Italiya modeli


taklif norasmiy uchrashuv koʼrinishida boʼlib oʼtadi



Download 60,45 Kb.
bet3/3
Sana17.07.2022
Hajmi60,45 Kb.
#811548
1   2   3
taklif norasmiy uchrashuv koʼrinishida boʼlib oʼtadi

Qoʼshni fermerni taklif qilish



Yetakchi fermer







Koordinatorni belgilash

Maqsadlarni kelishib olish



Navbatdagi uchrashuvda asosiy maqsadlar, bozor, marketing va b. kelishib olinadi.




Moliyalashtirish

Fasilitator (koordinator) oʼzlarining orasidan yoki konsulьtantlarga murojaat qilgan holda aniqlanadi. Har ikki holatda ham ishlab chiqarish standartlariga harakat qilish lozim (masalan, saqlash boshqaruvi BASIS sertifikati).



fonddan (Natural England Facilitation Fund) pul olish;
umumiy bank hisobiga fermerlarning badallari;
- kompaniyalar homiyligi (urugʼ, texnika savdosi kompaniyalari).

АQShni barcha shtatlarida ilg‘or texnologiyalarga ega agrosanoat klasterlari keng tarqalgan. Yirik agroklasterlar Vashington, Oklaxoma, Luiziana shtatlarida, vino ishlab chiqarish Kaliforniya shtatida joylashgan. Yuqori samarada faoliyat ko‘rsatayotgan klasterlarni Silikon vodiysidagi “Аxborot texnologiyalar”, Gollivuddagi “Kinofikatsiya” klasterlari misolida ham ko‘rish mumkin. Yevropada (Germaniya, Fransiya, Italiya, Bolgariya, Gretsiya, Gollandiya, Аngliya, Shvetsariya, Daniya va boshqa davlatlarda) yuqori texnologiyali agroklasterlar keng rivoj topgan.


Fransiyada agrar korxonalar, taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish asosida Yevropa va jahon texnologiya va novatsiya bozorlariga chiqish maqsadida 1986-yili Monpelye shahrida “Аgropolis” uyushmasini tuzishdi.
Аngliyada 2001-yildan boshlab innovatsion agrosanoat klasteri – Stokbridj texnologik markaz yopiq gruntda dehqonchilik, bog‘dorchilik va sabzavotchilik sohalarida tadqiqotlar va taʼlim dasturlarini o‘tkazishmoqda. Ushbu markaz 70 gektar sug‘oriladigan yerga, 40ta kompyuter orqali boshqariladigan 12 dan 1000 kv.metrgacha hududga teng maydonchalarda joylashgan zamonaviy issiqxonalar hamda yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan labaratoriyalarga ega.
Аvstriyada ham klasterlarni ixtisoslashtirishga, agrosanoat va ilmiy-tadqiqot korxonalarining o‘zaro aloqalarini rag‘batlantirishga, innovatsiya dasturlarini boshqarish tartibidagi to‘siqlarni kamaytirish hamda raqobatbardosh markazlarni shakllantirishga ko‘proq ahamiyat berishadi.
Daniya qishloq xo‘jaligida chorvachilik dehqonchilikka qaraganda ustuvor ahamiyatga ega, dehqonchilik mahsuloti ko‘proq ozuqaga ishlatiladi, chorva-chilikda sut yo‘nalishining roli go‘sht sohasiga qaraganda yuqoriroq hisoblanadi, shuning uchun ham sut mahsuloti klasterlari (masalan taniqli “Molochnaya vertical” klasteri) keng tarqalgan.
Chili hukumati keyingi 30 yil ichida vinochilik sohasida integratsiyalash va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yirik kompaniyalar safini kengaytirish bilan jahon bozorida o‘z ulushini oshirishga dadil qadam qo‘ydi. Shu maqsadda vinochilik klasteri tuzildi. Uning tarkibiga tarmoq ichidagi o‘zaro bir biriga bog‘liq uyushmalar, taʼlim muassasalari, davlat tashkilotlari va agentliklar, ilmiy-tadqiqot markazlari, tarmoq ommaviy axborot vositalari kiradi. Yevropali taniqli investorlar mamlakatga o‘z sarmoyalari, yangi texnologiyalari, mahsulotni marketingi va eksportga jo‘natish imkoniyatlari bilan qaytib kelishdi. Natijada vino eksporti bo‘yicha Chili jahon bozorida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
Rossiyada ham iqtisodiyotni barcha sohalarida, shu jumladan, agrosanoat kompleksida, klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha 200 dan ko‘p loyihalar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi 2008-yilda qabul qilgan “Hududiy-sanoat klasterlarini rivojlantirish Konsepsiyasi” uch blokdan iborat:

  1. klasterlarni institutsional taraqqiyotiga yordam berish;

  2. klasterda qatnashuvchilarni raqobatbardoshliligini koʼtarish;

  3. klasterlarni taraqqiyot etishi uchun qulay sharoitlarni yaratish.

Hozirgi kunda Tomsk oblastining “Biokompleks” klasterida (bug‘doyni yangi hosildor va zamburug‘ kasalliklariga chidamli yumshoq va ostist navlari yaratildi, keyinchalik donni chuqur qayta ishlash, biotexnologiya, neft-kimyo ishlab chiqarish tarmoqlarini ichiga olgan “АgroPАRK”ni tuzish mo‘ljallangan), Tula oblastidagi “Baltika” klasteri (ilmiy-tadqiqot stansiyasining 672-tajriba-eksperimental maydonchalarida sulini pivo pishirishga yaraydigan (Rossiya yutuqlari reestriga kiritilgan)) 17 navini yetishtirishga erishishdi, Kemerovo oblastida “KalinaMalina” agrosanoat brendi (7ta firma-magazinlar va 40ta fermerlar bilan birga), Vologda oblastida “Biotexnologiya” klasteri (OАO “FosАGRO” bilan birga) va boshqa hududlarda shu kabi zamonaviy agroklasterlarni barpo etish jarayoni ancha jadallashdi.
Klasterlar Buyuk Britaniya, Gollandiya, Germaniya, АQSh, Daniya, Fransiya, Italiya, Finlandiya, Hindistonda yaxshi rivojlangan. Daniya, Finlandiya, Shvetsiya sanoatini klasterlar to‘la egallagan.
Klaster tuzilmalari Shvetsariya, Аvstriya, Italiya, Daniya, Hindiston, Koreya, Pokiston, Xitoy va Turkiya davlatlari yengil sanoatida, Germaniyada kimyo va mashinasozlik, Fransiyada oziq-ovqat va kosmetika sanoatlarida muvaffaqiyatli ishlamoqda. Klasterlarni shakllantirish jarayoni Janubi-Sharqiy Osiyo, Xitoy, Singapur, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda faollashib bormoqda.
Masalan, Germaniyada yaqin vaqtgacha mintaqaviy klasterlar rivojlanishi davlat aralashuvisiz kechar edi. Biroq 2003-yilda hukumat klaster tashabbuslariga jiddiy eʼtibor qaratdi. Bu, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali sohalarni loyihalashda amalga oshirildi. Davlat nafaqat mahalliy, balki boshqa manbalar hisobidan sanoat va ilmiy markazlar kuch-g‘ayratini birlashtirishni ko‘zda tutmoqda.
Klasterlarning shakllanishi va rivojlanishida qoida boʼyicha bir-birini toʼldiradigan strategiyalardan foydalaniladi.
Vaqti kelib klasterlarnin faoliyati tashqi resurslarni, yirik kapital qoʼyilmalarini va boshqaruv organlarining alohida eʼtiborini jalb qilishlariga sabab boʼladi. Klasterning markazi sifatida odatda kudratli kompaniyalar chiqadi, bunda ular orasida raqobatchilik munosabatlari saqlanib qolishi mumkin. Klaster shunisi bilan kartelь yoki moliyaviy-sanoat guruhlaridan farq qiladi.
Raqobatchilar, xaridorlar va yetkazib beruvchilarni tizimli holda tashkillashtirish ishlab chiqarishning samarali tarzda ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuviga koʼmaklashadi. Bunda klaster koʼpchilik kichik korxonalarni ish bilan taʼminlay oladi.
Klaster shaklida tashkil etish innovatsiyalarning oʼziga xos shaklining jami innovatsion mahsulotning yaratilishiga olib keladi, chunki xilma-xil ilmiy va texnologik yangiliklarning oʼz-oʼzidan kontsentratsiyalashuvi yangi bilim va texnologiyalarning tarqalishi va roʼyobga chiqishning optimal tizimi bilan almashinadi. Klasterning qatnashchilari oʼrtasida borqaror aloqalarning shakllanishi tufayli ixtirolar, yangi ishlanmalar va texnologiyalarning innovatsiyalarga, innovatsiyalarning esa raqobat borasidagi ustunliklarga aylanishi roʼy beradi.
Shu aniqqi, klasterdagi hamkorlik tobora manfaatli boʼlib boradi, ammo aynan shu holat klaster qatnashchilariga muayyan xavf-xatarni mustaqil, yaʼni bozorda mustaqil harakat qilish, yangi tovarlar, yangi texnologiyalar va boshqalarni mustaqil oʼzlashtirish qobiliyatining qisman yoʼkotishiga olib keladi.
Shuni inobatga olgan holda soʼnggi oʼn yilliklarda qator mamlakatlarda samarali klaster strategiyalari muhim ahamiyat kasb eta boshladi, ular jahon bozorida oʼzining kuch-kudratini va raqobatbardoshligini isbotlagan ish borasidagi faollik markazlarida kurila boshladi. Hukumatlar oʼzlarining urunishlarini mavjud klasterlarni qoʼllab-quvvatlashda va ilgari oʼzaro aloqa qilmagan kompaniyalarning yangi tarmoqlarini bunyod etishda jamlaydilar. Bunda davlat nafaqat klasterlarning shakllanishiga koʼmaklashadi, balki uning oʼzi ham tarmoqlarning ishtirokchisiga aylanadi.
Klasterli strategiyalarlardan Yevropa mamlakatlarida keng foydalaniladi. Masalan Germaniyada 1995 yildan boshlab biotexnologik klasterlarni tashkil etish dasturi Bioregio faoliyat koʼrsatmoqda. Buyuk Britaniyada biotexnologik firmalar joylashtiriladigan aosiy minataqalar sifatida Edinburg Oksford va Janubiy Sharqiy Аngliyaning atrofidagi tumanlarni belgilab qoʼygan. Norvegiyada hukumat “dengiz xoʼjaligi” klasterida firmalar oʼrtasidagi hamkorlikni ragʼbatlantiradi. Finlandiyada oʼrmon sanoati klasteri rivojlangan boʼlib, unga yogʼoch va yogʼoch mahsulotlarini kogʼoz, mebelь, poligrafiya va u bilan bogʼliq uskunalarni ishlab chiqarish korxonalari kiradi. Bilmlarni tarqatishda ushbu klasterga kiruvchi firmalarning oʼzaro uzviy taʼsirlashuvi savdo boʼyicha asosiy raqiblarning oldida ularning raqobat ustunligini taʼminlaydi. Ekspertlarning baholariga koʼra Finlyandiya ham tadqiqotlar, ham texnologiyalarni kooperatsiya boʼyicha yetakchilik qilmoqda.
Shunday qilib, yondashuvlarning turlicha boʼlishiga qaramasdan Yevropa mamlakatlarining koʼpchiligi klasterning u yoki bu strategiyasini ishlab chiqqan. Bunday strategiyani eng ochiq tarzda amalga oshirayotgan mamlakatlar qatoriga Daniya, Niderlandiya, Belьgiyaning flamand rayoni, Kvebek (Kanada), Finlyandiya hamda Janubiy Аfrikani kiritish mumkin. Frantsiya va Italiyada boshqa nom bilan (raqobatbardoshlik qutblari) amalsada oʼziga xos klaster strategiyasi amal qilmoqda.
Hozirgi vaqtda ekspertlar tomonidan klasterlarning yettita asosiy tavsiflari taʼriflangan boʼlib, u yoki bu strategiyani tanlash shu tavsiflarning kombinatsiyalariga asoslanadi:
- geografik tavsifdagi: iqtisodiy faollikning faqat mahalliy (masalan Niderlandiyadagi bogʼdorchilik klasteri)dan tortib asl global (aerokosmik) klasterlarga boʼlgan fazoviy klasterlarni bunyod etish;
- gorizontal: bir qancha tarmoqlar yoki sektorlar yirikroq klasterga kirishlari mumkin (masalan Niderlandiya iqtisodiyotidagi megaklasterlar tizimi);
- vertikal tavsifli: klasterlarda ishlab chiqarish jarayonlarining yondosh bosqiyalari qatnashishi mumkin, bunda tarmoq ishtirokchilaridan aynan kim klaster doirasidagi innovatsiyalarning tashabbuskori va pirovard ishtirokchisi ekanligi muhimdir;
- material tavsifdagi: qoʼlam samarasi hisobidan tejashni taʼminlaydigan har xil klasterga birlashadilar (masalan mulьtimediali klaster) va bu yangi kombinatsiyalarning paydo boʼlishiga olib keladi;
- texnologik tavsifdagi: aynan bitta texnologiyadan foydalanadigan tarmoqlarning jamlanmasi (masalan biotexnologik klasterlar);
- fokusli tavsifdagi: bitta markaz, yaʼni korxona, ITI yoki oʼquv muassasasi atrofida toʼplangan firmalardan tashkil topgan klasterlar;
- sifatli tavsifdagi: bu yerda nafaqat firmalarning haqiqatdan ham xamkorlik qilayotganligi, balki uni qay tarzda amalga oshirayotganligi toʼgʼrisidagi masala ham ahamiyatlidir.
Tarmoq har doim ham innovatsiyalarni rivojlanishini avtomatik tarzda ragʼbatlantirolmaydi. Tarmoqlarda aksincha innovatsion jarayonlarni bostirib qoʼyish va himoyalashga qaratilgan hajmi-harakatlarini ragʼbatlantirish holatlari ham boʼlib turadi.
Yetkazib beruvchilar bilan oʼzaro aloqalar innovatsion jarayonlarni ragʼbatlantirishi mumkin. Аmmo shularning oʼzlaridan xarajatlarni sheriklarga oʼtkazish hamda ularning moliyaviy jihatdan zarur koʼrishi yoʼlida foydalanish mumkin. Bu holda tarmoqlar barqaror ham, ragʼbatlantiruvchi ham boʼlolmaydi. Klasterli strategiyalarning rivojlanish jarayonini "klasterli tashabbuslar" deb ataluvchi, klasterlarning shakllanishi rivojlanishi dasturlarini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi faol subʼektlar (tadbirkorlar va mutaxassislar)ning loyiha va dasturlari kabi shakllar faol “klasterli konsalting”, yaʼni klasterli loyihalarning turli bosqichlari baholash, bashorratlash va roʼyobga chiqarish boʼyicha mutaxassislari va ekspertlari xizmatini tashkil etish rivojlana boshladi. Bunday sharoitda “klaster menejmenti” yaʼni klasterli tashabbuslarni boshqarishning nazariy aoslarini va amaliy holda roʼyobga chiqarishni oʼrgatish gʼoyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirda iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning 50% klaster tizimiga o‘tgan. Misol uchun, AQSHda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning yarmidan ziyodi klasterga o‘tib, iqtisodiy o‘sishga ta’siri sezilarli darajada. Mutaxassislar kuzatuvidan, kuchli raqobat sharoitida ustunlikka erishishda klaster eng to‘gri yo‘l hisoblandi. Bu tizim har qaysi sharoitda ham o‘zini oqlaydi, muammodan chiqib ketishni va davlatni raqobatbardosh bo‘lishiga erishiladi. Nufuzli davlatlarda barcha sohalarda klasterni joriy qilish iqtisodiy samaradorlikka erishishdagi eng oqilona yo‘l hisoblanadi. Mamlakatda tayyorlanadigan tovarlarni to‘liq shu tizimga o‘tkazish natijasida ham YaIMning salmoqli foiziga erishish mumkin. Mamlakatimizda paxta-to‘qimachilik sohasida klasterning yo‘lga qo‘yillganligi va jadal o‘zgarishlardan, yaqin 2-3 yida jahon to‘qimachilik bozoridan o‘rin egallashga erishiladi. Davlatimiz rahbari dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoridan joy olish yo‘li , bu – agrar sohada, ilm-fanda, ta’lim tizimida va boshqa sohalarda klaster tizimlarini joriy etilishi hisoblanishini ko‘p bor ta’kidlagan. Bozor tamoyillariga o‘tishda klasterlar faoliyatini yanada kengaytirish va mexanizmini joriy etishda fermerlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, klaster tizimida yaratilgan yangi ish o‘rinlari, bank kreditlarini olish, soliq imtiyozlari va investitsiya kiritishni takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha vazifalar belgilab qo‘yilgan.
Download 60,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish