36
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TAʼLIMI
MUAMMOLARINI O‘RGANISH
VA ISTIQBOLLARINI
BELGILASH
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Chekka va olis hududlarda joylashgan aholi punktlarida yashovchilar
uchun ochiq rejimda qo‘shimcha ravishda bepul ulangan 4 ta telekanal orqali
videodarslar tashkil qilindi.
O‘zbekiston
milliy
teleradiokompaniyasining
Yoshlar
telekanalida
1-4-sinf, “Oilaviy” telekanalida 5-8-sinf va “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida
9-11-sinf o‘quvchilari uchun, “Dunyo bo‘ylab” telekanalida barcha amaliy fanlardan
mahoratli o‘qituvchilar tomonidan televizion darslar olib borildi.
Onlayn darslarni suratga olishga respublikaning 117 ta eng yaxshi malakali
o‘qituvchilari jalb qilingan. Shuningdek, 8 ta surdo tarjimon va 15 ta muharrir
onlayn darslar ustida ishladi.
O‘quvchilarni masofaviy o‘qitish usuliga o‘tkazish jarayonida tizimli
kamchiliklar kuzatilmoqda. Jumladan, mamlakatimiz ham bundan mustasno
emas, albatta. Ayni paytda O‘zbekistondagi 6,2 milliondan ortiq o‘quvchining
barchasi ham masofaviy ta’lim olish bo‘yicha zarur resurs hamda teng sharoitga
ega emas.
Ayniqsa, pandemiya tufayli ko‘makka muhtoj aholi qatlami eng ko‘p zarar
ko‘rmoqda. Bunday yurtdoshlarimizning ko‘pi chekka hududlarda yashayotgani
uchun elektron qurilmalardan foydalanish yoki internet tarmog‘iga ulanish
imkoniyatiga ega emas.
Shu kabi holatlarni inobatga olib, koronavirus pandemiyasining
mamlakatimiz xalq ta’limi tizimiga ta’sirini yumshatish, o‘quvchilarning davlat
ta’lim standartlari talablari asosida bilim olishini ta’minlash hamda o‘quvchilar
va o‘qituvchilarning salomatligi, xavfsizliklarini asosiy o‘ringa qo‘ygan holda,
muayyan ishlar amalga oshirildi:
- televizion videodarslar loyihasini yozgi ta’tilda
ham davom ettirildi;
- 754 ta maktabda qardosh (tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman) tillarda ta’lim
olayotgan 150 mingga yaqin o‘quvchi uchun masofaviy dars tayyorlash imkoniyati
cheklangani sababli ularning ham ta’lim olish huquqi ta’minlandi;
- oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan
o‘quvchilar uchun ham onlayn qo‘shimcha ta’lim resurslari yaratildi.
Maktablarning an’anaviy shaklda ochilishi to‘g‘risidagi qarorlar har bir
maktab bo‘yicha individual tarzda mahalliy Kengashlar deputatlari ruxsatidan
so‘ng qabul qilinadi. Bunda ularning haqiqiy tayyorgarligi, hududdagi yoxud
maktabdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat, o‘qituvchilar orasida koronavirus
kasalligining qayd etilishi va sog‘liqni saqlash tizimi xulosalari hisobga olinadi.
Shu bois, maktablar vaziyatdan kelib chiqib, bosqichma-bosqich faoliyatini
tiklaydi.