Bu qanday shakllarda amalga oshiriladi?
Birinchidan, jamiyatning eng ustuvor maqsad va manfaatlarini o'zida mujassam etadigan ilg'or g'oyalar jamiyatni harakatga keltiruvchi kuchga aylanadi.
Ikkinchidan, jamiyatdagi har bir ijtimoiy toifa yoki guruh o'zining dasturiy maqsadlari va amaliy faoliyatini ana shu ustuvor milliy g'oyalar bilan uyg'unlashtirishi milliy taraqqiyotning zaruratiga aylanadi.
Uchinchidan, har bir shaxs, ijtimoiy mavqei, dunyoqarashi va e'tiqodidan qat'i nazar, ustuvor milliy g'oyalarning amalga oshishi uchun o'zini mas'ul deb biladi.
Shunday qilib, ijtimoiy hamkorlikni milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalaridan biri boiib, uni mustahkamlash barcha fuqarolarga, birinchi galda, davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamiyatning ilg'or vakillari bo'lgan ziyolilar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Shu bois, barcha Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta'minlash, ijtimoiy hamkorlik muhitiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan har qanday xavf-xatarning oldini olish, ularni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni ko'rmog'i darkor. Chunki, shu aziz Vatan - barchamizniki, uning yutuq va kamchiliklari tashvishlari va muvaffaqiyatlari hammamizga tegishlidir.
.Millatlararo totuvlik g'oyasi -umumbashariy qadriyat bo'lib, turli xalqlarning bir hududi birgalikda, tinch-totuvlikda istiqomat qilishini anglatadi, ushbu mintaqa va davlatlarning taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikni kafolatlaydi.
Bugungi kunda Yer yuzida 6 milliarddan ziyod odam yashaydi. O'zbekiston hududida esa 24 millionga yaqin kishi, 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilmoqda.
Har bir millat - olamning mo'jizasidir. Davlatlar ko'pmillatli (polietnik) va bir millatli (monoetnik) tarkibga ega. Har bir mamlakatda turli a^jllarining mavjudligi azal-azaldan unga o'ziga xos tabiiy rang-baranglik haxsh etib kelgan. Chunki, millatlarning umumiy manfaatlari bilan birga,
'-riaa xos qadriyatlari, an'ana va urf - odatlari ham bor. Umumiy va
ususiy manfaatlar bir-biriga zid kelib qolishi yoki uyg'un boiishi mumkin. Runda muayyan mamlakatdagi milliy siyosat muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Bir mamlakat doirasida milliy manfaatlarni teng yuzaga chiqarish, ularrivojini ta'minlash judamas'uliyatli masala. Millatlararo totuvlik g'oyasi ana shu masalani to'g'ri hal qilishga yordam beradi. Mamlakatimizda ushbu g'oyani amalga oshirishga katta e'tibor berilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov O'zbekistonning bu boradagi o'ziga xos siyosatini bayon etib, quyidagicha ta'kidlagan:
Do'stlaringiz bilan baham: |