74
QO‘SHIMCHA MASALALARDAN FOYDALANISH
Masalalardan foydalanish xususida metodik ko‘rsatmalar
Masalalar to‘plamidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
a) darsda o‘tilgan mavzuni mustahkamlashda;
b) bilimlarini tekshirishda;
d) yozma ishlarini olishda;
e) ayrim o‘quvchilar uchun alohida qo‘shimcha topshiriq sifatida;
f) bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilimlarini to‘ldirish
maqsadida.
O‘ZINGIZNI SINAB KO‘RING
1-savol. Quyidagi sonlarni yoza olasizmi?
– 39899, 10040 sonlaridan bitta ortiq.
– 80000, 100000, 9999 sonlaridan bitta kam.
– 38600 dan 100 ta kam.
– 7482 dan 1000 ta ortiq.
– Eng kichik besh xonali son.
– 87323 sonida nechta yuzlik bor?
2–savol. 100305 soni nechta raqamdan tuzilgan?
3–savol. Qandaydir ikki sonning ko‘paytmasi ulardan biriga teng
bo‘lishi mumkinmi? 2 ta misol keltiring.
4–savol. 720 ning uchdan biri necha?
5–savol. 300 minutni soatda ifodalang.
6–savol. 120 soatni sutkaga aylantiring.
7–savol. 8025 sonini sinflar bo‘yicha yig‘indi ko‘rinishida yozing.
8–savol. 3 ta ming, 2 ta yuz, 4 ta o‘n va 9 ta birdan iborat sonni
yozing.
9–savol. 10000 soni qaysi natural sonlar orasida joylashadi?
10–savol. 4808 dan 4913 gacha bo‘lgan sonlarni yozing.
11–savol. 12 s necha kg?
12–savol. 7002, 2700, 2007, 7200, 70200, 7020, 2070 sonlarini
o‘sib borish tartibida yozing.
13–savol. Yig‘indilarni bitta son bilan yozing:
70000 + 8000 + 4;
9000 + 40 + 2.
14–savol. Qanday ikki sonning bo‘linmasi ulardan biriga teng?
Ikkita misol yozing.
15–savol. Qanday ikki sonning yig‘indisi ularning har biriga teng?
16–savol. 90000 ni 1000 ga bo‘ling.
75
17–savol. 400 sm va 40 m. ni taqqoslang.
18–savol. 31099 dan oldin va keyin keladigan sonlarni yozing.
19–savol. Tomoni 40 m bo‘lgan futbol maydonining yuzi qancha
bo‘ladi?
20–savol. 137895 va 137985 ni taqqoslang.
21–savol. 5468 va 5498 sonlari orasida 10 ga qoldiqsiz
bo‘linadigan sonlarni yozing.
22–savol. 320 ni 60 ga, 800 ni 2 marta kamaytiring.
23–savol. 920 ni 80 ga, 350 ni 2 marta orttiring.
24–savol. Birinchi ko‘paytuvchi 150, ikkinchisi 3. Ko‘paytmani
toping.
25–savol. Soatning beshdan bir qismi necha minut?
26–savol. Yarim metr necha dm?
27–savol. Uchdan bir sutka necha soat bo‘ladi?
28–savol. To‘rtdan bir minut necha sekund bo‘ladi?
29–savol. 80 soni 320 dan necha marta kichik?
30–savol. Eng kichik to‘rt xonali sonni eng kichik ikki xonali
songa ko‘paytiring.
31–savol. Teskarisi yozilganda o‘zgarmaydigan to‘rtxonali son
yozing.
32–savol. 84, 884, 8484, 848, 8448, 844, 84848, 8488, 84884,
8444, 840 sonlaridan 84 ta yuz sonni yozing.
33–savol. 99393, 93939, 39399, 33999, 99339, 39939, 39993,
93993, 93999, 99933, 93399 sonlari orasida 93570 dan katta son
bormi?
34–savol. Yig‘indisi va ko‘paytmasi 167500 ga teng bo‘lgan misol
yozing.
35–savol. Teskarisidan yozganda o‘zgarmaydigan besh xonali son
yozing.
36–savol. 607 ni ikkilantiring.
37–savol. Ikki sonning bo‘linmasi 180. Agar bo‘luvchi ikki marta
orttirilsa, bo‘linma qancha bo‘ladi?
38–savol. Sonning sakkizdan bir qismi 24. Berilgan sonni toping.
39–savol. Navbatchi soat 22 da ishga kelib, ertalab 7 da ketadi. U
necha soat navbatchilik qilgan?
40–savol. Akasi 12 yosh 7 oylik. U singlisidan 3 yosh 5 oy katta
bo‘lsa, singlisi necha yoshda?
Do'stlaringiz bilan baham: