101
respublikaning kelajagi ko‗p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlarining qanday
tashkil
etilishiga bog‘liqdir‖.
67
Bugungi kunda jahonda oziq-ovqat xavfsizligi masalasi dolzarb ahamiyat kasb
etayotgan bir sharoitda mamlakatimiz qishloq xo‗jaligida
amalga oshirilayotgan tub
islohotlar, tarmoqqa oid qonun hujjatlarining takomillashtirib borilayotgani sohaning
yanada taraqqiy etishiga, pirovardida aholini qishloq xo‗jaligi mahsulotlari bilan to‗liq
ta‘minlashga xizmat qilmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan ko‗plab an‘analarimiz qatori bog‗dorchilik masalasiga
ham katta e‘tibor qaratildi. Ota- bobolarimiz azal-azaldan tarkibida inson organizmi uchun
vitaminlarga boy mevalarni yetishtirib, dehqonchilik bilan shug‗ullanib kelishgan.
Millatimizning dovrug‗ini elga tanitgan buyuk Amir Temur bobomiz birgina
Samarqand shahrida o‗nga yaqin bog‗larni tashkil etgan: Bog‗ishamol, Bog‗izog‗on,
Bog‗ibaland, Bog‗idilkusho shular jumlasidandir. Bog‗bonlarning ko‗pchiligi bog‗ tashkil
etish maqsadida tashlandiq, toshloq, keraksiz yerlarni tozalab, o‗sha joylarda go‗zal bog‗-
rog‗lar yaratishgan, yurtimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalarda bo‗lgani singari,
hukumatimiz tomonidan bog‗dorchilikni rivojlantirish borasida ham bir qator qonun
xujjatlari qabul qilindi. Respublikamizda yangi intensiv
texnologiyalarga asoslangan
bog‗larni yaratish uchun keyingi yillarda xorijiy mamlakatlardan mevali daraxtlarning
karlik ko‗chatlari va turli serhosil payvandlangan tayyor ko‗chatlari ham olib kelindi. Shu
bilan bir qatorda O‗zbekiston bog‗dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot
instituti olimlari tomonidan ham bu borada muayyan ishlar olib borilmoqda.
Barchamizga ma‘lumki, qishloq xo‗jaligi boshqa sohalarga qaraganda, o‗ziga xos
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, bu soha birinchi navbatda,
mahsulot ishlab
chiqarish nuqtai-nazaridan bevosita tabiiy-iqlim sharoitiga bog‗liqligi, mahsulot yetishtirish
va xizmat ko‗rsatish yil davomida barqaror davometmasligi, mahsulot sotish yoki xizmat
ko‗rsatishda narxlarning mavsumiy tebranishi va boshqa omillar bilan tavsiflanadi. Shuni
alohida ta`kidlash lozimki, mustaqilligimizning dastlabki yillarida iste`mol uchun zarur
bo`lgan g`alla, go`sht va go`sht mahsulotlari,
sut mahsulotlari, kartoshka va boshqa
mahsulotlar chetdan keltirilgan bo`lsa, bugungi kunga kelib ushbu mahsulotlarni ishlab
chiqarilishining jadal rivojlanishi natijasida xalqimiz ehtiyojlarini to`liq ta`minlabgina
qolmay ko`plab chet mamlakatlariga eksport qilib kelinmoqda.
Aslida oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha bo‗lib, u, eng avvalo, aholi
ehtiyojini fiziologik me‘yorlarga mos ravishda iste‘mol tovarlari bilan ta‘minlashni nazarda
tutadi. Biroq keyingi paytda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‗sishi aholi
soni va ehtiyojlarining ortishidan orqada qolayotgani, ayniqsa, qishloq xo‗jaligi
hamda
qayta ishlash sanoati rivoji uchun yetarli sharoit mavjud bo‗lmagan mamlakatlarda
muammo tobora chuqurlashib borayotgani tashvishlanarlidir.
Mamlakatimizda sabzavot, poliz, kartoshka ekinlari, shuningdek, bog‗ va tokzorlar
maydonlari kengaytirilishi bilan birga, ushbu tarmoqlarda ishni to‗g‗ri tashkil qilish orqali
uning samaradorligini oshirish uchun barcha zaruriy shart-sharoit yaratib berilgan. Ya‘ni
dehqon va fermer xo‗jaliklari, aholi tomorqalarida ekinlar ekilishi bo‗yicha
monitoring
yuritish mexanizmi yo‗lga qo‗yilib, zaruriy miqdordagi urug‗lik, mineral o‗g‗it, yonilg‗i-
moylash mahsulotlari, mevali daraxtlar ko‗chatlari yetkazib berishning maqbul tizimiga
asos solingan.
67
Amanova M., Rustamov A., Allanazarova L., Xudayqulov J.B. Yeryong‗oq ekinini yetishtirish
agrotexnikasi bo‗yicha tavsiyanoma. «NISIM» Ch.K. bosmaxonasi. 1,5 b.t. Toshkent -2016.