6-mavzu: bor, mis, marganesli mikroo‘G‘itlar tarkibi va ularni qishloq xo‘jaligidagi ahamiyaTI



Download 36,87 Kb.
Sana24.10.2022
Hajmi36,87 Kb.
#855895
Bog'liq
6-Maruza


6-MAVZU: BOR, MIS, MARGANESLI MIKROO‘G‘ITLAR TARKIBI VA ULARNI QIShLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYaTI

Bor, mis, marganesning tuproq tarkibidagi miqdori

Bor - B

O‘rta Osiyo tuproqlarida bor shakllari hozirgi vaqtgacha kam o‘rganilgan, bu hol uni aniqlashning murakkabligi bilan tushuntiriladi. Qator tadqiqotchilarning ko‘rsatishicha, bor tuproqning organik moddasi birikmalarida uchraydi. Gidroksil guruhi saqlovchi organik moddalar borat bilan kompleks birikma hosil qiladi, ular kislotali muhitda yaxshi eriydi, biroq ishqorli muhitda juda mustahkam, ya’ni erimaydi.


Borning mineral shakli W.E.Breneley (1925), Mac Harque (1934) ma’lumotlari bo‘yicha o‘simliklar uchun layoqatli hisoblanadi.
Ye.K.Kruglova (1959) tadqiqotlari bo‘yicha, O‘rta Osiyo tuproqlarida borning umumiy miqdori tuproq tipiga bog‘liq bo‘lib, ular turli shakllarda uchraydi:
1) turmalin tipidagi alyumoborasilikatlar – kislotada erimaydigan birikmalar;
2) kalsiy, magniy, natriy boratlari – kuchli kislotalarda eriydigan birikmalar;
3) ishqorli muhitda qiyin eriydigan organobor birikmalar;
4) suvda yaxshi eriydigan bor kislotali birikmalar.
ma’lumotlari bo‘yicha O‘zbekistonning ayrim tuproqlarida borning shakllari haqidagi ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Bo‘z tuproqlar tarkibidagi bor shakllari
(E.K.Kruglova, 1959)

t/r

Tuproq va hududlar

tuproq qatlami, sm

Bor miqdori. %

umumiy

suvda
eriydigan

umumiyga nisbatan. %

kislotada eriydigan

umumiyga nisbatan. %










n*10-3

n*10-4




n*10-3




1

Qadimdan sug‘oriladigan, sho‘rlanmagan, bo‘z tuproq (Yangiyo‘l tumani)

0-25

8,6

1,0

1,1

4,9

56,9

25-50

8,0

0,9

1,1

4,6

57,5

50-75

8,0

0,9

1,1

4,4

55,6

75-100

7,8

0,8

1,1

4,0

51,2

2

Och tusli bo‘z, sho‘rlangan tuproq (Mirzacho‘l tumani)

0-28

13,0

3,3

2,5

8,0

61,7

28-40

14,0

3,4

2,4

7,9

56,3

95-100

25,0

8,0

3,2

9,8

39,2

Ye.V.Bobko va uning xodimlari (1937) o‘z ishlarida aniqlashicha, tuproqni ohaklash natijasida o‘zlashtiriluvchan shakldagi bor kamayadi, bu holatda kimyoviy birikish yoki borning ohakka metaborat kalsiy shaklida fiksatsiyasi yoki uning mikroorganizmlarga bo‘lishi sodir bo‘ladi, natijada o‘simliklar qulay tarzda oziqlana olmaydi. Shu bilan birga M.A.Belousovning (1932) aniqlashicha, borning o‘zlashtiriluvchan mineral shakli, tekshirilayotgan oziqa eritmada kalsiy miqdori juda ko‘p bo‘lganda ham lavlagi uchun layoqatlidir.


Ko‘pchilik tadqiqotchilar tuproqdagi o‘zlashtiriluvchan bor miqdorini aniqlash uchun suvli so‘rimdan foydalanishadi. Eng yaxshi natijalarga suvli so‘rimning harorati 100 0S da erishilgan.
I.I.Sinyagina (1946) ma’lumotlari bo‘yicha, cho‘l hududi bo‘z tuproqlarining yuqorigi (0-5 sm) qatlamida yalpi bor miqdori 13 mg/kg ni, 65-75 sm qatlamda 220 mg, 160-170 sm qatlamda esa 150 mg/kg ni tashkil etgan. Tog‘ oldi hududi tuproqlarida yalpi bor miqdori ham xuddi shunday bo‘lsada, pastki qatlamda 8,8-63,8 mg/kg gacha o‘zgargan, tekislik hududida esa 51 dan 160,3 mg/kg gacha tebranadi.
A.K.Pereverzeva (1959) ma’lumotlari bo‘yicha, qadimdan sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda yalpi bor miqdori 17,1-20,1 mg/kg ni tashkil etgan.
Ye.K.Kruglovaning (1939, 1959) qayd etishicha, qadimdan sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda yalpi bor miqdori 17,3, o‘tloq tuproqlarda 19,9 va o‘tloq-botqoq tuproqlarda 21,2 mg/kg ni tashkil etadi (2-jadval).
2-jadval
Tuproqda yalpi va harakatchan shakldagi bor miqdori
(E.K.Kruglova, 1959)

Tuproq

tuproq qatlami, sm

yalpi bor miqdori, %

suvda eriydigan bor, mutloq quruq tuproqda, mg/kg

Bo‘z tuproq

0-20

0,0173

0,274

O‘tloq tuproq

0-20

0,0199

0,319

O‘tloq-botqoq

0-20

0,0290

0,358

Tuproqdagi yalpi bor miqdori uning o‘simlikka o‘zlashtirilishi to‘g‘risida bera olmaydi. Suvli so‘rim qiziqarli ma’lumotlar taqdim etadi. Qaynagan suvli so‘rimda yalpi va suvda eriydigan borning o‘zaro nisbati ahamiyatlidir. Bu shuni ko‘rsatadiki, borning asosiy qismi qiyin eriydigan, o‘z navbatida qishloq xo‘jalik ekinlari uchun kam layoqatlidir.


Suvda eriydigan bor miqdori juda kam bo‘lib, tuproqlarga bog‘liq holda yalpi miqdorining 2-12 %ini tashkil etadi. Tuproq ishqoriyligining ortishi bilan suvda eriydigan bor miqdori kamayishi va sho‘rlanishning ortishi bilan uning miqdori ko‘payishi aniqlangan. Suvda eriydigan borning eng ko‘p miqdori sho‘rxok tuproqlarning yuqorigi katlamida (40 sm) kuzatiladi.
A.A.Djalilovning (1957, 1958) qayd etishicha, O‘zPITI markaziy tajriba stansiyasi tipik bo‘z tuproqlarida suvda eriydigan shakldagi bor miqdori turli o‘tmishdoshlar bo‘yicha: 0-25 sm qatlamda 0,166-0,176 va 25-40 sm qatlamda 0,142-0,183 mg/kg gacha o‘zgargan.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bor miqdori tuproq qatlamlari chuqurligiga va namuna olingan vaqtga bog‘liq. S.S.Abaeva (1957, 1958) ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyati bo‘z tuproqlarida suvda eriydigan bor miqdori 0,175 dan 1,5 mg/kg gacha tebranadi (3-jadval).
3-jadval
Suvda eriydigan bor miqdori, havoda quritilgan tuproqda mg/kg
(S.S.Abaeva, 1957)

Tuproq qatlami, sm

Namuna olingan vaqt

3/VI

29/VI

23/VII

10-20

0,5

0,5

0,75

30-40

0.5

0,5

0,4

50-60

0,175

0,5

0,4

70-80

0,175

0,35

1,5

Ko‘pchilik holatlarda tuproqning barcha qatlamlarida g‘o‘zaning hosil to‘plash davrida suvda eriydigan bor miqdori 0,4-0,5 mg/kg ni tashkil etadi. Ayrim qatlamlarda esa suvda eriydigan bor miqdori 0,175-1,5 mg/kg ni tashkil etadi.


A.K.Pereverzeva (1959) borning miqdori tuproqning madaniylashganlik darajasiga va olinadigan paxta hosiliga bog‘liqligini aniqlash maqsadida tadqiqotlar o‘tkazgan. Buning uchun O‘zPITI Markaziy (tipik bo‘z), Farg‘ona (och tusli bo‘z) va Iolotan (qadimdan sug‘oriladigan taqirsimon och tusli bo‘z) tajriba stansiyalari tuproqlaridan foydalangan.
Tuproqdagi bor miqdori (4-jadval) uning madaniylashganligiga bog‘liq holda turlicha bo‘lgan. Borning eng yuqori miqdori madaniylashgan taqir tuproqlarning haydov qatlamida (17,1-20,7 mg/kg) uchraydi, haydov osti qatlamida 16,2-20,0 mg/kg, 80-110 sm qatlamida 18,8-19,3 mg/kg ni tashkil qilishi aniqlangan.
Och tusli bo‘z tuproqlar ko‘rsatkich bo‘yicha oraliq vaziyatni band qilganligi tajribada aniqlangan.
4-jadval
Tuproqning madaniylashganlik darajasiga ko‘ra ulardagi bor miqdori (A.K.Pereverzeva, 1957)

Namuna olingan hudud va tuproq tipi

Tajriba variantlari

Tuproq qatlami, sm

Bor miqdori, havoda quritilgan tuproqda mg/100 g*

yalpi

suvda
eriydigan

Oqqovoq tajriba stansiyasi, tipik bo‘z tuproq

o‘g‘itsiz 32 yil davomida g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

17,6

0,174

haydov osti

17,1

0,207

80-110

17,6

0,246

32 yil davomida har yili mineral o‘g‘itlar berilib, g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

17,3

0,234

haydov osti

19,4

0,234

80-110

16,7

0,245

32 yil davomida organik o‘g‘it (go‘ng) berilib, g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

18,1

0,234

haydov osti

17,7

0,261

80-110

16,7

0,264

har yili mineral o‘g‘itlar berilgan almashlab ekish dalasi tuprog‘i

haydov

18,7

0,207

haydov osti

17,7

0,201

80-110

16,7

0.192

Farg‘ona tajriba stansiyasi, och tusli bo‘z tuproq

o‘g‘itsiz 23 yil davomida g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

18,1

0,223

haydov osti

18,7

0,210

80-110

18,1

0,286

23 yil davomida har yili mineral o‘g‘itlar berilib, g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

17,1

0,240

haydov osti

17,6

0,227

80-110

20,7

0,166

har yili mineral o‘g‘itlar berilgan almashlab ekish dalasi tuprog‘i

haydov

18,1

0,206

haydov osti

17,6

-

80-110

18,8

0,200

Iolotan tajriba stansiyasi, qadimdan sug‘oriladigan, taqirsimon och tusli bo‘z tuproq

19 yil davomida har yili mineral o‘g‘itlar berilib, g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

17,1

0,476

haydov osti

16,2

0,601

80-110

18,8

0,567

19 yil davomida har yili organik va mineral o‘g‘itlar berilib, g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

19,3

0,484

haydov osti

20,0

0,454

80-110

19,3

0,567

har yili mineral o‘g‘itlar berilgan almashlab ekish dalasi tuprog‘i

haydov

20,7

0,467

haydov osti

20,0

0,600

80-110

19,3

0,577

*Dyuboks kalorimetrida aniqlangan

Suvda eriydigan bor miqdori bo‘yicha ham taqir tuproqlar birinchi o‘rinni egallagan – barcha qatlamlari bo‘yicha ushbu tuproqlarning barcha variantlarida u 2-3 marta ortiqligi aniqlangan.


Har yili mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llanilgan barcha holatlarda suvda eriydigan bor miqdori yuqori bo‘lgan, ayniqsa bu Markaziy va Farg‘ona tajriba stansiyalari ma’lumotlarida yaqqol namoyon ko‘rinadi.

Mis - Cu


Biogeotsenozda misning asosiy manbai tog‘ jinslaridir. Misning Klark miqdori 4,7*10-3 % ga teng. Tog‘ jinslarining yemirilishi tufayli mis ion holatga o‘tadi va kislotali muhitda harakatchan migrant hisoblanadi, neytral va ishqorli muhitda – sust harakatchan, vodorod sulfatli muhitda amalda erimaydigan sulfatlarga aylanadi.
Oksidlanish-qaytarilish sharoitlari misning valentligi bilan (Cu+ Cu2+) bog‘liq. Cu2+ning cho‘kmaga tushishi CO32-, PO43-, OH-, S2-, SiO2 ionlari ta’sirida sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, mis manfiy zaryadli kalloidlarga yengil adsorbsiyalanadi. Mis gidrooksidlarining cho‘kmaga tushishi rN 4,5 dan pastligida boshlanadi (A.P.Vinogradov, 1957; L.K.Ostrovskaya, 1961; A.I.Perelman, 1966).
Tuproq eritmasining kislotali reaksiyasi, tuproq gumusining kam bo‘lishi misning yuvilish jarayoniga imkon beradi (L.K.Ostrovskaya, 1961).
Tuproq eritmasi rN 7 dan ziyod bo‘lgan karbonatli tuproqlarda misning suvda eruvchan birikmalari mavjud bo‘lmaydi (E.K.Kruglova, 1966). Karbonatli tuproqlarda mikroo‘g‘it sifatida qo‘llanilgan misning suvda eruvchan tuzi tezlikda suvda erimaydigan birikmalarga aylanishi qaytmas jarayon, u karbonatlar, gidrooksidlar va boshqa birikmalar holida havoga uchib ketadi (E.K.Kruglova, 1962, 1966).
Tuproq eritmasi rN 7 va undan yuqori bo‘lgan karbonatli tuproqlarda mis almashinuvchan kation sifatida eritmaga chiqmaydi (E.K.Kruglova, 1962; F.K.Sharafutdinova, 1964).
Shimoliy xududdagi karbonatli tuproqlarda ildiz ajratmalari organik kislota va uglekislotalardan karbonatli-bikarbonatli aralashma shakllanadi, o‘simlik turiga bog‘liq ravishda rN 3 dan 5,5 gacha o‘zgaradi (N.K.Krupskiy, T.M.Aleksandrova, 1964). Bunda kislotali ajratmalar va tuproq zarrachalari orasida o‘zaro ta’sir paydo bo‘ladi, natijada yangidan cho‘kmaga tushgan «ikkilamchi» karbonatlar va gidrooksid elementlar, jumladan mikroelementlar o‘simlik uchun o‘zlashtiriluvchan shaklga aylanadi.
Mis g‘o‘zaning hamma organlarida va barcha rivojlanish fazalarida uchraydi. Ushbu mikroelement miqdori quruq moddada 5 mg/kg dan 35 mg/kg gacha o‘zgaradi. Misning eng yuqori miqdori bargda kuzatiladi. Ye.K.Kruglova (1966), M.I.Bratcheva, G.I.Vaylert, N.T.Muraveva (1963), F.K.Sharafutdinova (1974) va boshqalarning ma’lumotlariga ko‘ra, pishgan g‘o‘za barglaridagi quruq moddada mis miqdori – 7-30 mg/kg, poyada – 7-35, ko‘saklarda – 6-28, chigitda – 12-25, tolada – nishonadan 0,5 mg/kg oralig‘ida o‘zgaradi. 34 s/ga paxta hosili bilan olib chiqilgan mis 17 g/tonnani tashkil etadi (E.Kruglova, 1966; Ye.K.Kruglova, M.M.Alieva, S.X.Dexkanxodjaeva va boshq., 1975.; Ye.K.Kruglova, S.X.Dexkanxodjaeva, T.Turaev, A.Muxamedjanova, 1980; Ye.K.Kruglova, 1962; F.K.Sharafutdinova, 1964, 1974; K.Rustamov, 1977).
Asosiy oziqa elementlar bilan (NPK) yetarlicha ta’minlangan tuproqning haydalma qatlamida o‘zlashtiriluvchan mis 0,4 mg/kg dan kam bo‘lgan sharoitda g‘o‘zaga misli o‘g‘itlarni qo‘llash mumkin (E.K.Kruglova, 1968).
Samarqand vohasining sug‘oriladigan xududi tuproq paydo qiluvchi jinsida misning o‘rtacha miqdori ruxsat etilgan me’yor chegarasida tebrandi. Zarafshon daryosining o‘ng va chap sohili lyossimon qumoqlari yalpi mis miqdori bo‘yicha keskin farqlanadi. O‘ng sohil lyossimon qumoqlari karbonatli jinslarning parchalanish mahsuloti hisoblanib, o‘rtacha 27 mg/kg mis saqlaydi; keng ko‘lamda (19-39 mg/kg) tebranadi, ehtimol, bu turli miqdordagi loyqa bilan bog‘liq.
Chap sohil lyossimon qumoqlari shakllanishida kislotali jinslar – granit muhim rol o‘ynaydi, shunga ko‘ra mis tanqis (o‘rtacha 11 mg/kg) bo‘lib, keng ko‘lamda (6-16 mg/kg) tebranadi (1-jadval).
Zarafshon daryosi allyuviyi yalpi misni o‘rtacha 27 mg/kg saqlaydi. Lekin, «sho‘x» hosil bo‘ladigan xudud ushbu elementga boy va uning miqdori Klark miqdordan yuqori (tebranish amplitudasi 19-50 mg/kg).
O‘ng sohil lyossimon qumoqlari o‘zlashtiriluvchan mis birmuncha yuqoriligi bilan (yalpi miqdorning 0,7 %i) farqlanadi.
Allyuviy, ayniqsa «sho‘x» hosil qiladigan xududlar o‘zlashtiriluvchan mis miqdori keng ko‘lamda o‘zgarishi (0,2-1,2 mg/kg) bilan tavsiflanadi. Bu tuproqning turli tuman xossalarining relefga bog‘liqligiga aloqador.
Ye.K.Kruglova, M.M.Alieva, G.I.Kobzeva, T.P.Popova (1984) bo‘yicha, vohaning tadqiq etilgan tuproqlarida yalpi mis miqdori keng ko‘lamda o‘zgarishi tuproq xossalari va tuproq paydo qiluvchi jinsidagi mis miqdoriga bog‘liq.
-jadval
Samarqand vohasi tuproqlarida Cu mikroelementi tarqalishi




Tuproqlar, hudud

kesma soni

qatlam

Cu, mg/kg

K migr

yalpi

o‘zlashtiriluvchan

yalpi

o‘zl-chan

tebranish ko‘lami

M±m

tebranish ko‘lami

M±m

yalpiga nisb, %

och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasi

Narpay tumani, Zarafshon daryosi chap sohili, 3-terrasa, och tusli bo‘z tuproqlar (38)

5

haydalma

18,2-25,7

22,0±3,10

0,72-0,84

0,78±0,05

3,54

0,64

0,94

haydalma osti

16,8-22,7

20,1±2,22

0,73-1,43

0,97±0,27

4,82



jins

18,4-36,3

27,5±7,45

0,63-1,02

0,83±0,16

2,41



Kattaqo‘rg‘on tumani (Payshanba), eskidan sug‘oriladigan o‘tloq allyuvial tuproqlar, 2-terrasa (33)

3

haydalma

22,8-24,8

23,6±1,06

0,82-1,22

1,00±0,20

4,23

1,38

1,16

haydalma osti

25,3-29,9

27,6±2,30

1,07-1,21

1,09±0,11

3,98



jins

16,2-18,7

17,1±1,39

0,78-0,98

0,86±0,10

5,03



tipik bo‘z tuproqlar mintaqasi

Pastdarg‘om tumani, Zarafshon daryosi chap sohili, 3-terrasa, eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproq (16)

3

haydalma

6,3-12,4

8,8±3,19

0,52-0,63

0,57±0,06

6,48

0,85

1,16

haydalma osti

6,4-24,8

15,9±9,22

0,64-0,71

0,67±0,04

4,21



jins

5,8-15,7

10,4±4,98

0,38-0,63

0,49±0,13

4,71



Payariq tumani, Zarafshon daryosi o‘ng sohili, 3-terrasa, eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproq (16)

5

haydalma

28,1-38,4

33,2±3,96

0,62-0,84

0,75±0,09

2,25

1,13

1,56

haydalma osti

23,2-39,2

32,1±6,59

0,53-0,92

0,76±0,15

3,11



jins

25,3-34,8

29,4±4,39

0,42-0,79

0,48±0,13

1,63



Ishtixon tumani, Miyonqol oroli, eskidan sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproq (31)

3

haydalma

19,2-24,8

22,2±2,81

0,63-1,02

0,84±0,20

3,78

0,78

2,27

haydalma osti

20,2-25,1

23,0±2,51

0,81-1,23

1,00±0,21

4,35



jins

25,4-31,7

28,2±3,22

0,52-0,59

0,37±0,05

1,31



Jomboy tumani, Zarafshon daryosi o‘ng sohili, 2-terrasa, eskidan sug‘oriladigan o‘tloq allyuvial tuproq (32)

3

haydalma

19,1-33,7

25,1±7,64

1,03-1,68

1,33±0,33

5,30

0,86

1,04

haydalma osti

18,7-25,2

22,4±3,33

0,52-0,87

0,71±0,18

3,17



jins

18,9-40,8

29,1±11,02

0,92-1,59

1,28±0,34

4,40



Ishtixon tumani, Zarafshon daryosi o‘ng sohili, 2-terrasa, eskidan sug‘oriladigan o‘tloq allyuvial tuproq (32)

7

haydalma

19,2-29,8

25,9±3,75

0,62-0,94

0,79±0,12

3,05

0,68

1,16

haydalma osti

29,8-40,4

35,0±4,34

0,63-0,88

0,79±0,09

2,26



jins

31,1-43,7

37,9±4,76

0,48-1,03

0,68±0,22

1,79



Payariq tumani, eskidan sug‘oriladigan botqoq-o‘tloqi tuproq (34)

4

haydalma

16,2-36,9

27,7±9,33

0,23-0,54

0,39±0,14

1,41

0,86

0,65

haydalma osti

24,7-50,3

38,4±11,06

0,20-0,72

0,64±0,21

1,67



jins

20,3-49,8

32,0±12,72

0,22-0,63

0,60±0,18

1,87



Jomboy tumani, sho‘x qatlamli o‘tloqi-bo‘z tuproq (31)

4

haydalma

19,7-37,9

30,1±8,32

0,62-1,03

0,86±0,18

2,86

0,86

1,05

haydalma osti

34,7-50,3

44,5±6,85

0,48-0,84

0,65±0,16

1,46

1,27

0,79

sho‘x qatlam

35,3-51,2

44,8±6,98

0,47-0,73

0,59±0,11

1,33

1,29

0,72

jins

20,7-50,4

34,8±12,37

0,63-0,97

0,82±0,14

2,36



Oqdaryo tumani, Miyonqol oroli, SamQXI o‘quv-tajriba xo‘jaligi, sho‘x qatlamli o‘tloqi-bo‘z tuproq (29)

3

haydalma

19,6-38,3

29,9±9,48

0,63-1,04

0,84±0,21

2,81

0,99

1,11

haydalma osti

33,9-49,6

41,5±7,87

0,51-0,78

0,64±0,14

1,54

1,38

0,84

sho‘x qatlam

34,8-47,7

40,9±6,47

0,48-0,76

0,60±0,14

1,47

1,36

0,79

jins

21,2-38,3

30,1±8,57

0,52-0,92

0,76±0,21

2,52


Eskidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda yalpi mis miqdori Kursk qora tuproqlardagidan kam. Uning tuproq profili bo‘ylab taqsimlanishida ayrim elyuviallanish kuzatiladi, migratsiya koeffitsienti 0,9 ga teng.


Och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasidagi o‘tloq allyuvial tuproqlarning tuproq paydo qiluvchi jinsida yalpi mis miqdori bir xil bo‘lib, etalonga nisbatan yuqori. Misning biologik akkumulyatsiyasi gumusli gorizontda kuzatildi.
Eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda yalpi mis miqdori keng ko‘lamda o‘zgaradi va bu uning tuproq paydo qiluvchi jinsidagi miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Zarafshon daryosining o‘ng sohilida misga boy lyossimon qumoq tuproqlari Kursk qora tuproqlariga nisbatan yalpi misni sezilarli ko‘p saqlaydi. Zarafshon daryosi chap sohilining ushbu mikroelementlar tanqis bo‘lgan lyossimon qumoq tuproqlari kam miqdorda mis saqlaydi.
Samarqand vohasining tadqiq qilingan yarim gidromorf va gidromorf tuproqlari yalpi misga boy hisoblanadi. Ayniqsa, botqoq-o‘tloq tuproqlarida mis ko‘p to‘planadi.
O‘simliklar uchun o‘zlashtiriluvchan mis miqdori tuproq sharoitiga va tuproq paydo bo‘lish jarayoniga bog‘liq. Gumus miqdori, karbonatlar, loyqa qismi ko‘pligiga ko‘ra mis ko‘proq birikkan botqoq-o‘tloq tuproqlarda o‘zlashtiriluvchan mis birmuncha kam bo‘lib, yalpi miqdorining 0,8-1,5 %ini tashkil etadi. Eng yuqori ko‘rsatkichi Zarafshon daryosining chap sohilidagi eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarida (yalpi miqdoriga nisbatan 4,6-6 %), birmuncha kamroq ko‘rsatkichi esa o‘tloqi va bo‘z-o‘tloqi (4-5 %) hamda eskidan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarda (3-4 %) qayd etildi.
Zarafshon daryosining o‘ng sohilidagi eskidan sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda o‘zlashtiriluvchan mis miqdori yalpi miqdorining 2 %ini tashkil etadi. Yalpi mis miqdorining yuqoriligi o‘simliklar uchun o‘zlashtiriluvchan miqdori yetarli darajada ko‘p bo‘lishini ta’minlaydi, bu yerda uning miqdori ruxsat etilgan me’yor darajasida bo‘ldi.
Vohaning botqoq-o‘tloqi tuproqlaridan tashqari barcha tadqiq etilgan sug‘oriladigan tuproqlari o‘simliklarga o‘zlashtiriluvchan misni ruxsat etilgan me’yor darajasida va undan yuqori saqlaydi hamda bu tuproqlarda misli o‘g‘itlarni qo‘llash zarurati yo‘q.
Botqoq-o‘tloqi tuproqlar gumus miqdori, karbonatlarga bog‘liq holda o‘zlashtiriluvchan misni turlicha miqdorda saqlaydi. Payariq tumanining o‘rtacha gumusli va o‘rtacha karbonatli tuproqlari misni ruxsat etilgan me’yor darajasida saqlaydi. Bu yerda misli o‘g‘itlar samara berishi mumkin hamda o‘zlashtiriluvchan mis bo‘yicha yirik masshtabli xaritanoma tuzish va dala tajribalari o‘tkazish zarur.
Organik moddalarga mis ko‘p birikadigan gumusi yuqori va kam karbonatli tuproqlarda o‘zlashtiriluvchan mis tanqis hisoblanadi va misli o‘g‘itlar qo‘llashga ehtiyoj seziladi. O‘rtacha gumusli, karbonatlarga boy tuproqlar o‘zlashtiriluvchan mis bilan yaxshi ta’minlangan (ruxsat etilgan me’yor darajasidan yuqori) va bu yerda misli o‘g‘itlar qo‘llash shart emas. Lekin qayd etish lozimki, ko‘rsatilgan tuproqlarda o‘zlashtiriluvchan mis bo‘yicha har xillik uchraydi, bu esa diqqat bilan yirik masshtabli xarita tuzishni va keyinchalik dala tajribalari o‘tkazish uchun o‘simliklarga o‘zlashtiriluvchan mis miqdori bo‘yicha xaritanoma ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi.
Buxoro vohasining sug‘oriladigan xududida tuproq paydo qiluvchi ona jinsi Zarafshon daryosining subaeral deltasi (Buxoro va Qorako‘l deltalari) allyuvial yotqiziqlaridan iborat (M.M.Alieva, V.Sh.Razakova, A.K.Pereverzeva, S.X.Dexkanxodjaeva, 1972).
Ular yalpi mis miqdori singari, o‘zlashtiriluvchan mis miqdori bo‘yicha keskin farqlanadi. Mis miqdorining keng ko‘lamda o‘zgarishi asosan ona jinsning mexanik tarkibi va boshqa xususiyatlarga bog‘liqligi qayd etildi.
Buxoro deltasi allyuviy tuproqlari (29,7-27,6 mg/kg) kuchli sho‘rlangan Qorako‘l tuproqlariga (18,6-13,6 mg/kg) nisbatan misga boy (14-jadval).
Har ikkala vohaning tuproq paydo qiluvchi ona jinslarida o‘simliklar uchun o‘zlashtiriluvchan mis miqdori yuqori. Qorako‘l vohasi allyuviylari uchun 2,0 mg/kg gacha tebranish tavsifli.
Buxoro vohasining eskidan sug‘oriladigan o‘tloq allyuvial tuproqlari qalin agroirrigatsion qatlamning sho‘rlanganligi, kam gumusligi, yalpi mis miqdori o‘rtachaligi bilan tavsiflanadi. Shunga ko‘ra tuproqlarning karbonatligi va sho‘rlanganligiga bog‘liq ravishda sezilarli tebranishi qayd etiladi. Ushbu tuproqlarda o‘simliklar uchun o‘zlashtiriluvchan mis miqdori yuqori (yalpi miqdorining 6-7 %) bo‘lib, ruxsat etilgan me’yordan ziyod. Tuproq profili bo‘ylab mis migratsiyasi A qatlamda bioakkumulyatsiya jarayoni ustunlik qilishi, migratsiya koeffitsienti 1 dan yuqoriligi aniqlandi.

-jadval


Buxoro va Qorako‘l vohasi sug‘oriladigan tuproqlarida Cu mikroelementi tarqalishi

Hudud, tuproq

Kesma soni

Qatlam

Cu, mg/kg

KMIGR

Yalpi

o‘zlashtiriluvchan

yalpi

o‘zlash-n

tebranish ko‘lami

M±m

tebranish ko‘lami

M±m

Navoiy, sur qo‘ng‘ir-o‘tloqi (26)

4

haydalma

7,5-10,3

8,3±1,26

0,13-0,33

0,24±0,08

1,02

1,04

haydalma osti

8,1-11,8

9,4±1,72

0,19-0,47

0,33±0,12







jins

5,6-10,5

8,1±2,05

al.-0,37

0,23±0,12







Navoiy, o‘tloqi allyuvial (15-16)

3

haydalma

23,5-29,8

26,7±3,15

1,78-2,02

1,89±0,12

1,17

1,20

haydalma osti

24,8-30,2

28,2±2,98

1,45-1,86

1,69±0,22







jins

21,2-24,9

22,9±1,86

1,36-1,76

1,58±0,20







Buxoro deltasi yuqori qismi, sug‘oriladigan o‘tloqi-taqir (23)

4

haydalma

25,6-32,8

29,7±3,43

1,87-2,21

2,03±0,14

1,20

1,14

haydalma osti

28,2-33,6

31,4±2,37

1,77-2,14

1,94±0,15







jins

22,7-26,4

24,7±1,58

1,62-1,96

1,78±1,17







Buxoro deltasi yuqori qismi, o‘tloq allyuvial (29-30)

5

haydalma

21,2-32,4

26,8±4,06

1,57-2,05

1,82±0,17

1,17

1,15

haydalma osti

27,2-33,6

29,3±2,48

1,31-1,64

1,58±0,17







jins

20,3-24,3

22,8±1,60

1,28-1,68

1,58±0,17







Buxoro deltasi markaziy qismi, o‘tloq allyuvial (24-28)

4

haydalma

22,9-32,6

27,6±4,09

1,57-1,95

1,78±0,16

1,23

1,14

haydalma osti

27,2-33,6

29,8±2,73

1,31-1,64

1,54±0,15







jins

20,3-24,1

22,5±1,60

1,28-1,68

1,56±0,19







Qorako‘l deltasi yuqori qismi, o‘tloq allyuvial (25)

3

haydalma

17,3-19,8

18,6±1,25

0,48-0,66

0,56±0,09

1,52

0,54

haydalma osti

20,2-25,0

22,7±4,40

0,70-0,97

0,83±0,14







jins

11,6-13,1

12,2±0,78

0,87-1,15

1,04±0,15







Qorako‘l deltasi markaziy qismi, o‘tloq allyuvial (32-33)

3

haydalma

11,5-15,3

13,6±1,92

0,20-0,43

0,33±0,12

1,31

0,34

haydalma osti

14,3-17,8

15,8±1,79

0,69-0,87

0,77±0,09







jins

10,2-11,5

10,4±0,97

0,22-2,00

0,98±0,92







Qorako‘l vohasining eskidan sug‘oriladigan o‘tloq allyuvial tuproqlari Buxoro vohasinikiga nisbatan mexanik tarkibi bo‘yicha birmuncha yengil, kam gumusli, birmuncha kam sho‘rlangan. Yalpi mis miqdori yuqori emas – etalondan kam bo‘lib, keng ko‘lamda tebranadi. O‘zlashtiriluvchan mis miqdori yalpi miqdorning 2-4 %ini tashkil etadi. O‘simliklarga o‘zlashtiriluvchan mis miqdori Buxoro vohasining bir xil jinsli tuproqlariga nisbatan ruxsat etilgan me’yor darajasidan sezilarli kamdir. Yalpi mis migratsiyasi A qatlamda akkumulyatsiya jarayoni ustun bo‘lsa, o‘simliklarga o‘zlashtiriluvchan shaklida – elyuviallanish jarayoni ustunlik qiladi.

Marganes - Mn

A.P.Vinogradov (1944), V.I.Vernadskiy (1954) tadqiqotlariga ko‘ra, odatdagi ishqoriy-kislotali va oksidlovchi-qaytariluvchi sharoitlarda marganes faqatgina ikki, uch va to‘rt valentli shakllarda uchraydi.


Tuproqda ikki valentli marganes birikmalari suvda eriydigan va almashinuvchan hisoblanadi.
Tuproqda marganesning karbonatli, fosfatli va gidratli birikmalari shakllanishi mumkin, bu birikmalar tuproq eritmasida marganes ionlarining manbai hisoblanadi, ularni esa o‘simliklar o‘zlashtiradi.
Marganes saqlovchi tog‘ jinslari parchalanishidan yengil gidrolizlanadigan bikarbonat shakllanadi.

H.B.Mann (1927) tadqiqotlarida rNning kamayishi bilan tuproqda MnO2 shakldagi birikmalari kamayadi va rN=5 da deyarli uchramaydi. rN 6,5 dan yuqori bo‘lgan sharoitda ikki valentli marganes oksidlanadi va yog‘ingarchiliklar bilan qaytib tushadi.
Bo‘z tuproqlar mintaqasi tuproqlarida va ona jinsida marganesning yalpi miqdori 0,007 dan 0,28 % gacha tebranadi (I.I.Sinyagin, 1946).
S.S.Abaeva (1958) Samarqand viloyati bo‘z tuproqlarini tahlil qilish asosida yalpi marganes 350 dan 800 mg/kg gacha tebranishini aniqlagan.
Ye.K.Kruglova (1939, 1956) tadqiqotlarida aniqlanishicha, paxta yetishtiriladigan tumanlar tuproqlarida yalpi marganes miqdori 0,06 dan 0,13 % gacha o‘zgaradi va tuproqning pastki qatlamlarida uning miqdori kamayadi.
I.A.Djalilov (1957) ma’lumotlari bo‘yicha, Oqqovoq tajriba stansiyasi tipik bo‘z tuproqlarida o‘tmishdosh ekinlarga bog‘liq bo‘lmagan holda tuproqning 0-25 sm qatlamida marganes miqdori farqlanadi va 25-40 sm qatlamda farq deyarli kuzatilmaydi: 0-25 sm qatlamda marganes 0,89 dan 1,15 gacha o‘zgarsa, 25-40 sm qatlamda 1,01 dan 1,14 g/kg gacha tebranadi.
Tipik bo‘z, o‘tloq va o‘tloq-botqoq tuproqlarda suvda eriydigan marganes yo‘q. Almashinuvchan marganes 4 mg/kg dan oshmaydi (E.K.Kruglova, 1939; I.I.Sinyagin, 1946).
Bo‘z tuproqlar mintaqasida marganes fiksatsiyasi juda jadal boradi. Suvda eriydigan shakldagi (MnSO4, KMnO4) marganes tuproqqa berilganda ikkinchi sutkadayoq, ular tezlikda suvda erimaydigan MnO2 shakldagi birikmaga aylanadi. Bo‘z tuproqlarda MnO2 shakldagi birikma yalpi marganesning 50-95 %ini tashkil etadi.
O‘tloq va o‘tloq-botqoq tuproqlarda MnO2 miqdori kamroq bo‘ladi va yalpi miqdorining 40-70 %ini tashkil etadi.
Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproqda marganes migratsiyasini belgilaydigan muhim omil – hamisha SO2 va 0,2 mg/l gacha marganes saqlovchi sug‘orish suvi hisoblanadi va u tuproq eritmasi rNining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Turli tuproqlarda marganes miqdori bo‘yicha ma’lumotlar 5-jadvalda keltirilgan.
5-jadval
Tuproqdagi marganes miqori, mg/kg
(E.K.Kruglova, 1939)

Tuproqlar

Yalpi miqdori

Suvli so‘rimda

Tuzli so‘rimda

Kislotali so‘rimda

rN=4,2 li so‘rimda yalpi miqdordan o‘tgan marganes salmog‘i, %

rN=6,0

rN=4,2

Bo‘z tuproq

1130

yo‘q

yo‘q

yo‘q

395,3

34,9

O‘tloq tuproq

1330

yo‘q

yo‘q

yo‘q

436,7

32,8

O‘tloq-botqoq

1930

yo‘q

yo‘q

yo‘q

639,0

33,1

1953-1956 yillarda Ye.K.Kruglova (1939, 1956) O‘rta Osiyoning paxta bilan band tuproqlarida marganes shakllarining miqdorini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazgan (6-jadval). Ushbu tadqiqotlarda sug‘oriladigan tuproqlarning asosiy tiplari o‘rganilgan.


Tadqiq qilingan tuproqlarda marganes birikmalarining asosiy massasini faqat xlorid kislotada eritmaga chiqadigan oksidlar va marganes silikat tashkil etadi. Bo‘z tuproqlarda marganesning silikatli birikmalari yalpi miqdorining 40 %ini, o‘tloq va o‘tloq-botqoq tuproqlarda esa 20 dan 60 %gachasini tashkil etadi.
Marganesning kislotali muhitda eriydigan karbonatli va boshqa birikmalari uning yalpi miqdorining juda ham kam qismini egallaydi. Tadqiq qilingan barcha tuproqlarda marganesning suvda eriydigan shakli ayni paytda uchramaydi.
Ye.K.Kruglova tadqiqot natijasida quyidagi xulosalarga kelgan, o‘simliklarni marganesli oziqlanishini ta’minlash quyidagilarga:
1) marganesning ba’zi tabiiy birikmalari harakatchanligining ko‘payishiga;
2) mikroo‘g‘itlarni qo‘llash yo‘li bilan o‘simliklarning marganesli oziqlanishining kuchayilshiga bog‘liq.
Marganesli o‘g‘itlarning shakli va qo‘llash usuli muhim ahamiyat kasb etadi. Marganesli o‘g‘itlarni joyiga qo‘llash sochma usulda qo‘llashga nisbatan samarali hisoblanadi. Tuproqda oksidlanish jarayoni doimiy kuzatilib turganligi sababli ushbu o‘g‘itlar inert holatga o‘tadi.
1959 yil A.K.Pereverzeva (1961) turli tuproqlarda marganes miqdorini ularning madaniylashganlik darajasiga bog‘liq holda aniqlash yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazgan (7-jadval).
Yalpi marganes miqdori tuproq tipi va madaniylashganlik darajasiga bog‘liq. Farg‘ona tajriba stansiyasi och tusli bo‘z tuproqlari unumdorlik fonidan qat’iy nazar yalpi marganesni hammasidan ko‘ra ko‘p saqlaydi: haydov qatlamda uning miqdori havoda quritilgan tuproqda 1080 dan 1473 mg gacha; haydov osti qatlamda 1252 dan 1381 mg gacha va 80-110 sm qatlamda 983 dan 1332 mg/kg gacha o‘zgaradi.
Iolotan tajriba stansiyasi madaniylashgan taqir tuproqlarda hammasidan ko‘ra kamligi aniqlangan, ya’ni: uning miqdori haydov qatlamda 1086 dan 11213 mg; haydov osti qatlamda 893 dan 1033 mg va 80-110 sm qatlamda 877 dan 986 mg/kg gacha tebranadi. Oqqovoq tajriba stansiyasi tipik bo‘z tuproqlari oraliq vaziyatni egallaganligi aniqlangan.

7-jadval
Turli tuproqlardagi marganes miqdori


(A.K.Pereverzeva, 1959)

Namuna olingan hudud va tuproq tipi

Tajriba variantlari

Tuproq qatlami, sm

Yalpi marganes miqdori, havoda quritilgan tuproqda, mg/kg

Oqqovoq tajriba stansiyasi, tipik bo‘z tuproq

nazorat-o‘g‘itsiz 32 yil davomida g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

1031

haydov osti

983

80-110

939

32 yil davomida har yili mineral o‘g‘itlar berilib, g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

1283

haydov osti

1146

80-110

1007

32 yil davomida organik o‘g‘it (go‘ng) berilib, g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

1213

haydov osti

1113

80-110

1146

har yili mineral o‘g‘itlar berilgan almashlab ekish dalasi tuprog‘i

haydov

1218

haydov osti

1113

80-110

983

Farg‘ona tajriba stansiyasi, och tusli bo‘z tuproq

nazorat-o‘g‘itsiz 23 yil davomida g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

1080

haydov osti

1252

80-110

983

23 yil davomida har yili mineral o‘g‘itlar berilib, g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

1473

haydov osti

1381

80-110

1332

har yili mineral o‘g‘itlar berilgan almashlab ekish dalasi tuprog‘i

haydov

1289

haydov osti

1252

80-110

1056

Iolotan tajriba stansiyasi, qadimdan sug‘oriladigan, taqirsimon och tusli bo‘z tuproq

19 yil davomida har yili mineral o‘g‘itlar berilib, uzluksiz g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

1213

haydov osti

898

80-110

877

19 yil davomida har yili organik va mineral o‘g‘itlar berilib, uzluksix g‘o‘za o‘stirilgan tuproq

haydov

1146

haydov osti

1033

80-110

986

har yili mineral o‘g‘itlar berilgan almashlab ekish dalasi tuprog‘i

haydov

1086

haydov osti

1013

80-110

896

Har bir tuproq tipida organik va mineral o‘g‘itlar qo‘llanilganda, shuningdek paxta beda bilan navbatlab ekilganda tuproqda yalpi marganes miqdori ko‘paygan. Bu holat Oqqovoq tajriba stansiyasi tipik bo‘z tuproqlarida keskin namoyon bo‘lgan. Nazorat variantda havoda quritilgan tuproqda marganes 1131 mg bo‘lsa, mineral o‘g‘it qo‘llanilganda – 1283, organik o‘g‘it qo‘llanilganda – 1213 va almashlab ekish dalasida – 1218 mg/kg ni tashkil etgan.


Haydov osti va 80-110 sm qatlamda marganes 983 va 939 mg/kg bo‘lsa, mineral o‘g‘itlar qo‘llanilganda 1146 va 1007 mg, organik o‘g‘it qo‘llanilganda 1113 va 1146 hamda almashlab ekish dalasida 1113 va 983 mg/kg ni tashkil etgan.
Download 36,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish