G
GAROV - olingan qarz evaziga yoki majburiyatning, va'daning bajarilishiga ishontirish uchun qoldirilgan omonat.
GAROV SHAHODATNOMASI - savdo va tijorat operasiyalarini amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan mol-mulkni qarzdor tomonidan garovga qo'yilishi haqidagi kredit hujjatidir.
GIPERINFLYASIYA - haddan tashqari inflyasiya, narx- navoning shiddat bilan o'sishi, pul qadrining g'oyat tez pasayishi, pul topishga intilishning minimal darajaga kelishi bilan ifodalanadi. G. sharoitida narx-navoni mutlaqo tartibga solib bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |