103
2.
“Doira ichida doira” mashqi
Maqsad:
ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro tanishuv bir
birini ismini eslab qolish
o‘zaro yaqinlikni shakllantirish.
Jarayon:
ishtirokchilarni teng ikki guruhga birlashtirib olinadi,
birinchi guruh
doira shaklini hosil qilib turib olishlari kerak(agar trening auditoriyada bo‘lsa
ishtirokchilar stullardan foydalanib o‘tirib olganlari maqbul), ikkinchi guruh esa
birinchi guruh shakllantirgan doira atrofida yana bir doirani yuzaga keltiradilar.
SHart shunday: ishki doirada o‘tirgan ishtirokchilar ketma-ket o‘z
ismini aytib
qo‘shimcha sifatida o‘z ismining bosh harfiga monand biror bir ijobiy sifat aytishi
lozim. Masalan: Oxunjon-odobli, Davronbek-dadil…Bunda
tashqi aylanadagi
ishtirokchilar ichki aylanadagi ishtirokchilarning ismi va sifatini yodlab qolishlari
so‘ralsdi. Ichki aylanadagilarning bari ismi va sifatini aytib bo‘lgach tashqi
aylanadagi ishtirokchilarning har biri ichkaridagilarni har birini ismi va sifatini aytib
chiqadilar. Bu jarayon o‘z
yakuniga etgach, tashqi va ichki aylanadagilar o‘zaro
o‘rin almashadilar. Endi esa ichki aylanani hosil qilgan guruh bir chekkadan hamma
huddi avvalgi ishtirokchilar kabi ismi va va ismini bosh harfiga monand ijobiy sifat
aytib chiqadilar. Tashqi aylanani hosil qilgan ishtirokchilar esa yuqoridagi kabi har
biri ichkaridagi har bir ishtirokchi ismi va sifatini aytib chiqishlari lozim. Bu orqali
ishtirokchilar bir birlarini ismini va qo‘shimcha bir sifatini ham bilib olishlari
mumkin bo‘ladi.
3.
“Rangli panjalar” mashqi
Ishtirokchilar xona bo’ylab ixtiyoriy harakat qiladilar.
Trener kartondan
yasalgan turli (ko’k, qizil, sariq) rangdagi «uchta qo’l»ni ushlab turadi. U bir
rangdagi «panjani» ma’lum vaqtga yuqori ko’taradi. Shu vaqtda har bir ishtirokchi
boshqa ko’proq ishtirokchilar bilan tegishli shartlashilgan
usulda salomlashishi
lozim.
Bu salomlashishda bir qator usullardan foydalanish ma’qulroq, masalan: «qizil
panja»-qo’lni qisish uchun; «ko’k panja»-sherigining yelkalarini qoqib qo’yish
uchun; «sariq panja»-«orqa bilan» salomlashish uchun.
Mashqlarni bajarish
jarayonida so’zlashish ta’qiqlanadi.
Ushbu mashq ishtirokchilarda bir-birlariga simpatiya uyg’otishga olib kelishi
ham nazarda tutiladi. Ishtirokchilarning o’zlari bilan o’tkaziladigan mashqlar
qatorida boshqalar
bilan birgalikda ishlashga, frustrtsiya holatini bartaraf etishga
yordam beruvchi mashqlar ham zarur. Bunday maqsad uchun quyidagi mashq
ancha qo’l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: