esa statik muvozanatlash- tirilishi lozim. Karburator motorlarining tirsakli vallari maxovik va ilashish muftasi bilan birgalikda dinamik muvozanatlashtiriladi.
4.7.6. Bosh va shatun podshipniklaridagi nosozliklar
Bosh va shatun podshipniklarining nosozliklariga: antifriksion qatlamning buzilishi; antifriksion materialning vkladishdan ajralib
qolishi: antifriksion qatlamning yetarli darajada moylanmasligi va tirqishning kichikligi natijasida erib ketishi kiradi.
Bosh podshipniklarning buzilishi silindrlar blokining defor- matsiyalanishi, podshipniklar va tirsakli val bosh bo'yinlari o'qdoshligining buzilishi natijasida ham sodir bo'lishi mumkin. Tirsakli valning shatun va bosh bo'yinlari podshipniklari odatda ta'mirlanmaydi. Sanoatda barcha ta’mir o'lchamlaridagi vkladishlar ishlab chiqariladi.
Vkladishlarni almashtirishdan avval lining qopqoqlaridagi, vkladishlardagi va blokdagi belgilarining to'g'ri kclishini tekshirish lozim. Ikkala vkladishning har bir podshipnigida bir xil tartib raqami bo'lishi lozim.
Silindrlar bloki qopqoqlar bilan komplektlanganligi lining belgilari bo'yicha va vkladish o'rindiqlar ichki yuzalarining mos kelishi bo'yicha tekshiriladi. Tanlangan vkladish o'rindiqlar ichki yuzasiga zich yopishib turishi lozim. Yig'ilgan podshipniklarning ovalligi va konusliligi 0,02 mm dan ortiq bolmasligi lozim. O'qla- rining chetga chiqishi 0,03 mm dan oshmaganda foydalanishga ruxsat etiladi. Bir podshipnikdagi vkladishlar qalinliklari bir-biri- dan 0,1 mm dan katta farq qilmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |