REGIONAL BOZOR - ma'lum hudud doirasida tovarlarni oldi- sotti qilish munosabatlari. R.B. bir mamlakat doirasidagi regionlar o'rtasida yoki bir necha chegaradosh mamlakatlar o'rtasidagi mehnat taqsimotining, binobarin, ishlab chiqarishni ixtisoslashuvining maxsulidir.
REKLAMA - (fr.reclame)-tovar yoki ko'rsatiladigan xizmat to'g'risidagi xolis axborot, ularni ko'proq sotish maqsadida xaridorlarga ularning xossalari, afzalliklari va sotib olish shartlarini yetkazish. R. maxsus firmalar orqali amalga oshiriladi va yuqori daromad manbai hisoblanadi.
RENTABELLIK- (nem.rentabel-foydali, daromadli)-foyda olish darajasi. R. ma'lum davr mobaynida olingan foyda miqdorining shu davrda sarflangan asosiy ishlab chiqarish fondlari va oborot vositalari qiymati yig'indisiga yoki mahsulotning ishlab chiqarish va sotish xarajatlari- tannarxga nisbati sifatida foizlarda hisoblanadi.
RESTRIKSIYA - ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulotning narxlarini oshirish, ko'p foyda olish maqsadida ishlab chiqarishni, oldi- sotdini, eksportni cheklash.
Do'stlaringiz bilan baham: |