22) «AJIL» (amaliyotda jamoaviy ijodiy loyihalar) texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi: talabalarda ijodiy faoliyat malakalarini va
jamoaviy ijodiy ishni tashkil etish ko'nikmalarini shakllantirish, jamoaviy ijodiy
ishning turli shakllarini bilishga ko'maklashish.
Mashg'ulotni o'tkazish tartibi:
Bu texnologiya «Jamoaviy ijodiy ishni tashkil qilish» mavzusidagi nazariy
material o'zlashtirilgandan so'ng yoki shu mavzudagi suhbat yoki «Men - jamoaviy
ish tashkilotchisi» nomli blits - o'yin o'tkazilgandan so'ng o'quv jarayonida ishlatilsa,
maqsadga muvofiq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |