4.5.Koeffitsientlarni andozalash
Qator demografik koeffitsientlar (tug‘ilish, vafot etish, maxsus tug‘ilish va boshqa)ni mamlakatlar, sinflar, mashg‘ulotlar bo‘yicha va kasbi bo‘yicha, shahar va qishloq, vafot etish sabablari va boshqa bo‘yicha solishtirilganda ular solishtirilayotgan guruhlarning yosh tarkibiga bog‘liqligini unutmaslik kerak.
Masalan, aholi shu guruhi yoshning vafot etish koeffitsientiga bog‘liq ekanligi e’tiborga olinmasa, bir holatda oshirib, boshqa hollarda esa farqlarni ko‘rintirmay yuboradi. Aholining ayrim guruhlari bo‘yicha umumiy vafot etish, tug‘ilish, maxsus tug‘ilish ko‘rsatkichlarini solishtirish uchun koeffitsientlarni andozalashdan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Bir xil yosh tarkibida yoshlar koeffitsientlari bilan tortish natijasida olingan koeffitsientlarni andozalangan koeffitsientlar deb ataladi. Koeffitsientlarni andozalashning uch turi mavjud: to‘g‘ri, teskari va qiyshiq.
To‘g‘ri usulning mohiyati shundaki, unda barcha guruhlar uchun koeffitsientni aniqlash, ma’lum bo‘lgan yosh koeffitsientini aholining umumiy yoshi bo‘yicha vaznlarga javob beradi (yosh aholini qandaydir andoza bo‘yicha yoshlarga ajratish).
Bu erda: K1 andoza – bir guruh uchun andozaviy koeffitsient;
K11 andoza – boshqa guruh uchun andozaviy koeffitsient;
q1 – bir guruh uchun yoshlar bo‘yicha koeffitsient;
q11 – boshqa guruh uchun yoshlar bo‘yicha koeffitsient;
R – andoza.
Teskari usulning mohiyati, unda shu guruh aholisi vafot etish koeffitsienti, shu guruh aholining yoshi bo‘yicha taqsimoti tortilgan vafot etish koeffitsienti bilan solishtiriladi. Olingan natija umumiy aholining yoshi bo‘yicha vafot etish darajasiga ko‘paytiriladi (andoza):
Bunda, q – andoza sifatida qabul qilingan aholining umumiy vafot etishi.
Qiyshiq usulning mohiyati shundaki, unda e’tibor «kutilayotgan» aholi (ma’lum yoshlar bo‘yicha) sonining olishiga qaratiladi.
Andoza bo‘lib yosh tarkibi vafot etish, shu territoriya bo‘yicha avvalgi yillardagi mamlakat bo‘yicha yoki boshqa mamlakat bo‘yicha va h.k.
SHu maqsadda har yoshda o‘lganlar soni vafot etishning o‘ziga mos keluvchi yosh ko‘rsatkichlariga bo‘linadi. YOshi bo‘yicha «kutilayotgan» sonlar yig‘indisi aholining umumiy «kutilayotgan» sonini beradi. «Kutilayotgan» aholi soni bilan amaldagi aholi soni orasidagi farq umumiy vafot etish koeffitsientini – andozani, «kutilayotgan» yoshi amaldagi aholi soniga ko‘paytiriladi. Olingan natija vafot etish koeffitsienti bo‘ladi.
bunda, S0 kutilayotgan quyidagi nisbatdan olinadi:
Andozalashning bu guruhi aholi yosh tarkibi haqidagi ma’lumotlarni talab etmaydi, faqat vafot etgandagina yosh tarkibi haqidagi ma’lumotlar bo‘lsa bas. SHuni nazarda tutish kerakki, andozali koeffitsientlar faqat taqqoslash uchun yaraydi. Binobarin, bunday solishtirishlarni shunday amalga oshirish mumkinki, agar ular bitta standartdan foydalanib hisoblangan bo‘lsa. Agar bevosita vafot etish va boshqa ko‘rsatkichlarni bilish lozim bo‘lsa, odatdagi ko‘rsatkichlarni ishlatish kerak bo‘ladi (andozasiz).
Do'stlaringiz bilan baham: |