N
NARX - baho - tovar qiymatining pulda aks etishi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat xo'jalik mexanizmida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. N. faqat tannarxga emas, balki talab va taklif, shuningdek tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar o'rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid qobiliyatiga ham bog'liq.
NAFAQA - ijtimoiy madadga muhtoj barcha kishilarning moddiy ta'minoti.
NOTIJORAT TASHKILOTLAR - bu foyda olishni va uni ishtirokchilar o'rtasida taqsimlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymagan muassasalardan iborat. M: jamoatchilik yoki diniy tashkilotlar, xayriya fondlari va hokazo.Odatda ixtiyoriylik asosida, yagona maqsad bilan ma'naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |