Tushuntirish xati
O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tamonlama rivojlantirish, ularda yuksak ma’naviyat va madaniyat asoslarini shakllantirish davlat ta’lim-tarbiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan. Bunday mas’uliyatli vazifani amalga oshirish o‘qituvchi-tarbiyachilar zimmasiga yuklatilgan.
Bunday yuksak ishonch va sharafli vazifani ruyobga chiqaruvchi o‘qituvchi pedagogik mahorat komponentlari – ijodkorlik, san’atkorlik, rejissyorlik, aktyorlik qobiliyatlari, pedagogik texnologiya va texnika estetikasi, notiqlik san’ati, pedagogik odob estetikasi, pedagogik va estetik madaniyat asoslarini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim.
«O‘qituvchi estetik madaniyati asoslari» tanlov fan dasturi bugungi kun davlat ta’lim-tarbiya siyosati, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini ruyobga chiqarish, xususan bo‘lajak pedagog kadrlarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida «estetik boy dunyoqarashni» shakllantirish o‘quv-tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ishlab chiqilgan.
O‘qituvchining estetik madaniyati – pedagogik madaniyat, pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismi, o‘qituvchi shaxsining integrasiyalashgan mahsuli bo‘lib, unga nisbatan motivasion-ehtiyojiy munosabatda bo‘lishni, estetik, estetik-pedagogik bilim, pedagogik texnika va texnologiya estetikasi, pedagogik muloqot etika-estetikasi, o‘quv-tarbiya jarayoni, uning mazmunini estetizasiyalash, mustaqil o‘zlashtirgan estetik-pedagogik «mahsulotlari»ni ijtimoiylashtirish, o‘z estetik-pedagogik madaniyatiga o‘zi baho byerish va uni yanada takomillashtirish ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarni talab etadi.
Fanning maqsad va vazifalari
Tanlov fanining asosiy maqsadi – modifikasiya qilingan, integrasiyalashgan pedagogikaning fan dasturlari mazmuni asosida olib boriladigan o‘quv va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida bo‘lg‘usi o‘qituvchilarda estetik, estetik-pedagogik bilim asoslari, kasbiy pedagogik faoliyat omili bo‘lgan estetik madaniyat asoslarini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari: talabalarda estetik, estetik-pedagogik bilim asoslari, pedagogik texnologiya va texnika estetikasi, o‘quv-tarbiya jarayonini estetizasiyalash, pedagogik muloqot etika-estetikasi, pedagogik mahorat estetikasi, o‘z estetik madaniyatini mustaqil takomillashtirish va baholash ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarini shakllantirish, ularni kelajakdagi estetik-pedagogik faoliyatga tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |