Itning tashqi tuzilishi, skeleti va muskullari
1. Faqat sutemizuvchilarga xos belgilarni aniqlang.
a) quloq suprasi rivojlangan b) bo'yinda 7 ta umurtqa bo'ladi c) gavdasi jun bilan qoplangan d) tishlari ixtisoslashgan e) diafragma rivojlangan f) ayirish organi bitta loviyasimon buyrakdan iborat j) qon aylanish doirasi bitta k) jun qoplami bir qavatdan iborat
A) a, b, c, f, k B) d, e, f, j, k
C) a, b, c, d, e D) a, b, c, d, e, f, j, k
2. It yurganda qayeriga tayanib yuradi ?
A) skeletiga B) oyoqlariga
C) tovoniga D) barmoqlariga
3. Sutemizuvchilarda qaysi qovoq rivojlanmagan ?
A) pastki qovoq B) uchinchi qovoq
C) ustki qovoq D) qovoqlari yaxlit rivojlangan
4. Sutemizuvchilarning eshtish organi boshqa umurtqali hayvonlarning eshitish organidan qanday farqlanadi ?
A) kuchli rivojlangani bilan
B) faqat tashqi va o`rta quloqlarning mavjudligi
C) ichki quloqning taraqqiy etmagani
D) tashqi quloq va quloq suprasi bo`lishi
5. Sutemizuvchilarning terisidagi qillar nima vazifani bajaradi ?
A) tana haroratini saqlash B) terini himoya qilish
C) tuklar bilan terini himoya qiladi D) tuyg`u
6. Issiq yoz vaqtida, yoki yugurganda it nega tez-tez nafas oladi ?
A) tanasiga nisbatan o`pkasi kichik
B) yurak muskullari kuchsiz
C) tana harorati ko`tarilib ketadi
D) itlarning terisida ter bezlari bo`lmaganligi sababli tez-tez nafas olib tana haroratini pasaytiradi
7. Sutemizuvchilar umurtqa pog`onasi necha bo`limdan iborat ?
A) 3 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta
8. Quyidagi hayvonlarda bo`yin umurtqalari nechta bo`ladi ?
1) jirafa 2) to`ng`iz 3) sichqon 4) it
a) 5 b) 6 c) 7 d) 7,9 e)11,18
A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-d,4-b
C) 1-s, 2-s, 3-s, 4-s D) 1-s,2-d,3-b,4-d
9. Itning bo`yin, ko`krak, bel, dumg`aza, dum umurtqalar soni qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan ?
1) bo`yin 2) ko`krak 3) bel 4) dumg`aza 5 dum
a) 3 b) 7 c) 12,15 d) 6 e) 3,4 j) 3,10
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e B) 1-b, 2-c, 3-e, 4-d, 5-j
C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d, 5-e D) 1-b,2-c,3-d,4-e, 5-j
10. Itlarda qaysi suyak rivojlanmagan ?
A) ko`krak tirgak B) kil C) chanoq D) o`mrov
11. Itlarning oldingi oyoqlar kamarini qaysi suyaklar tashkil qiladi ?
A) kurak, ko`krak, tirgak, o`mrov
B) 2 ta kurak suyagi, ko`krak tirgak suyagi, 2 ta o`mrov C) 2 ta ko`krak tirgak, 2ta kurak
D) oldingi oyoq kamari, 2 ta kurak suyagini ko`krak tirgak suyagi b-n qo`shilishidan va 2 ta o`mrov suyagidan hosil bo`ladi
12. Itning qaysi muskullari kuchli rivojlangan ?
A) ko`krak B) qo`l, oyoq kamari muskullari
C) bo`yin
D) pastki jag`ini harakatga keltiruvchi muskullar
13. Itning orqa oyoqlari qanday suyaklardan tashkil topgan ?
A) son, kichik boldir, katta boldir, tovon barmoq suyaklari
B) son, boldir, ilik, panja
C) son, boldir, tirsak, changal
D) son, bilak, tirsak, tovon, panja
14. Itning oldingi oyoqlari qanday suyaklardan tashkil topgan ?
A) yelka kamari, yelka bilak, tirsak, panja
B) yelka, bilak, tirsak, barmoq (panja)
C) ko`krak tirgak, o`mrov, kurak, yelka bilan panja
D) yelka bilan tirsak, tovon, changal
15. Itning og`zida qanday tishlar bo`ladi va ular qay tartibda joylashgan ?
A) sudralib yuruvchilar singari 1 xilda tuzilgan tishlardan iborat
B) 2 ta kurak, 2 ta qoziq, 3 ta kichik oziq, 3 ta katta oziq tishlari bor
C) oldingi qismida ponasimon kurak, ulardan orqaroqda konussimon yirik qoziq tishlar, keyin yassi oziq tishlar.
D) kurak tishlar, qoziq tishlar, jag` tishlari, yirtqich tishlar
16. Itlar nechtadan bola tug'ishi mumkin ?
A) 1-4 B) 2-6 C) 3-8 D) 5-6
17. Sutemizuvchilarning jun qоplami nеcha qavat bo`ladi?
A)bir B)ikki
C)uch D)bir, ayrimlarida ikki
18. Sutemizuvchilarda qaysi sеzgi оrganlari qushlarnikiga nisbatan kuchsizrоq rivоjlangan?
A)ko`rish B)hid bilish
C)ta’m bilish D)eshitish
19. Sut emizuvchilar sinfining qaysi turkum vakillarida qоziq tishlar baquvvat, kurak tishlari mayda bo`ladi?
A)qo`lqanоtlilar B)yirtqichlar
C)hasharоtхo`rlar D)kеmiruvchilar
20. Sutemizuvchilar bоsh miyasining qaysi qismida katta yarimsharlar po`stlоg`iga o`хshash burmalar bo`ladi?
A)оraliq miyada B)miya ko`prigida C)uzunchоq miyada D)miyachada
Do'stlaringiz bilan baham: |