Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari o‘zbek shevalarini , o‘zbek adabiy tili tarixini o‘rganishda, uning shakllanishi va taraqqiyotida xalq og‘zaki ijodi namunalarining roli va o‘rnini aniqlashda tayanch ilmiy manba vazifasini bajaradi. Ushbu magistirlik dissertatsiyasining amaliy ahamiyati shundaki, sheva vakillari nutqida aniqlangan dialektal birliklardan lug‘at tuzishda va ushbu lug‘at yordamida oliy o‘quv yurtlari uchun darslik va qo‘llanmalar yaratishda, shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisliklarida maxsus kurslar o‘qitishda foydalanish mumkin.
Bu magistrlik dissertatsiyasining natijalari oliy ta’lim tizimida shu mutaxassislikni o‘rganayotgan talabalarga ishonchli ilmiy va amaliy manbalardan biri sifatida qo‘l keladi. Uning natijalari o‘zbek dialektologiyasi bo‘yicha dialektal lug‘at va qomusiy lug‘atlar tuzish uchun dialektal leksikografik ahamiyatli material vazifasini o‘taydi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Ishda falsafaning sabab va oqibat, umumiylik va xususiylik, bir butunlilik va juz’iylik kabi kategoriyalarga xos tushunchlar va dialektal matnlarni ilmiy tahlil etish metodlari metodologik asos vazifasini o‘tadi. Bundan tashqari dissertatsiyada, asosan, unda qo‘llangan dialektal so‘zlarni tizim sifatida o‘rganish, dialektal matnlarni leksik tahlil qilish, tarixiy-etimologik, qiyosiy tahlil va sintez, kompanent tahlil metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning tuzilishi. Mazkur magistrlik dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bolib, ___ sahifani tashkil etadi.
G‘ijduvon tarixi. G‘ijduvon toponimining kelib chiqishi haqida mahalliy aholi orasida turli rivoyatlar mavjud. Shulardan „Kish tuvon“ („kish“ tojikcha ekin ekuvchi, „tuvon“ — manzil), yaʼni ekin ekadigan dehqonlar manzili yoki „Gʻujudehon“ — koʻp qishloqlardan tashkil topgan joy maʼnosida izohlaydilar. Shahar hududi va uning atrofi qadimdan dehqonchilik rivojlangan hudud hisoblangan. G‘ijduvon-Buxoro viloyatidagi tuman markazi, shahar. Tarixiy manbalardan Narshaxiyning "Buxoro tarixi"da Muqanna qo‘zg‘oloni voqealari (775-776 yil) munosabati bilan tilga olinadi. Xalq etimologiyasiga ko’ra "g‘uji-devon" - "Devlar to’planadigan joy" degan yana bir ma'nosi ham bor. G‘ijduvon hududi dastlab Buxoro amirligi tasarrufidagi beklik bo‘lgan. Sovet hokimyati davrida bir necha bor aholida okrug sifatida tashkil qilingan. O‘sha paytdagi eng yirik okruglardan biri bo‘lgan, hatto viloyatning Peshko‘, Shofirkon, Vobkent tumanlarida o‘zida birlashtirgan. Hozirda tumanda 1ta shahar, 1ta shaharcha va 14 qishloq fuqarolar yig‘ini mavjud. G‘ijduvon xalqi azaldan ishbilarmon, so‘zga chechan, uddaburon barchaga ma'lum va mashhur. Shu sababli 2019-yil prezidentimiz Sh.Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, bubyerdagi ishlab chiqarish salohiyatini inobatga olib G‘ijduvon Erkin Iqtisodiy Zonasini tashkil qilish haqida qarorni imzoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |