25) «SAN» texnologiyasi
(uchlik - samarali, ahloqiy, nazokatli)
Texnologiyaning maqsadi: talabalarda yakka, jamoaviy, guruh bilan ishlash,
ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko'nikmalarini, ishga mas'uliyat bilan yondashuvni
shakllantirish, bezash ishlari ko'nikmalarini rivojlantirish.
Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: o'qituvchi talabalar auditoriyasini
o'tkaziladigan mashg'ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va talabalarni 3
kishidan iborat kichik guruhlarga ajralishlarini iltimos qiladi;
Kichik guruhlarda talabalar quyidagi rollarga bo'linadi: rassom, adabiy va
badiiy muharrir, dizayner (bezakchi). Keyin har bir guruh vakili o'qituvchi stolidan
topshiriqlar yozilgan kartochkalar ichidan bittasini tanlab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |