4.2.Aholi tabiiy harakatining maxsus koeffitsientlari va ularning umumiy koeffitsientlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
Aholi statistikasida aholi tabiiy harakatini ifodalovchi maxsus koeffitsientlar ham muhim ahamiyatga ega.
Aholining takror paydo bo‘lishini sinflar va ijtimoiy guruhlar doirasida o‘rganish lozim. Aholining tabiiy harakati koeffitsientlar, har xil sinf va ijtimoiy guruhlar bo‘yicha lozim ko‘rsatkichlarning o‘rtacha natijasini ifodalaydi.
Maxsus koeffitsientlarga aholining ma’lum jinsiy yoshi bo‘yicha aniqlangan koeffitsientlar kiradi. Maxsus koeffitsientlarni hisoblash usuli umumiy koeffitsientlarni hisoblash usulidan farq qilmaydi. Ularning farqi shundaki, unda aholi ma’lum guruhida yuz bergan farqlar usha guruh aholining o‘rtacha soniga bo‘linadi.
Masalan, qishloq aholisining vafot etishi koeffitsienti:
Vafot etish Kb =
|
Qishloq joylarda vafot etganlar soni
|
Qishloq joylardagi aholining o‘rtacha soni
|
Vafot etishning umumiy koeffitsientini, ayrim olingan maxsus koeffitsientlardan hisoblash mumkin:
m umumiy mx*dx;
Bu erda: m umumiy – umumiy vafot etish koeffitsenti;
mx – maxsus vafot etish koeffitsienti (masalan, ma’lum yoshdan X, ma’lum yoshgacha XQ1 yil);
dx – umumiy aholi sonida X dan XQ1yoshgacha bo‘lgan aholi ulushi.
Aholining takror paydo bo‘lishini o‘rganishda tug‘ilishning maxsus koeffitsientini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Uni aniqlash uchun tug‘ilgan bolalar sonini 15 dan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollarning o‘rtacha yillik soniga bo‘linadi:
Maxsus tug‘ilish
Maxsus tug‘ilish Kt bilan umumiy tug‘ilish Kt orasida yaqin aloqa mavjud. Agar maxsus tug‘ilish koeffitsientini va 15-49 yosh orasidagi ayollar sonining umumiy aholi sonida ulushi ma’lum bo‘lsa, umumiy tug‘ilish Kt ni aniqlash mumkin va aksincha:
Bu erda: ds – 15-49 yosh ayollarning umumiy aholi sonidagi ulushi.
Nikohdan o‘tishning maxsus koeffitsienti ham aholi takror paydo bo‘lishini tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Maxsus nikohdan o‘tish koeffitsientini aniqlash uchun nikohdan o‘tganlar soni 15 yoshdan yuqori bo‘lgan ayollar soniga bo‘linadi.
Aniqlik kiritilgan maxsus nikohdan o‘tish koeffitsientini aniqlash uchun nikohdan o‘tganlar soni 15 dan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar soniga bo‘linadi; yoshiga qarab nikohdan o‘tish koeffitsienti – ma’lum yoshda nikohdan o‘tgan ayollar sonining shu yoshdagi ayollar umumiy soniga nisbatan aniqlanadi.
Aholining takror paydo bo‘lishini tahlil qilishda nikohda turuvchi erkak va ayollar foizini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Nikohdagi va nikohda bo‘lmagan tug‘ilganlar koeffitsientini bir-biridan ajratish lozim:
Bu erda: Nm va Np – nikohda bo‘lgan va nikohda bo‘lmagan 15-49 yoshda tuqqan ayollar soni.
Maxsus koeffitsientlar qatoriga bolalar vafot etish koeffitsienti va bir yoshdan o‘tib vafot etganlar ko‘rsatkichlarini ham hisoblash lozim. Lekin ularni hisoblash va koeffitsientlarini tuzishning o‘ziga xos xususiyatlari ularni alohida bo‘limga olishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |