Истеъмолчиларнинг асосий ҳУҚУҚлари



Download 0,54 Mb.
bet10/15
Sana30.06.2022
Hajmi0,54 Mb.
#718987
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Abdulaziz kurs ishi Mikroiqtisodiyot

Ne′matning nafliligi - ne′matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini qondira olish xususiyatidir. Iste′mol nazariyasida ne′mat - bu iste′molchining ehtiyojini qondira oladigan har qanday iste′mol ob′ektidir. Ko`p hollarda ne′matlar yakka tartibda emas, balki majmua tartibda yoki ―iste′mol savati‖ bilan iste′mol qilinadi.
Iste′mol nazariyasida: iste′molchilar ma′lum didga, xohishga ega va ular bu xohish va didlarini qanoatlantirishda byudjetlari (daromadlari) bilan chegaralangan; ular ne′matlar majmualaridan, maksimal naf keltiradigan majmuani tanlashga harakat qiladi; iste′molchilar tomonidan sotib olinadigan ne′mat narxi uning miqdoridan bog`liq emas.

§4. Byudjet cheklanganligi va iste′molchining muvozanatlilik.
Byudjet chizig`i. Befarqlik egri chiziqlari bir ne′mat bilan ikkinchi ne′matni almashtirish mumkinligini ko`rsatadi, xolos. Lekin, ular iste′molchi uchun qaysi tovarlar majmuasi nafliroq ekanligini ko`rsata olmaydi. Bunday masalani byudjet chizig`i yordamida yechish mumkin. Byudjet chizig`i tovarlar narxiga va iste′molchining daromadiga asoslanadi va u mavjud pul mablag`lari chegarasida iste′mol uchun qanday tovarlar majmuasini xarid qilish mumkinligini ko`rsatadi. Iste′molchi tanlovida uning afzal ko`rishi befarqlik egri chizig`i orqali ifodalansa, daromadi va ne′matlar narxidagi o`zgarishlarga munosabatini byudjet chizig`i vositasida aks ettirish mumkin.
Byudjet chegarasini ikkita ne′mat misolida ko`radigan bo`lsak, agar iste′molchi daromadi R bo`lsa, X1 va X2 lar birinchi va ikkinchi ne′matlar miqdori, P1 va P2 lar mos ravishda, birinchi va ikkinchi ne′matlarning narxlari bo`lsa, byudjet chegarasi berilgan daromad R hamda P1 va P2 narxlarda iste′molchi tomonidan sotib olinishi mumkin bo`lgan, birinchi va ikkinchi ne′matlarning barcha kombinatsiyalarini ifodalaydi. Byudjet chegarasini quyidagicha yozish mumkin: va bu tengsizlik tovarlarga sarflanadigan xarajatlar yig`indisi, iste′molchi daromadidan oshmasligini bildiradi. X1 va X2 larning manfiy bo`lmaslik ( va ) shartini kiritsak, iste′molchining tovarlarni sotib olishi mumkin bo`lgan sohasini aniqlagan bo`lamiz.
Grafikdagi shtrixlangan uchburchak iste′molchining tanlov sohasi, ya′ni iste′mol majmualari (X1, X2) to`plami. TU1, TU2 va TU3 lar befarqlik egri chiziqlari, ya′ni naflilik darajalari chiziqlari.
Ma′lumki, ular quyidagi shartni qanoatlantiradi: . Tanlov sohasi bilan faqat TU1 va TU2 befarqlik egri chiziqlari kesishadi. TU1 befarqlik egri chizig`i bo`yicha tanlov sohasidan olingan har qanday nuqta (masalan, nuqta) naflilik funksiyasini maksimal qiymatini bermaydi nuqtada byudjet chizig`i va befarqlik egri chizig`i bir-biriga urinib o`tadi, natijada tanlov sohasi bilan kesishadigan byudjet chiziqlaridan eng yuqorisi aniqlanadi. Shunday qilib, iste′molning optimal (muvozanat) nuqtasida befarqlik egri chizig`i byudjet chizig`iga urinib o`tadi.
Shunday qilib, iste′molchining muvozanat nuqtasida iste′mol qilinadigan ne′matlarning chekli naflari nisbati, shu ne′matlar narxlarining nisbatiga teng. Bu muvozanatlik sharti ixtiyoriy miqdorda ne′matlar qatnashgan iste′molchining tanlovi masalasi uchun o`rinlidir.
Muvozanatlik shartiga ko`ra, iste′molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so`m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo`lmasa, iste′molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so`mini, ko`proq chekli naf beradigan ne′matga qayta taqsimlashi mumkin bo`ladi.
Ikkita ne′mat bo`lganda, iste′molchi o`z nafligini maksimallashtiradi, qachonki quyidagi ikki shart bajarilsa. Birinchi shartga ko`ra, bu ne′matlar uchun , ularning narxlari nisbatiga teng bo`lsa, ya′ni muvozanatlik sharti (S) bajarilsa. Ikkinchi shart - iste′molchining daromadi to`liq sarflansa ( tenglik bajarilsa). Agar MRS har doim narxlar.
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va iqtisodiy jamg’arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste’mol keng ma’noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste’mol qilib tugatishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi, ya’ni ular to’liq iste’mol qilinadi.
Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog’liq ravishda moddiy ne’matlarni va xizmatlarni iste’mol qilish ajratiladi.
Individual yoki jamoa bulib iste’mol qilish farqlanadi. Alohida oila yoki jamiyat a’zolarining ixtiyorida bo’lgan moddiy ne’matlarni iste’mol qilish individual iste’molga kiradi. Jamiyat a’zolarining guruhlari moddiy ne’mat va xizmatlardan foydalanishi jamoa bo’lib iste’mol qilishga kiradi.
Iste’mol fondi mablag’laridan butun iqtisodiyot doirasida band bo’lgan xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini, shu jumladan boshqarish va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun foydalaniladi. U butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar boshqarishdagi moddiy sarflarni o’z ichiga oladi.
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida xodimlar qo’liga kelib tushadigan qismi iste’molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi.
Iste’molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlari uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to’planib borilishi.
Uning hajmi uy xo’jaliklari daromadidan iste’molchilik sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
Daromad fondida iste’molchilik sarflari ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, jamg’arma hajmi shunchalik kam bo’ladi. Jamg’armaning o’sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag’larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yo’naltirilishini bildiradi.
Shu sabali daromadda iste’molchilik sarflari va jamg’arma nisbatining o’zgarishi bir qator, ba’zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, daromadlarning qandaydir qismini jamg’armaga qo’yish oqibatida u tovarlarda bo’lgan talabda o’z aksini topmaydi. Mahsulotning har qanday hajmini ishlab chiqarishdan olingan daromad to’liq sarflangandagina jami talabni ta’minlash uchun etarli bo’ladi. Demak jamg’arma daromadlar-xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo’lishiga olib keladi.
Jamg’arma daromadlardan mablag’larni olib qo’yishni bildirib iste’molchilik sarflar barcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotib olish uchun etarli bo’lmay qolishini bildiradi. Agar aholi o’z daromadining qandaydir qismini jamg’arsa, o’zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning ko’payishi ishlab chiqarishning qiskarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi bo’lishi mumkin.
Boshqa tomondan jamg’arma talabning etishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin, chunki jamg’arilgan mablag’lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda ishlatiladi. Bu iste’molchilik sarflarining har qanday etishmasligini qoplaydi va jamg’arma keltirib chiqaradigan iste’moldagi har qanday etishmaslikni to’ldiradi. Uchinchidan, korxonalar ham o’zining barcha mahsulotlarini iste’molchilarga sotishni kuzda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining jamg’armalariga teng miqdordagi mablag’larni investitsiyalarga qo’yishni kuzda tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo’lib qoladi.
Iste’mol va jamg’arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy daromad hisoblanadi. Lekin milliy daromad tarkibida to’g’ri soliqlar ham mavjud bo’ladi. Shu sababli soliqlar to’langandan keyin aholi qo’lida qoladigan daromad iste’molchilik sarflari va shaxsiy jamg’arma yig’indisiga teng bo’ladi. Iste’mol va shaxsiy jamg’armaning darajasi bevosita soliqlar to’langandan keyingi qolgan daromad bilan aniqlanadi. Demak bu daromad iste’molning ham, jamg’armaning ham umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg’arma daromadning iste’mol qilinmaydigan qismi hisoblansa, soliqlar to’langandan keyingi daromad shaxsiy jamg’armani aniqlab beradigan asosiy omil bo’lib chiqadi.
Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi.
Jamg’arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy omillaridan biri hisoblanib, investitsion xarakterdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg’arishning amalda namoyon bo’lish shakli bo’lganligi sababli dastlab taxlilni jamg’arshning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
Jamg’arish deb, milliy daromadning bir qismi asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zaxiralarini ko’paytirish uchun sarflanishiga aytiladi.
Amalda jamg’arish kapital mablag’lar yoki investitsion sarmoyalar shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi. «Jamg’arish» va «kapital mablag» yoki «investitsion sarflar» tushunchalari bir xil mazmunga ega emas. Bir tomondan, kapital mablag’ yoki investitsiyalarning chegaralari jamg’arish fondiga qaraganda kengroq, chunki renovatsiyaga (ya’ni eskirgan ob’ektlarni batamom almashtirishga) sarflanadigan amortizatsiya fondining bir qismi ham ularning manbai bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan, «jamg’arish» tushunchasi investitsion sarflar doirasidan chiqib ketadi, chunki u faqat asosiy kapitalning emas, balki aylanma kapitalning, shuningdek ehtiyot zaxiralarining kengayishini ham anglatadi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg’arish bir-biridan farqlanadi. Jamg’arilgan mablag’larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma mablag’larini kengaytirishga ketadigan qismi, ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish fondini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg’arish iqtisodiy o’sishning muhim omilidir.
Ijtimoiy madaniy sohadagi jamg’arish (noishlab chiqarish jamg’arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, uquv muassasalari, madaniyat, sog’liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamg’arish fondi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg’arish normasi bevosita jamg’arish fondining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
JN q ( JF G’ MD ) x 100
Bunda, JN-jamg’arish normasi, JF-jamg’arish fondi, MD-milliy daromad.
Jamg’arish normasining ham o’z chegarasi bo’lib, uni oshirish iqtisodiy jihatdan samarsiz bo’lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki mablag’lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar etkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojoanishi o’rtasida nomutanosiblik paydo bo’ladi. Mablag’larning sochilib ketishi, ob’ektlarni barpo etish muddatlarining cho’zilib ketish xavfi oshadi, oqibatda ular qimmatlashadi, barpo etish jarayonidayoq ma’naviy jihatdan eskiradi, tugallanmagan qurilishlar ko’payadi. Oqibatda, iqtisodiy o’sish pasayib ketish tamoyiligi ega bo’ladi.
Shunday qilib, jamg’arish fondi iqtisodiy o’sish sur’atlari va sifatiga faqat o’zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta’sir ko’rsatib qolmaydi. Fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o’ringa chiqadi.
Jamg’arish flndi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko’payishini belgilaydigan omillar, jamg’arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo’llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg’arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xom-ashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog’liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o’sha miqdorida mahsulotlarni kamroq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.
Jamg’arishning miqdori milliy daromaddagi jamg’arish va iste’mol fondlari o’rtasidagi nisbati ham bog’liq bo’ladi.
Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
Investitsiyalar sarflarining ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi; milliy iqtisodiyotdagi ko’plab mutanosibliklar uning o’sish sur’atiga bog’liq bo’ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ob’ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog’liq sarflarni bildiradi.
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo’yilmadir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi.
Investitsiyalarni ruyobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi.
Investitsiya faoliyati qo’yidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari va h.k);
qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);
byudjetdan investitsiyalarni moliyalashtirish.
yil O’zbekistonda investitsion qo’yilmalarning 49,2 %ni korxonalarning o’z moliyaviy mablag’lari hisobiga, 24,2 %ni byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish