§ II.2. Innovacion texnologiyalar asosida amaliy mashg’ulotlarni tashkil
etish metodikasi
Akademik litseylarni bitiradigan o`kuvchilar mukammal bilimga malakaga va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo`lishlari kerak. Buning uchun litseylarda innovacion texnologiya va axborot texnologiyalarini qo`llasak maqsadga muvofiq bo`ladi.
Innovacion texnologiya universal xususiyatga ega bo`lib, uni har bir mutaxassis tomonidan amalga oshirish, bir xil darajada bajarish va ko`zda tutilgan maqsadga erishish mumkin. [2]
Innovacion texnologiyalarni amaliy mashg’ulot darslarida qo`llash ham o`qituvchidan katta mahorat va bilim talab qiladi. Innovacion texnologiya o`z o`rnida qo`llansa o`qituvchi darsga qo`ygan maqsadiga erishadi. O`qituvchi dars davomida darsning mavzusiga qarab xususiy texnologiyalarni qo`llab xam yuqori natijalarga erishsa bo`ladi.
Xususiy texnologiya bu- talim-tarbiya mazmunining ayrim yo`nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuini o`z ichiga oluvchi innovacion tizimlarni qamrab oladi. Bunga ayrim fanlarni o`qitish texnologiyalari, o`qituvchining o`quvchi bilan ishlash texnologiyalari kiradi.
Biz xozir sizlarni akademik litseyda xususiy texnologiyani qo`llab dars o`tish jarayoni bilan qisqacha tanishtirib o`tamiz. Biz hozir “Logarifmlar” mavzusini amaliy mashg’ulotda innovacion texnologiya asosida o`qitish jarayoni bilan tanishtirib o`tamiz. Logarifmlar va logarifmik funktsiyalar mavzusiga matematika fanidan akademik litseylar uchun o`quv dasturidan 20 soat dars soati ajratilgan reja bo`yicha dars soatining 4/5 qismini amaliy mashg’ulotlarga ajratish tavsiya qilingan. Shuning uchun bu mavzuning 4 soatini maruzaga va 16 soatini amaliy mashg’ulot, yani 2 juftlik maruza va 8 juftlik amaliy mashg’ulotga ajratamiz. Bu mavzuni 7 qismga ajratib olamiz. Bu qismlarning har biri bittadan amaliy mashg’ulot darsida o`tiladi, qolgan 1 juftlik darsini aralash misollar echishga qoldiramiz.
Mavzu quyidagicha bo`linadi:
1. Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyat. Ko`paytma, bo`linma va
darajaning logarifmi.
2. Bir asosdan boshqa asosga o`tish. Unli va natural logarifmlar.
3. Ko`rsatgichli va logarifmik ifodalarni ayniy almashtirishlar.
4. Logarifmik funktsiya, uning aniqlanish va o`zgarish sohasi.
5. Logarifmik funktsiyaning grafigi.
6. Teskari funktsiya, o`zaro teskari funktsiyalar.
7. Logarifmik tenglama va tengsizliklarni echish usullari.
8. Aralash misollar echish.
Shundan sizlarga hozir birinchi juftlik darsini «Bumerang» xususiy texnologiyasi asosida o`tish jarayoni bilan qisqacha tanishtirib o`tamiz.
Mavzu: Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyatlar. Ko`paytma,
bo`linma va darajaning logarifmi
Maqsad:
Dars davomida o`quvchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va guruh holatida o`zlashtirib olishlari hamda o`zaro suhbat-munozara orqali, turli misollar orqali tarqatma materiallar, undagi topshiriqlar qay darajada o`zlashtirilganligini nazorat qilish. Dars davomida o`quvchilar tomonidan baholarini egallashga imkoniyat yaratadi.
Darsning tashkiliy qismi bo`ladi va unga 2 daqiqa ajratiladi. So`ngra o`qituvchi uyga berilgan vazifalarni tekshiradi va o`quvchilarning hatolarini to`g’irlaydi, bunga 10 daqiqa vaqt ajratadi. Keyin o`qituvchi doskaga bugungi o`tiladigan amaliy mashg’ulot mavzusi bo`yicha turli ko`rinishdagi, turli qiyinliqdagi misollardan ishlab ko`rsatadi, tushuntiradi va o`quvchilarga tushunmagan joylarini so`rashlari mumkinligini aytadi. O`quvchilar tushunmay qolgan joylaridan o`qituvchiga savollar beradi so`ng o`qituvchi ularning savollariga javob berib o`tadi. Xullas, o`quvchilar bilimini faollashtirish bosqichi o`tkaziladi. Bunga 15 daqiqa vaqt etadi.
Misol uchun o`qituvchi tushuntirgan misollar:
Hisoblang:
2 12
Log Log
3
1. 64 4. 144
Log Log
5 5
36 12
Log Log
Log Log
3 3
Log Log
7 7
Log Log
3. 36 4 6.
3 21/2 64
5 5
4 21/3 27
O`qituvchi doskada ishlab ko`rsatgan va tushuntirgan misollarini dsskadan o`chirmagani maqul, o`kuvchilar dars davomida undan fsydalanadilar. Matematika xonalarida formulalar yozilgan devoriy gazetalar bo`ladi yoki bo`lmasa o`qituvchi avvaldan tayyorlab qo`ygan logarifmik formulalar yozilgan plakatni o`quvchilar foydalanishi uchun xonaga dars davomida osib qo`yadi.
Bundan oldingi maruza darslarida mavzu bo`yicha quyidagi savollar bugungi amaliy mashgulotga o`qib, tayyorlanib kelishlari uchun hamma o`quvchilarga berib yuborilgan:
1. Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyat.
2. Ko`paytmaning logarifmi.
3. Bo`linmaning logarifmi.
4. Darjaning logarifmi.
Taxminan xonada 20 ta o`quvchi bo`lsa ularni 5 tadan 4 ta guruhga ajratib olinadi (agar o`quvchilar soni undan ham ko`p bo`lsa 5 yoki 6 ta guruhga ajratiladi) va har bir guruhga avvaldan tayyorlab qo`yilgan tarqatma materiallarni beradi. Bu materiallarda bitta savol va 5 tadan missllar bo`ladi. Misol uchun quyidagilar bo`lishi mumkin: Birinchi guruhda.
a) Sonning logarifmi. Asosiy logarifmik ayniyat.
b) Hisoblang s) Taqqoslang
1) log2256 1) log45 va log49
2) log112321 2) log1/37 va log1/97
d) İfodaning ishorasini aniqlang.
log 3102
İkkinchi guruhda:
a) Ko`paytmaning logarifmi.
b) Hisoblang
1) log105log102 4) 36log65101log1028log23 2) log36log33/2 5) log915log918log910 3) log122log1272
Uchinchi guruhda:
a) Bo`linmaiiig logarifmi.
b) Hisoblang
1) log575log53 4) 1/2log736log7143log7321 2) log1/354log1/32 5) (811/41/2log3425log1258)49log72
3) log81/16log832
To`rtinchi guruxtsa:
a) Darjaning logarifmi.
b) Hisoblang.
1) log131693/4 4) log1/34243
2 2
log4 log10
log203log2
2) log 113121 5)
2 2
3) log 21/6128
O`qituvchi har bir guruh azolariga o`z guruhining materiallaridan bittadan nusxa beradi, so`ngra har bir guruh o`z materiallarini hamjixatlikda o`zaro ishlab o`rganadi. Bunga o`qituvchi tomonidan 18 daqiqa vaqt beriladi. O`qituvchi o`quvchilarga har biri o`z guruhiga berilgan materiallarini qunt bilan o`rganishini va bilmagan tushnmaganlarini guruhning bilgan o`quvchilaridan so`rab o`rganishlarini, bilganlari bilmaganlarga o`rgatishi kerakligini, har bir guruhning ballari yig’ilib, qaysi guruhning bilimi kuchli-yu qaysi biriniki kuchsizligini
aniqlashini aytadi. Shundan so`ng har bir guruh azolari bilmaganlarini so`rashga va o`z guruhining balini ko`tarishga, yani guruhini uyaltirmaslikka harakat qilish masuliyatni his qiladi. Bilganlari esa bilmaganlariga tushuntirib o`z guruhining balini ko`tarishga harakat qiladi. O`qituvchi esa har bir guruhning bajargan ishlarini aylanib kuzatib turadi.
Belgilangan vaqt tugagandan so`ng o`qituvchi qog’ozga avvaldan yozib qo`yilgan raqamlardan har bir guruhning oldiga borib o`sha guruhning azolari har biri bittadan tortib olishlarini so`raydi. Har bir azo birdan beshtacha bo`lgan raqamlardan bittasiga ega bo`ladi, yani qog’oz beshta bo`lib har biriga 1 dan 5 gacha bo`lgan sonlar yozilgan bo`ladi va har bir guruh azosiga bittadan to`g’ri keladi.
So`ngra o`qituvchi ikkinchi guruhga ham xuddi shunday raqam oldiradi, so`ng uchinchi va to`rtinchi guruhlar ham huddi shunday raqamlarga ega bo`ladi. Shundan so`ng o`qituvchi har bir guruhning birinchi raqamli azolarz bir joyga o`tishlarini so`raydi, so`ngra har bir guruhning ikkinchi raqamli azolari bir joyga to`planib o`tirishlrini so`raydi, shu tartibda uchinchi, to`rtinchi va beshinchi raqam egalari ham boshqa-boshqa joylarga to`planadilar, va nihoyat, o`z-o`zidan 4 kishidan iborat bo`lgan 5 ta guruh hosil bo`ladi. Bular 1- raqam egalari bitta gurux, 2-raqam egalari bitta guruh va hokazo.
Har bir yangi guruhda avvalgi guruhlardan bittadan vakil yig’iladi. Umumiy mavzu bo`yicha to`rt hil variant ham to`planadi.
Yangi tuzilgan guruxning har bir azosi ikkita vazifani, yaniy o`qituvchi va o`quvchi vazifasini oladi.
O`qituvchi sifatida navbatma-navbat yangi guruh azolari avvalgi guruxda o`rgangan misollarini yangi guruhga o`rgatadi.
O`quvchi sifatida yangi guruhning har bir azosining variantidagi misollarini qunt bilan o`rganadi, bilmaganlarini so`rab o`rganishga harakat qiladi va misollarni birgalikda tahlil qiladi. O`qituvchi bunga 20 daqikg vaqt beradi.
O`quvchilar bir-birlarining materiallarini o`rganib, o`zaro tahlil qilib
bo`lganlaridan so`ng. o`qituvchi barcha tinglovchilarni yana qaytadan avvalgi, yani
mashg’ulot boshlanishidagi guruhlariga qaytishlarini so`raydi.
Hamma dars boshlanishidagi guruhlariga yig’ilgandan so`ng, o`qituvchi
o`quvchilarga darsdagi berilgan hamma variantlar bilan tanish ekanligini aytib, har bir o`quvchidan variantlarning hohlagan savolini va misolini so`rashini aytadi. Har bir guruhning har bir azosining bali yig’ilib, qaysi guruh yaxshi natijaga erishganligini aniqlashini aytadi.
Baho sistemasida to`liq javob bergan - 5 baho, qo`shimcha -4 baho, luqma tashlansa -3 baho, javob bermasa -2 baho, umuman ishtirok etmasa -1 baho qo`yiladi, bahoni hisoblash uchun har bir guruh o`z guruhidan o`ziga «hisobchi» tayinlashi mumkin. Savol-javob o`tkaziladi. Bir guruh azolari boshqa guruh azolariga savollar berishlari mumkin. Bunga 10 daqiqa vaqt ajratiladi. So`ngra guruhlarning yig’ilgan ballarini hisoblab chiqaradi. Har bir guruhning yig’ilgan ballarini o`z guruhi azolariga teng bo`ladi. Agar guruhda bunga noroziliklar bo`ladigan bo`lsa yani bazilari faol ishtirok etmagan yoki umuman ishtirok etmagan bo`lsa, uning dars jarayonida biror narsani bilib olgani, eslab qolib o`zlashtirganini hisobga olgan holda unga eng ketik baholar qo`yiladi. Bu o`quvchini keyinchalik shu shakldagi darslarda faol bo`lishiga undaydi.
Har bir o`quvchi baholangach o`qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydi. O`kuvchi faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o`z fikrini bildiradi va quyidagi savollar bilan murojat qiladi:
- bugungi mashg’ulotda nimalarni bilib oldingiz?
- nimalarni o`rgandingiz?
- nimalar sizlar uchun yangilik bo`ldi?
- yana nimalarni bilishni istaysiz? [z]
O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini diqqat bilan tinglaydi va ularga minnatdorchilik bildiradi. Bunga 3 daqiqa vaqt etadi.
So`ngra uyga vazifa berib darsni yakunlaydi. Bunga 2 daqiqa vaqt
etadi.
§ II. 3. Tajriba sinov natijalari
Tajriba sinov natijalari shuni ko`rsatadiki hozirgi zamonda bilim olish jarayonida pedogogik texnologiyalarning ahamiyati juda katta, ayniqsa maktab, akedemik litsey va kollejlarda pedogogik texnologiyalar asosida o`qitish hozirgi zamonda muhim ahamiyatga ega deb xisoblaymiz, chunki maktab o`quvchilari yosh va ko`p narsaga qiziqadi, jumladan bilim olishga ham. Biz ularning bilimini so`ndiray, aksincha darsni pedogogik texnologiyalari asosida qiziqarli qilib musobaqa tarzida, turli xildagi tarqatma materiallar asosida boyitib va ularni majburlab emas, balki o`zi qiziqib yana bilim olishga tirishishi kelajakda komil inson bo`lishi biz o`qituvchilarning eng katta yutug’i deb hisoslaymiz. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari ayni o`smir yoshidagi, qiziqqon, sal narsadan zerikadigan va qaysi tarafga qiziqtirsangiz o`sha tarafga moyil bo`ladigan o`smir yoshlar hisoblanadi. Ularni ham pedogogik texnologiyalari asosida darsga qiziqtira olsak, o`qishga qiziqishini, bilim olishga moyilligi orttira olsak va boshqa salbiy narsalarga qiziqishi ortishiga yo`l qo`ymasak bizlar kasbimiz jihatidan oldimizga qo`ygan ijobiy maqsadimizga erishgan bo`lamiz. Biz bu bilan hamma darslarni pedogogik texnologiyalar asosida o`tish kerak degan fikrdan yiroqmiz. Matematikada ham mavzuga qarab bir xil mavzularni texnologiyalar asosida o`tish yuqori natija bersa, bir xil mavzularni ananaviy tarzda o`tish ijobiy natija beradi.
Men o`zim yuqoridagi kabi mavzularni bir guruhga pedogogik texnologiyalar asosida o`tib va ayni shu mavzularni boshqa guruhlarga ananaviy tarzda o`tib tajriba o`tkazib ko`rganimda pedogogik texnologiya asosida o`tishni dars qiziqarli, samarali va yaxshi natija berganining guvohi bo`ldim. Ananaviy tarzda o`tgan darsda esa o`quvchilarning sustligi va ko`pchiligining darsdan zerikayotganining, hayol surib o`tirganining va darsdan charchaganining guvohi bo`ldim. Tajriba natijasi shuni ko`rsatdiki, pedogogik texnologiyalar asosida o`tgan dars aanaviy o`tgan darsga qaraganda yuqoriroq samara berdi, o`quvchilarning matematikaga bo`lgan qiziqishini orttirdi va o`quvchilar qiziqqanidan vaqt qanday o`tganini sezishmadi. O`quvchilar qolgan darslar ham shu shakllarda o`tishi kerakligi to`g’risidagi fikrlarni bildirishdi va hohlashdi.
Xulosa
Mazkur bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida birinchi navbatda o`qituvchi uchun bevosita amaliy ahamiyat kasb etadigan yondashuvlar, innovacion texnologiyalar va xususiy innovacion texnologiyalar tahlil qilindi. Innovacion texnologiya ilmiy-nazariy jihatdan asoslandi, innovacion texnologiyalarini akademik litseylarda matematikada qo`llab o`tish jarayoni to`laligicha ochib berishga harakat qilindi.
Biz bu malakaviy bitiruv ishini asosiy ikkita bob dan tashkil etib, bu boblarda mavzularni to`liq yoritishga harakat qildik.
Biz birinchi bobni “Innovacion texnologiyalarning maqsadi, mazmuni va vazifalari” deb nomladik va bu bobda innovacion texnologiyalarning maqsadi, mazmuni, vazifalari, mohiyati, tarixi, loyihalari va xususiy innovacion texnologiyalar haqida to`liq malumot berishga harakat qildik.
İkkinchi bobni “Akademik litsey matematikasini innovacion texnologiyalar asosida o`qitish metodikasi” deb nomladik biz bu bobda esa innovacion texnologiyalarni maruza va amaliy mashg’ulot darslarida qo`llash jarayoni bilan tanishtirishga harakat qildik
O`ylaymizki ushbu malakaviy bitiruv ishini tayyorlash jarayonida orttirgan tajribalarimiz va olgan bilimimiz kelgusi amaliy faoliyatimizda o`zimiz uchun ham, hamkasblarimiz uchun ham foydali bo`lib qoladi degan umiddamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. İ.A.Karimov. “Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori” Toshkent. “Sharq” 1997y. [1]
2. J.G’. Yo`ldoshev, S.A.Usmonov. “Pedagogik texnologiya asoslari” Toshkent. “O`qituvchi” 2004 y. [ 2 ]
3. N.N. Azizxo`jaeva “Pedagogik tehnologiya va Pedagogik mahorat” Toshkent. “AvtoNashr” 2006y. [ 3 ]
4. O`. Tolipov, M.Usmonbaeva. “Pedagogik
texnalogiyalarining tadbiqiy asoslari”. Toshkent “Fan” 2006 y. [ 4 ]
5. J.G’.Yo`ldoshev. “O`zbekiston respublikasi talimi- taraqqiyot yo`lida
Toshkent “O`qituvchi” 1994 y. [ 5 ]
6. Talimda yangi pedagogik texnologiyalar: muammolari, echimlar. “İlmiy
amaliy konferentsiya materiallari” Toshkent O`z PFİTİ, 1999 y. [6]
7. R.H. Vafoyev, J.H. Husanov, K.H. Fayziyev, Yu.Y. Hamroyev. “Algebra
va analiz asoslari”. Toshkent “O`qituvchi” 2003 [ 7 ]
Do'stlaringiz bilan baham: |