AKSIONERLIK JAMIYATLARI - mas'uliyati cheklangan firmalarning eng keng tarqalgan shakli bo'lib, odatda ko'proq foyda olish maqsadida moddiy, mehnat va pul resurslarini birlashtirgan uyushma
hisoblanadi. Aksionerlik jamiyatlari ochiq va yopiq turda bo'ladi.Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatida aksiyalarni erkin sotib olish va sotish mumkin. Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatida esa aksiyalar bir necha kishilar (korxonalar) ga tegishli bo'lib, bozorda erkin sotib olinishi mumkin emas.
AKSIYA - aksionerlik (hissadorlik) jamiyati tomonidan shu jamiyat kapitaliga o'z hissasini qo'shgan paychilarga, ya'ni hissadorlarga beriladigan va ularga jamiyat ishida qatnashish huquqini beradigan hujjat, qimmatbaho qog'oz. A.turli ko'rinishda bo'ladi : «nomli» A.- umumiy yig'ilishda aksionerga ovoz berish huquqini tasdiqlaydi, dividend olish huquqini (kafolatsiz) beradi; «imtiyozli» A.- aksionerga faoliyat natijasidan qat'iy nazar muayyan miqdordagi divident olish kafolatini beruvchi, lekin aksionerlik jamiyati umumiy yig'ilishida ovoz berish huquqini bermaydigan aksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |