DON QURITISH QURILMASINING YANGI KONSTRUKTSIYASI
B.R.Bekqulov, T.B.Raxmanqulov, Xamidova Х.В. Andijon mashinasozlik institnti rezumenti
Hozirgi vaqtda O'zbekistonda bug'doy yig'ib olingandan so'ng boshoqli dukkakli va moyli ekinlar ekilib, yuqori hosil olinmoqda. Ikkinchi hosil sifatida (kuzgi o'rim-yig'im) olingan don (sholi, yeryong'oq va kungaboqar) ning yillik xajmi 800 ming tonnadan oshadi. Davlat don kombinatlarida katta o'lchamli, energiya sarfi nisbatan yuqori va quritilgan donning cheklangan soniga ega statsionar quritish qurilmalari qo'llaniladi. Bunday qurilmalar O'zbekistonga xorijdan keltiriladi va birligining narxi 50 ming AQSH dollaridan oshadi. Bir necha yuz kilogrammgacha don mahsuloti bo'lgan fermer xo'jaligi a'zosi uchun quritish quvvati soatiga 5 tonna bo'lgan, soatiga kamida 45 AQSh dollari miqdoridan yuqori energiya sarfi bo'lgan qurilmalardan foydalanish iqtisodiy nuqtai nazardan ma'qul emas. Bundan tashqari, Davlat don kombinatlariga doimiy kirish imkoniyati mavjud emas.
Shuning uchun, mahalliy sharoitlarni hisobga oluvchi mobil, iqtisodiy jihatdan tejamkor quritish qurilmalari ishlab chiqish talab qilinadi.
Taklif etilayotgan quritish qurilmalari qishloq xo'jaligi texnikalariga taalluqli bo'lib, fermer xo'jaliklari, klasterlar va xususiy yer egalari tomonidan sholi, yeryong'oq va kungaboqar kabi don mahsulotlarini quritishda foydalanish mumkin.
Taklif etilayotgan qurilmaning texnik mohiyatiga ko'ra eng yaqin analogi sholini quritish uchun quritish qurilmasi hisoblanadi [1]. Qurilma 6% namlikni olish bilan soatiga 150 kg sholini quritish quwatiga ega. Qurilmaning asosiy kamchiligi shundaki, u faqat sholini quritish uchun mo'ljallangan bo'lib, kungaboqar va yeryong'oqni quritganda donning mexanik shikastlanishi kuzatiladi. Donning mexanik shikastlanishi maqsadga muvofiq emas.
YETKAZIB BERISHLAR ZANJIRIDA TASHKILIY-TEXNOLOGIK JARAYONLARNI OPTIMALLASHTIRISH USLUBLARI
G'iyasidinov Abdiimannob Sharoxidinovich, katta o'qituvchi, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon shaxri, Ro zimatov Baxromjon Rahmonjon о g 'li, magistr, Andijon mashinasozlik institute rezumenti
Yetkazib berishlar zanjirlaridagi jarayonlarning xarajatlarini baholash uchun, qoidaga ko'ra, egalik qilishning jamlanma xarajatlari (TSO - Total Cost of Owner ship) uslubiyati qo'llaniladi. Mazkur uslubiyatning asosida boshlang'ich xomashyoni yetkazib beruvchilardan boshlab oxirgi iste'mol punktigacha yetkazib berishga ketadigan xarajatlarni aniqlash yotadi. Bu o'rinda gap birinchi navbatda moddiy harajatlar, transport va ombor xarajatlari xususida boradi. Bu o'rinda gap birinchi navbatda moddiy xarajatlar, transport va ombor xarajatlari xususida boradi. Boshqa uslubiyatlar ham mavjud, masalan, xarajatlarning joyini yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarishning alohida xarajatlar bloklariga kiritishga asoslanadigan jamlanma xarajatlarni baholash uslubi yoki qo'shimcha qiymat oqimlarini tahlil qilish asosida xarajatlarni aniqlashga asoslanadigan moddiy oqimning xarajatlari uslubi[1]. Korxonalar yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish tizimini yetkazib beruvchilar, mijozlar, o'zining tuzilmalari bilan allaqachon mavjud bo'lgan munosabatlar asosida joriy qilish muammosiga to'qnash keladilar. Va bu o'rinda gap birinchi navbatda allaqachon mavjud bo'lgan jarayonlarni yetkazib berishlar zanjirlarini boshqarish nuqtai-nazaridan yaxshilash va ratsionallashtirish xususida boradi. Buo'rinda biznes-jarayonlarni identifikatsiyalash va modellashtirish masalalari asosiy xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |