Iv. Aromatik uglevodorodlar bobi. (Arenlar). Arenlarning gomologlariga oid



Download 2,22 Mb.
bet91/92
Sana09.09.2021
Hajmi2,22 Mb.
#169600
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
organika mavzuli 2 bob

Eng zarur ma’lumotlar to’plami.
1. ...ko'zga ko'ringan kimyogarlardan biri N. D. Zelinskiy yoshlarga murojat qilib shunday degan edi: «Hech qanday maslahatlar shaxsiy tajribaning o'rnini bosa olmaydi, lekin ular sizga muvaffaqiyatlarga erishishga, noto'g'ri ishlar, xatolarning oldini olishga yordam berar...»

2. ...«organik kimyo» termini birinchi marta 1808-yilda I. Berseliusning «Kimyo darsligi» da paydo bo'lgan.

3. ...1827-yilda birinchi organik kimyo darsligi nashr qilingan. Uning muallifi I. Berselius edi.

4. ...organik kimyoning ta'rifi birinchi marta XIX asrning 50- yillarida A. Kekulening organik kimyo darsligida berilgan edi.

5. ...Yer qobig'ida uglerod hammasi bo'lib 0,12 %.

6. ...XIX asrning o'rtalarida shved kimyogari I. Berselius yuzdan ortiq turli birikmalarni sintez qilgan.

7. ...А. М. Butlerov organik moddalarning tuzilish nazariyasini o'zining «Organik kimyoni to'liq o'rganishni amalga oshirish» darsligida batafsil bayon qilgan. Uning birinchi nashri 1864-yilda chiqqan.

8. ...A. M. Butlerov organik moddalarning kimyoyiy tuzilish nazariyasining asosiy g'oyalarini 1861-yilda Shpeyerda tabiatshunoslarning qurultoyida «Kimyoviy moddalarning tuzilishi haqida»gi ma'ruzasida bayon qilgan.

9. ...to'yingan uglevodorodlarning turli aralashmasi yuqori temperaturada va bosimda ko'mirni vodorod atmosferasida qizdirib olinadi. Bu aralashma dvigatellarda suyuq yoqilg'i sifatida shuningdek, organik sintezda zarur xomashyo o'rnida ishlatiladi.

10. ...tibbiyotda ko'pincha ishlatiladigan yodoform CHJ3 ni maktab laboratoriyasida olish mumkin. Buning uchun voronkaga 3—5 ml etil spirt va bir necha kristall yod (yodning suvdagi eritmasini ham olish mumkin) olinadi. So'ng yod eritmasiga eritma rangsizlangunicha natriy gidroksid eritmasi qo'shiladi. So'ngra voronka issiq suv solingan idishga tushiriladi. Ma'lum vaqtdan keyin eritma sovigach, yodoformning sariq kristallari cho'kadi.

11. ...motor yoqilg'ilari detonatsiyaga eng chidamli bo'lishi kerak. Nor­mal tuzilishga ega uglevodorodlar masalan, n-pentan eng oson detonatsiyalanadi, detonatsiyaga chidamliligi nolga teng. Tarmoqlangan zanjirli uglevodorodlar, masalan, izooktan (2,2,4- trimetilpentan) eng kam detonatsiyalanadi. Masalan, agar benzinning oktan soni 93 ga teng bo'lsa, bu demak, u 93 izooktan va 7% pentan aralashmasidir. Yoqilg'ilarning detonatsiyaga turg'unligini oshirishga ularga antidetonatorlar qo'shish bilan erishiladi. Ulardan biri — tetraetilqo'rg'oshin Pb(C2H5)4 dir. Lekin u za-harli bo'lgani uchun ko'p mamlakatlarda undan foydalanilmaydi. Birmuncha samarali antidetonator — marganesli organik birikma C5H5Mn(CO)3 dir. U zaharli emas va havoni ifloslantirmaydi.

12. ...trixlormetan CHCl3 (xloroform) ko'p vaqtlardan beri tibbi­yotda narkoz uchun ishlatilar edi. Triyodmetan CHJ3 (yodoform) — sariq kukun, tibbiyotda ochiq jarohatlarning bitishini tezlatish uchun ishlatiladi. Tetraxlormetan CCl4 og'ir bug' hosil qilib, bu bug' yonayotgan buyumni havo kislorodidan ajratib qo'yadi. Shuning uchun tetraxlormetan yong'inni o'chirishda qo'llaniladi.

13. ... alkenlar ko'pincha olefinlar deb ham ataladi. Bu tarixiy nom XVIII asrlarda etilenning xlor bilan o'zaro ta'sirlashuvidan hosil bo'lgan mahsulot moysimon suyuq modda — etilxlorid olinganidan so'ng paydo bo'ldi. Shunda etilen «yog' hosil qiluvchi» gaz (lot. gas olefiant), «gоllandiyalik kimyogarlar yog'i» deb atalgan.

14. ...agar etil spirt bilan konsentrlangan sulfat kislota aralashmasi 140°C gacha qizdirilsa, etil efir hosil bo'ladi. Bu moddani birinchi bo'lib Amerika Qo'shma Shtatlarida Long (1842), Jekson va Morton (1846)lar jarrohlikda qo'llaganlar.

15. ... P. Б. Bertlo 1854-y. sulfat kislota ishtirokida etilenni gidratlab etil spirt sintez qilgan. Bungacha etil spirt faqat uglevodlarni bijg'itib olinar edi.

16. ...rezina sanoati xomashyo bazasini yaratish zarurati 1926-yilning boshlarida sintetik kauchuk olishning eng yaxshi usulini yaratishga konkurs e'lon qilishga majbur qildi. Taklifni (va shu bilan birga 2 kg sintetik kauchuk namunasini) tavsiya qilishning so'nggi muddati 1928-y. 1-yanvarga belgilangan edi.

17. S. V. Lebedev hokimiyatning chaqirig'iga javoban yetti kishidan iborat tadqiqotchilar gruppasini tashkil qildi, ishning dastlabki muvaffaqiyati 1927-y. o'rtalarida ma'lum bo'ldi. 1927-yil 30-dekabrida 2 kg divinil kauchuk bilan birga S. V. Lebedev usulining bayoni konkurs komissiyasiga yuborildi.

18. ...tabiiy kauchukning nisbiy molekula massasi 15000—500000.

19. ...Ispaniya admirali Xristofor Kolumb o'zining Gaita orollariga qilgan sayohatlari paytida (1493) kattagina qattiq koptok o'ynab yurgan mahalliy kishilarni ko'rib qoldi. Qanchalik ajablanarli ko'rinmasin, koptok yerga urilganda sakrab, ancha yuqoriga ko'tarilar edi. Kolumb bu qiziq modda (kauchuk)ning bir necha bo'lagini vataniga olib qaytdi, lekin u o'sha vaqtlarda hech kimni qiziqtirmadi.

20. ... 1820-y Fransiyada kauchuk va to'qima tolalaridan to'qilgan tasmalar tayyorlashni o'rgandilar. Angliyada Makintosh ikki qavat mato orasiga yupqa qavat kauchuk qo'yib, bunday materialdan suv o'tmaydigan palto tikishni tavsiya qildi. Lekin bu palto qishda sovuqda qattiq bo'lib qoldi, yozda esa issiqda yumshab sitilib ketdi.

21. ...amerikalik ixtirochi Charlz Gudir (1800—1860) 1834-y. kauchukni «qutqarishga» qattiq kirishdi. Ammo faqat 1839-y. uning omadi keldi. U kauchuk qoplangan mato ustiga bir qavat oltingugurt sepib, so'ng shu matoni pechkaning ustiga qo'ydi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng charmga o'xshash, yopishmaydigan material (rezina) hosil bo'lganini ko'rdi.

22. ...keyingi paytlarda qurilishda, asosan, rezinadan tayyorlanadigan rezina linoleum — relin keng qo'llaniladigan bo'ldi. Relin plitalar — rezina parket holida ishlatiladi.

23. ...benzolni birinchi bo'lib 1851-y. P. E. Bertlo olgan.

24. ... F. A. Kekule 1865-y. benzolga halqali formulani taklif qildi. Bu bilan A. M. Butlerovning organik moddalarning tuzilishi nazariyasini aromatik birikmalarga tarqatib, ta'sir doirasini kengaytirdi.

25. ...1922-y rus kimyogarlari N. D. Zelinskiy va B. A. Kazanskiylar 450—500°C temperaturada aktivlangan ko'mir ustidan asetilen o'tkazib benzol oldilar. Keyinchalik, boshqa katalizatorlardan foydalanib, bu jarayonni ancha qulay sharoitlarda ham amalga oshirish mumkinligi aniqlandi.

26. ...benzoy kislota bo'yoq ishlab chiqarishda qo'llaniladi. U juda yaxshi konservalovchi modda hamdir. Brusnika tarkibida benzoy kislota bo'lganligi uchun uning mevasi shakar solinmasa ham yaxshi saqlanadi.

27. ...geran (yorongul)ning hidi difenil efir C6H5—O—C6H5 ga xos, atirgullarning hidi esa feniletil spirt C6H5—CH3—CH2—OH ga xosdir.

28. ...juda qadim zamonlardan beri odamlar zararli hashorotlarga qarshi turli vositalardan foydalanadilar. Qadimgi Misrda moychechak gulini quritib, maydalab insektitsid sifatida ishlatganlar. Hozirgi paytda turli sintetik insektitsidlardan eng kam zaharlisi karbofosdir, lekin u bilan ishlashda ham xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish zarur.

29. ... atmosferani ko'p ifloslantiradiganlar tabiiy gaz bilan ishlaydigan IES (issiqlik elektr stansiyasi)lardir. Yuqori temperaturada pechlarda havodagi azot kislorod bilan reaksiyaga kirishib, azot oksidlarini hosil qiladi va TES trubalari orqali atmosferaga chiqariladi. Shuning uchun ham yangi energiya manbalarini tezroq o'zlashtirishga kirishish kerak.

30. ... Rossiyada neft tozalanadigan birinchi zavod 1745-y. Uxtinskiy neft korxonasida qurilgan. Peterburgda va Moskvada bu vaqtlarda yoritish uchun shamdan foydalanilar edi, ko'p butxonalarda esa «o'chmaydigan» lampalar yonar edi, ularda tozalangan neft bilan o'simlik moylari ishlatilar edi.

31. ... aka-uka Dubininlar 1823-y. birinchi bo'lib neft haydaladigan qurilma yaratdilar. 1823-yildan boshlab Dubininlar Mozdokdan Rossiya ichkarisiga ko'p ming pud «fotogen» (kerosin)ni tashiy boshladilar. Amerikada neftni haydashning birinchi tajribalarini 1833-y. Silliman joriy etdi.

32. ... agar biror idishga ozgina benzin (spirt) solib va unga ehtiyotlik bilan yonib turgan gugurt cho'pi tutilsa, benzin (spirt) o'sha zahoti yonadi. Agar unga bir necha millilitr tetraxlormetan qo'shilsa, u holda olov o'chadi.

33. ... krekingning sanoat usulini 1891-yilda rus injeneri V. G. Shuxov ishlab chiqqan.

34. ... toshko'mir havo kiritilmasdan temir trubada qattiq qizdirilsa, U-simon nayda toshko'mir smolasi va uning tepasida ammiakli suv kondensatlanadi (bu suvda ammiak borligiga indikatorlar yordamida ishonch hosil qilish mumkin). Bundan tashqari, yonadigan gaz ajralib chiqadi. Temir naychada koks qoladi.

35. ... kokslashda koks pechiga ko'mir solinadi va isitish devorlari kanallarida gaz yoqiladi. Kokslash jarayoni 1000°C da sodir boladi va 14 soatga yaqin davom etadi. Hosil bo'lgan koks pechlardan vagonlarga ortiladi . U yerda uni suv bilan o'chirib, navlarga ajratiladi va metallurgiya zavodlarining domna pechlarida ishlatishga jo'natiladi.

36. ... yer qobig'ining o'n kilometrli qavatidagi issiqlik zapaslari planetamizning hamma yonuvchi moddalarning issiqlik berish quvvatidan 5000 marta yuqori. Geotermal suvlarning umumiy dunyo zaxirasining o'zigina 700 mln m3 ni tashkil etadi. Bu miqdor geotermal suvlar issiqlik energiyasining faqat 10% igina elektr energiyasiga aylantirilsa, u 4 mlrd. yilga yetgan bolar edi. (Shu paytdagi energiya sarflash darajasiga hisoblaganda.)

37. ... yerning uch sutka davomida Quyoshdan oladigan energiya miqdori tabiatdagi mavjud hamma ko'mir, gaz, neft va yog'och zapaslarini yoqishdan ajralib chiqishi mumkin bolgan energiyaga to'g'ri keladi. Bundan Quyosh sivilizatsiya talablarini biz o'ylagancha isitilgan darajada qoniqtirishi mumkinligini tushunish mumkin.

38. ... agar benzinga 15% gacha metanol qo'shilsa, bu yoqilg'ini sezilarli darajada tejashga olib keladi. Metanolning o'zini to'g'ridan to'g'ri ichki yonuv dvigatellarida ishlatish hozircha samarali emas.

39. spirtlar nomidan oldingi raqam gidroksil gruppa turgan uglerodni bildiradi.

40. ...fermentlar organizmdagi ko'pgina kimyoviy reaksiyalarni tezlatuvchi maxsus katalizatorlardir. Fermentlar qayerda hayot bo'lsa, shu yerda o'z ta'sirini ko'rsatadi.

41. ...1 t quruq yog'och qipig'idan taxminan 200 litr etanol olish mumkin. Shuncha miqdor spirt 0,7 tonna don yoki 1,5 tonna kartoshkadan olinadi.

42. ...juda oz miqdordagi asetaldegiddan yangi ko'kat hidi keladi.

43. ... spirtli ichimlik ichadiganlar o'z umrini anchagina qisqartiradilar. Fransuz tadqiqotchilarining hisobiga ko'ra 95% alkogoliklar gastrit, oshqozon yarasi, jigar sirrozi bilan kasallangan. Alkogoliklar-da ovqat hazm qilish yo'llari raki ko'p uchraydi.

44. ... yuqori molekulali spirtlar xalq xo'jaligining ko'p sohalarida qo'llaniladi, masalan, C14 — C20 — vulkanizatsiyani tezlashtiruvchilar, C18 — C20tibbiyot preparatlari, C8, C12 — C20 — parfimeriya-kosmetika mahsulotlari, C16 — C20 — korroziyaga qarshi surkamalar.

45. ... quruq spirtning turli navlarida odatda, spirt mutlaqo bo'lmaydi.

46. ... spirtni pichoq bilan kesiladigan quyuqlashib qotib qolgan massaga aylantirish mumkin. Buning uchun chinni kosachaga 20 ml etanol solinadi va unga 5 g sovun qirindisi qo'shiladi, quyuqlashib qotib qolgan massa hosil bo'ladi. Undan bir bo'lak olib yoqib ko'rish mumkin.

47. ...glitserinni birinchi arta K. V. Sheyele (1779) va so'ng M. E.Shevrel olgan (1813).

48. ...nitroglitserindan amalda foydalanish uchun uni tuproqqa yoki daraxtning mayda qipig'iga nitroglitserin shimdirilib dinamitga aylantiriladi. Dinamitning avtori A. Nobeldir.

49. ...etilenglikolning suvdagi 36,4% li eritmasi — 20°C da, 52,6% lisi — 40 С da, 66% lisi esa 60 С da muzlaydi.

50. ... etilenglikolga glitserin qo'shish avtomashinalarning suv nasoslarining ishlash muddatini uzaytiradi.

51. ... fenolni birinchi marta P. E. Bertlo (1851), undan keyin Sh. A. Vyurs olgan (1867).

52. ... pikrin kislota sariq rangli kristall modda. Shuning uchun u XIX asrlarda Parijda bir to'qimachilik korxonasi portlash natijasida yer bilan yakson bo'lgunga qadar (1871) sariq bo'yoq sifatida ishlatilar edi.

53. ... fenol, shuningdek kapron (oraliq mahsulot — kaprolaktam), adipin kislota, oksidlanishga qarshi prisadkalar, yuvish vositalari olishda ishlatiladi.

54. ... Nemis kimyogari A. I. Bayer 1872-y. fenol va formaldegiddan smolasimon mahsulot olgan. Belgiyalik olim L. X. Bakeland bu moddani sanoatda ishlab chiqish usulini joriy etdi. Shunday qilib, 1912-yildan boshlab bakelit deb atalgan fenolformaldegid smola ishlab chiqarildi.

55. ... daraxt qipig'i va fenolformaldegid smolalardan tayyorlangan plitalardan ishlangan mebellar ham inson uchun zararli ekan. Bunday plitalarni odam yashaydigan binolarga ishlatish tavsiya etilmaydi.

56. ... formaldegidning muhim mahsuloti poliformaldegiddir. U juda ko'p hollarda metall va uning qotishmalari o'rnini bosadi.

57. ... ba'zi karbon kislotalar modda almashinish jarayonlarida juda ko'p miqdorda hosil bo'ladi va sarflanadi. Masalan, odam organizmida bir sutkada 400 g sirka kislota hosil bo'ladi. Bu 8 litr oddiy sirka tayyorlash uchun yetarlidir.

58. ...sut kislota CH3 — CHOH — COOH ko'p miqdorda sut achiganda, karam tuzlaganda, yem-xashakni siloslaganda hosil bo'ladi. U juda yaxshi konservant.

59. ... agar zanglagan gaykani avtomashina kollektoridan burab chiqarish kerak bo'lsa, gaykani kechqurun sirka kislotaga ho'llangan latta bilan o'rab qo'yish tavsiya etiladi. Ertasiga gaykani burab olish ancha oson bo'ladi.

60. ... keyingi yillarda dunyoda chumoli kislota ishlab chiqarishning umumiy hajmi o'sib bormoqda. Bu dunyoning barcha mamlakatlarida asalarining kana [varroa] dan qirilishi bilan tushuntiriladi. Ular asalarining xitin qoplamasini kemirib gemolimfani so'radi va asalarilar o'ladi. Bu kanalarga qarshi ta'sir qiladigan vosita chumoli kislotadir.

61. ...oksalat kislota HOOC-COOH metallarning zangini, quyqasini va hokazolarni tozalashda ishlatiladi.

62. ...2,4- dixlorfenoksisirka kislota va uning tuzlarining asosiy qo'llanilish doirasi don o'simliklarini himoya qilishdir. Bunday gerbitsidlar qo'llanganda faqat keng yaproqli o'simliklar nobud bo'ladi.

63. ...alif qo'shilgan bo'yoqlar tarkibidagi karbon kislotalar qanchalik to'yinmagan bo'lsa, shuncha oson quriydi (oksidlanadi). Qurish jarayonini maxsus tezlatuvchilar — sikkativlar (qo'rg'oshin, marganes, kobalt tuzlari) qo'shib tezlatish mumkin. Yog'lar sikkativ­lar bilan qo'shib aralashtirilganidan keyin qizdiriladi.

64. ...izoamil spirt sirka kislota bilan reaksiyaga kirishganda nok hidi, fenil etil spirt chumoli kislota bilan reaksiyaga kirishganda xrizantema hidi, benzil spirt va chumoli kislota reaksiyaga kirishganda jasmin hidi keladi.

65. ...tarkibida quyi molekulali karbon kislotalar qoldiqlari bo'lgan qattiq yog'lar ham uchraydi. Masalan, mol yog'ida moy kislotaning murakkab efiri bo'ladi.

66. ...eramizdan 200 yil ilgari shakarqamishning shirin sharbatini xitoy va hindlar ovqatga ishlatganlar. So'ng uni Misrda, Yunonda, Sitsiliyada o'stira boshladilar. Eramizning VIII asrlarida qattiq holdagi qand eronliklarning savdo buyumi bo'Iib xizmat qilgan.

67. ...1855-yilgacha shakarqamish qandi ko'plab ishlab chiqarilar edi. So'ng shakarqamish va lavlagi qandini ishlab chiqarish tenglashib qoldi, 1890-yillardan esa shakarqamish qandiga qaraganda lavlagi qandi ko'proq chiqariladigan bo'ldi.

68. ...1747-y. berlinlik dorishunos Margraf xo'raki lavlagi tarkibida 6% ga yaqin qand borligini aniqladi. 1801-у. K. Axard rahbarligida birinchi qand zavodi qurildi. 1828-yilda Fransiyada 58 ta qand zavodi bor edi.

69. ...tarkibida 19% saxaroza bo'lgan 100 kg qandlavlagidan 16,5 kg shakar va 50% saxarozasi bo'lgan 2,2 kg patoka olinadi.

70. ... bir bo'lak qand ustiga ozgina sigaret kulini to'kib, qand alangaga tutilsa, ko'kimtir sariq alanga berib charsillab yonadi. Bu yerda kul katalizator vazifasini o'taydi.

71. ...Tirik organizmlarda oqsillarning va boshqa muhim biologik moddalarning sintezida aminokislotalardan foydalaniladi. Bakteriya va o'simliklar o'zlariga kerakli aminokislotalarni o'zlari sintez qilishadi. Lekin hayvon va inson organizmida ba'zi aminokislotalar sintez qilinolmaydi. Ularning organizmidagi rolini boshqa amino­kislotalar bajara olmaydigan aminokislotalar deb yuritiladi. Bular jumlasiga valin, leysin, izoleysin, treonin, metionin, lizin, triptofan, fenilalanin kiradi. Bu aminokislotalar organizmga ovqat bilan birga kirishi kerak, bu masala ovqatni to'g'ri tashkil etishda e'tiborga olinadi.

72. ... geterotsiklik birikmalar tabiatda keng tarqalgan va ular biologik jarayonlarda muhim rol o'ynaydi. Bizga ma'lum tabiiy moddalaming taxminan yarmidan ko'pi vitaminlar, almashtirish mumkin bo'lmagan aminokislotalar ham ular jumlasiga kiradi. Tabiiy gete­rotsiklik birikmalar jumlasiga—o'simliklarning xlorofill moddasi, penitsillin, B, B6, B12 vitaminlar ham kiradi.

73. ...Olimlar, oqsilni mikrobiologik usulda hosil qilish borasidagi dastlabki yutuqlarga tayanib shunday xulosaga keldilarki, 10—20 yildan keyin yuqori sifatli oqsillar ishlab chiqarishga qodir bo'lgan sun'iy bakteriyalar yaratiladi, ularning yordami bilan istagancha yuqori sifatli oqsillar tayorlash mumkin bo'ladi.

74. ...nuklein kislotalar kashfiyotining muallifi shvetsariyalik kimyogar F.Misherdir. U 1869-yilda leykotsitlarda yangi kimyoviy birikma borligini aniqladi va uni nuklein deb atadi (lotincha nucleus — yadro).

75. ...Hozirda polimeriaming muhim ahamiyati haqida gapirishning keragi yo'q. Barcha tirik mavjudotlar polimerlardan iborat ekan-Hgini eslatib o'tamiz: polisaxaridlar (selluloza, kraxmal) va oqsillar barcha tirik organizmlarni hosil qilgan materiallardir. Kundalik turmushimizda ham xilma-xil sintetik materiallar bilan ish yuritamiz, ularning ko'pchiligi polimerlardir.

76. ...1982-yilda AQSHda birinchi marta kasal odam yuragi o'rniga qo'yilgan sun'iy yurak yaratish uchun olimlar turli-tuman mate­riallar ishlatishdi. Chunonchi, yurak korpusini alifatik poliuretan termoelastoplastdan, yurak qopqoqlarini ko'tarib turuvchi halqalar polikarbonatdan, qopqoqlarning o'zi esa titandan yasalgan edi. Yurakning hamma qismlari poliuretan bilan qoplanib, poliuretan ustidan geparin payvand qilingan edi, geparin qonda laxtalar hosil bo'lishiga yo'l qo'ymaydi.

77. ...penoplastlar (poroplastlar, ya'ni g'ovak-plastlar) juda qimmatli polimer materiallar jumlasiga kiradi. Penoplastlar gaz va suvni o'zidan o'tkazmaydi, penoplast—qotib qolgan ko'pikchaga o'xshaydi. Penoplastlar nihoyatda yengil, chunki ular juda katta miqdordagi ichi havo yoki azotga to'lgan va qotib qolgan ko'piklardan tuzilgandir. Ularning ba'zilari po'kakdan 25 marta, suvdan 100 marta yengil. Ularni vagon devorlari uchun ishlatiladi.

78. ...Yaqin kelajakda chiroyli plastmassalardan tayyorlangan avtomashinalar, motorli qayiqlar, yangi xil mebellar, pishiq poyabzallar, yomg'irda bo'kmaydigan yangi chiroyli gazlamalar ishlab chiqarish kuchayadi.

79. …Trinitroselluloza (piroksilin) portrlovchi modda sifatida va tutunsiz porox ishlab chiqarishda ishlatiladi. Buning uchun trinitroselluloza etilatsetatda yoki asetonda eritiladi. Erituvchilar bug’latilgandan so’ng qolgan zich massa maydalanadi va tutunsiz porox olinadi.

80. … Dinitroselluloza (koloksilin) kollodiy olishda ishlatiladi. Buning uchun u spirt va efir aralashmasida eritiladi.Erituvchilar bug’latilgandan keyin qalin parda – kollodiy xosil bo’ladi. Kollodiy meditsinada ishlatiladi. Dinitroselluloza selluloid plastmassalar ishlab chiqarishda ham qo’llaniladi. Selluloid dinitrosellulozani kamfara bilan qotishtirib olinadi.

81. … Pirrol suvda kam eriydigan rangsiz suyuqlik, uning qaynash temperaturasi 1300C. Pirrol xidi xloroform hidini eslatadi.

82. … Tekstolit – Fenolformaldegid smola shimdirilgan va yuqori haroratda presslangan ip gazlamadan olinadi.

83. … Voloknit - Fenolformaldegid smola shimdirilgan paxta yoki gazlama chiqindilaridan olinadi.

84. … Getinaks - Fenolformaldegid smola shimdirilgan presslangan qog’ozdan olinadi.

85. … Karbolit - Fenolformaldegid smola shimdirilgan va presslangan yog’och kukunidan olinadi.

86. … Kapron tolasi – poliamid tola. U kaprolaktamdan olinadi.

87. … Lavsan – poliefir tola. U tereftal kislota va etilenglikolning murakkab efiridir.

88. … Naylon – poliamid tola. U adipin kislota va geksametilendiamin maxsulotidir.

89. … Nitron – poliefir tola. U poliakrilonitrildan olinadi.

90. … Chumoli kislotaning 1.25 % li spirtdagi eritmasi chumoli spirit deb ataladi , u meditsinada ishlatiladi.

91. … Metanalning 40 % li suvdagi eritmasi formalin deb ataladi.

92. … Pikrin kislota (trinitrofenol) – portlovchi moddalar olishda ishlatiladi. U kuygan joylarni davolashda ham ishlatiladi.

93. …Etilenglikol antifirizlar – qish paytlarda avtomobillarning radiatorlariga solinadigan , muzlamaydigan suyuqliklar tayyorlashda ishlatiladi.

94. … Glitserin – nitroglitserin va dinamit olish uchun va tibbiyotda terini yumshatuvchi sifatida ham ishlatiladi. Tibbiyotda nitroglitserinning spirtdagi 1 % li eritmasi qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

95. … Izopentil spirt – sut maxsulotlarining yog’liligini aniqlashda reagent sifatida ishlatiladi.

96. …Termik kreking – reaksiya sekin boradi,ko’pgina to’yinmagan uglevodorodlar bo’ladi,detonatsiyaga chidamsiz va uzoq vaqt saqlab bo’lmaydi.

97. …Katalitik kreking – reaksiya tez boradi,ko’pgina izoalkan uglevodorodlar bo’ladi,detonatsiyaga chidamli va uzoq vaqt saqlab bo’ladi.

98. …Geksaxlorbenzol (C6Cl6) – g’alla urug’larini qattiq qorakuya kasalligiga qarshi qo’llaniladi.

99. … Geksaxlorbutadiyen – 1.3 – toklardagi (uzum) filloksera (kuya)ga qarshi kurashda qo’llaniladi.

100. …Nitrobenzol – achchiq bodom xidli, och sariq moysimon suyuqlik, suvda erimaydi, anilin olishda ishlatiladi.

101. … Geksaxloran – zararkunanda hashorotlarni yo’qotishda kuchli vosita sifatida ishlatiladi.

102. … Siklopropan – narkoz sifatida ishlatiladi.

103. … F.Vyoler – 1824 yilda oksalat kislotani, 1828 yilda mochevinani sintez qildi.

104. …Kolbe va Kekule – uglerodni to’tr valentli ekanligini isbotlab berdi.

105. … Insulin – ustida 2 marta Nobel mukofati olgan ingliz olimi F.Senger 1951-1953 yillarda ishlagan. Insulin molekulasi 2 ta zanjirdan iborat bo’lib, A- zanjirda 21 ta aminokislota, B- zanjirda esa 30 ta aminokislota mavjud. Empirik formulasi C257H372N65O75S6


Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish