56-Variant Respublikamizda raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida korxonalarning yanada rivojlanishi bevosita ularni boshqarish tizimiga bog’liqdir.
Iqtisodiyotida korxonalar faoliyatini samarali boshqarish uchun esa ular faoliyatini muttasil o’rganib, tahlil qilib turish kun tartibidagi asosiy masalalaradan biri bo’lib
hisoblanadi. SHuning uchun ham barcha boshqaruv bo’g’inlarida iqtisodiy tahlil muhim
ahamiyatga egadir. CHunki, iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar hamda mahlumotlar o’rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalarning faoliyati
tezkorlik bilan yo’lga solib turiladi.
Fan - texnika yangliklari asosida ishlab chiqarishni yangi texnika hamda
texnologiya bilan tahminlash, modernizatsiya qilingan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan
jadal foydalanish, boshqaruv tizimini, xo’jalik mexanizmini zamonaviy usullar hamda yangi innavatsion g’oyalar bilan takomillashtirish negizida iqtisodiyotni rivojlantirish
hamda shu asosda xalqimizning farovonligini yanada yuksaltirish hozirgi davrda
oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun
sanoat korxonalarining faoliyatini har tomonlama hamda muntazam tarzda iqtisodiy
tahlil qilish darkor.
Iqtisodiy tahlil sanoat korxonalarini boshqarish tizimida oraliq bosqichni egallaydi.
SHu joyda boshqarish jarayonidagi asosiy uch bosqichni alohida ko’rsatib o’tish
maqsadga muvofiqdir:
1. Axborotlarni (malumotlarni) to’plash va tayyorlash;
2. Obyektning holatini iqtisodiy tahlil qilish va uning natijalari asosida takliflar
kiritish;
3. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Ko’rinib turibdiki, qabul qilingan qarorlarning samarasi va sifati tahlilning o’z vaqtida hamda tezkorlik bilan o’tkazilishiga ko’p jihatdan bog’liq. Bu yerda asosiy vazifa ana shu uch bosqichni bir-biri bilan uzviy ravishda uyg’unlashtirish hisoblanadi.
Korxona xo’jalik faoliyatini boshqarish va uning ustidan nazorat ishlarini olib borish uchun rahbarlar kerakli mahlumotlar bilan tahminlanishizarur. Buning uchun korxonaning xo’jalik faoliyati uzluksiz kuzatib boriladi. Kuzatish yo’li bilan olingan
mahlumotlar miqdor ko’rsatkichlarida ifodalanib, istalgan vaqtda foydalanish uchun ular o’ziga xos maxsus tartibda, hisob tizimi usullari va shakllari bo’yicha ro’yxat qilib
boriladi. Bu holat xo’jalik hisobi tizimining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
Hozirgi davrda korxona iqtisodini boshqarish ancha murakkabdir. CHunki,
boshqariluvchi obhekt shakl va mazmuni hamda boshqaruv maqsadiga ko’ra turli xildir.
Lekin, barcha holatlarda ham tejamkorlik tamoyiliga amal qilish asosiy maqsadlardan biri bo’lib hisoblanadi. Xo’jalik hisobi tizimida tejamkorlik asosida mehnat vositalardan samarali foydalanish, korxonada mavjud bo’lgan xom-ashyo va materiallarni ilmiy asosda sarflash hamda mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Bu jarayonda iqtisodiy tahlilni obhektiv va natijali bo’lishi ko’p jihatdan tahlil ishlarini to’g’ri uyushtirish yoki tashkil etishga hamda ilmiy asosda rejalashtirishga bog’liqdir.
Milliy iqtisodiyotimizni tarkibiy o’zgartirish jarayonlari korxonalarning tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini oshirishga va eng muhimi tashqi bozor nuqtai nazaridan korxonalarmizning ishiga, ularning mahsuloti sifatiga ijobiy tahsir
ko’rsatilishiga keng yo’l ochmoqda.CHunonchi, korxonalarning mustaqil tarzda tashqi
bozorga chiqishi va ularning xorijiy korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishlari
o’z navbatida bu borada ham iqtisodiy tahlilning o’ziga xos maxsus usullarini ishlab chiqishni va ularni takomillashtirishni taqozo qiladi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar natijasida bozor
munosabatlari davr talablari asosida rivojlantirilib tobora takomillashtirilib borilmoqda.
Bu jarayonda korxonalar:
O’z ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish;
Texnik yangilash va diversifikatsiya qilish;
Innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish;
Ishlab chiqarish resurslaridan tejamkorlik asosida foydalanish;
Rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshira borish;
Ichki va tashqi bozorda o’z o’rniga ega bo’lish kabi ustivor vazifalarni amalga oshirishi zarur. Ushbu qayd qilingan dolzarb vazifalarning bajarilishida iqtisodiy tahlil ham boshqa fanlar kabi o’z ahamiyatiga ega. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy tahlilning usullarini ham davr talablari asosida takomillashtirishni taqozo qiladi.
Ichki audit - xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan 0 ‘zbekiston l Respublikasi qonunchiligi va me’yoriy-huquqiy manbalariga, uning ta’sis etuvchi va ichki hujjatlariga rioya qilinishi monitoringini yuritish, I ma’lumotlami buxgalteriya hisobi va hisobotlarda to‘liq, ishonchli aks ettirihshini ta’minlash bo'yicha tarkibiy boiinmanmg mustaqil faoliyati. Ichki audit xo`jalik muomalalari sodir etilayotgan hamda hujjatlar bilan lasmiylashtirilayotgan paytda mavjud kamchiliklami aniqlash hamda ulamiug old ini olish maqsadida tegishli chora- tadbirlami qabul qilish imkoniyatini beradi. Maqsadidan kelib chiqib, ichki audit xizmati quyidagi vazifalami bajaradi: - xo‘jalik yurituvchi subyektdagi nazorat tizimlarining o‘zaro mosligini baholash, ya’ni boshqaruv (nazorat) bo‘g‘inlarini o’rganish, aniqlangan kamchiliklami bartafar etish bo'yicha tavsiyalar va boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha asoslangan takliflami ishlab chiqish; - faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga baho berish va ulami yaxshilash bo'yicha asoslangan tavsiyalami tayyorlash. Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqib, ichki auditorlik faoliyatini xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvi uchun mulk egasi yoki korxona rahbariga maslahat berish jarayoni hisoblanadi.
Tashqi audit buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, audit, iqtisodiy matematik modellar, davlat siyosati, soliqlar, istiqbolni belgilash, qonuuchilik, ruhshunoslik yo‘nalishiarida mukammal bilimga ega bulgan, auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘Igan mustaqil auditor yoki auditorlik tashkiloti tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Tashqi audit - o‘zaro tuzilgan shartnoma shartlari asosida mijozning | buxgalteriya hisobi va hisobotlarini haqqoniyligini baholash, xo'jalik | yurituvchi subyektning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo’yicha | ko‘rsatmalar ishlab chiqish hamda auditorlik faoliyati bilan bog‘liq boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish.
Tashqi audit yuzaga chiqib bo‘lgan xatoliklar va kamchiiiklami o£rgansa, ichki audit shu kamchiiiklami ro‘yobga chiqarmaslik ustida ishlaydi va bu jarayonga o‘z ta’sirini o'tkazadi. Biroq ichki va tashqi auditlamiug farqli tomonlari ham mavjud. Bu ulamiug oTganish obyektlari kabi qator elementlarida yaqqol ko`rinadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ichki auditorlaming e’tibori asosan boshqaruv hisobi va hisobotlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, tashqi auditorial moliyaviy hisob va hisobot ma’lumotlarni o‘rganadi. Lekin tashqi auditorlaming huquqlari ichki auditorlamikidan ancha keng. Negaki, ular xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotlarida aks ettirilgan malumotlar to‘g‘riligini aniqlash uchun boshqaruv hisobining turli yo‘nalishlari bo'yicha to'plangan ma’lumotlardan foydalanadi.