29
Mashg‘ulotning borishi.
Kirish qismi:
Videorolik
O’spirinlik yoshi davriga 14-15 yoshdan 17-18 yoshdagi bolalar kiradi. Bu davrda
o‘quvchi
jismoniy baquvvat, mustaqil mehnat qila oladigan, yuqori sinflarda o‘zini
sinab ko‘rish imkoniyatlariga ega bo‘ladi, ma’naviy jihatdan yetuklikka erishadi.
O’spirin 16 yoshida davlat fuqarosi va 18 yoshida esa saylash hamda saylanish huquqiga
ega bo‘ladi. Bularning barchasi o’spiringa fuqaro sifatida ijtimoiy jihatdan voyaga
yetish, hayotda o‘z o‘rnini topishi va yetuk shaxs sifatida ma’naviy o‘sishi uchun jamiki
shart-sharoitlarni yaratadi.
Mavjud
shart-sharoitlar ostida
o’spirinning aqliy va axloqiy jihatdan
o‘sishiga o‘ziga xos sifatlar va
fazilatlar namoyon bo‘ladi. Yuqori sinf
o‘quvchilari
ijtimoiy
hayotdagi
dolzarb vazifalarni hal qilishida faol
ishtirok eta boshlaydilar.
Ijtimoiy
hayotda
faol
qatnashish,
ta’lim
xarakterining o‘zgarishi yigit va
qizlarni ilmiy dunyoqarash,
barqaror
e’tiqodning shakllanishiga, yuksak
insoniy
tuyg‘ularning
vujudga
kelishiga,
bilimni
o‘zlashtirishga
ijodiy yongdoshish kuchayishiga olib keladi.
O’spirinning oilada, maktabda mehnat faoliyati ortadi. Fanlarni o‘zlashtirishlari,
kasb-hunar tanlashlari uchun yangi tipdagi maktablarda
ularga keng imkoniyatlar
yaratib berilgan, bu esa ularni mustaqil hayotga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb
etmoqda.
O’spirinlarning yana bir muhim xislati – ularda yuksak darajadagi do‘stlik,
o‘rtoqlik, sherikchilik, muhabbatning vujudga kelishidir. Attraksiya (yoqtirish, o‘ziga
jalb etish) deb ataladigan hissiyot paydo bo‘ladi (bu davrlarda) yoqtirishdan to sevgi,
muhabbat kabi chuqur emotsional bog‘liqlik ham shu his-tuyg‘u asosida paydo bo‘ladi:
ijtimoiy psixologiyada mazkur hissiyotning asl sabablari ijtimoiy motivlari –
sheriklarning bitta makon va zamonda ekanliklari, tez-tez uchrashib turishlari ta’sirida
paydo bo‘ladi va o’spirinning o‘z-o‘zini
hurmat qilishi, boshqalar bilan munosabatda
30
sabrliroq bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatar ekan. O’spirin atrofida u yoqtirgan va uni
yoqtiradigan odamlarning bo‘lishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Do‘stlik o’spirin uchun ikkinchi «men»
i hisoblanib, u bilan birga dard-u
hasratlarini muhokama qiladi va odatda bir jins vakillari o‘rtasida sodir bo‘ladi. Asosan
2 kishi, ba’zan 3-4 kishi bo‘lish mumkin. Do‘stlikning asosiy sharti - o‘zaro bir-birini
tushunishdir. Do‘stlar bir-birlarini yuz ifodasidanoq nima demoqchiligini tushunib
oladilar.
Do‘stlik - bir-birini ayash, g‘amxo‘rlik qilish, qo‘llab-quvvatlash, mehrli bo‘lish,
xatolarni birgalikda tuzatish demakdir. Mana shu sifatlar ardoqlansa do‘stlik uzoq
davom etadi.
Yosh o‘tgan sari bu do‘stlik yuksak qadriyatga aylanadi.
Attraksiya 2 ko‘rinishda bo‘ladi. U o’spirinni samimiyroq, har narsaga qodir va
kuchliroq qiladi.
Dastlab simpatiya – yoqtirib qolish bosqichi, keyinchalik esa haqiqiy sevgi paydo
bo‘ladi. Ba’zi ota-onalar bu davrdagi holatdan cho‘chiydilar, ba’zan
qizlarga
taqiqlaydilar ham. Sevgi – bu yoshlar uchun dastlabki hayot sinovi ekanligini anglab
olishlariga yordam berish kerak. O’spirin yigit bilan qizning o‘zaro yaqinligi, hayotga
qarashlari, qiziqishlari, didlari, niyatlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi.
O’spirinlarda bilimga qiziqish amaliy xususiyat kasb etadi. Sezgirlik, kuzatuvchanlik
takomillashib boradi. Mantiqiy xotira yetakchi rol o‘ynaydi, tafakkur faol, mustaqil va
ijodiy xususiyatga ega bo‘lib boradi, lekin barcha faoliyat bosqichida ham mustaqil fikr
yurita olmaydilar. Hozirgi davrda ta’lim oldidagi muhim vazifa ham yoshlarda mustaqil
va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: