Chekli almashtirish normasi. Befarqlik egri chizig`ining pastga tomon yotiqligi X2 ne′matni X1 ne′mat bilan chekli almashtirish normasini ifodalaydi. Chekli almashtirish normasi odatda bilan belgilanadi va uning miqdori gorizontal o`q bo`yicha ifodalangan X1 ne′matning bir birligi uchun, vertikal o`q bo`yicha ifodalangan X2 ne′matning qancha miqdoridan voz kechish mumkinligini ko`rsatadi.
Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonini bildiradi.
Shaxsiy iste’mol – iste’molchilik xarakteridagi ne’matlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishini bildiradi.
Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanishni anglatadi.
Iste’molchilik sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qism.
Jamgarma – aholi, korxona (firma) va davlat foriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to’planib borilishi.
Iste’molga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi.
Jamg’armaga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamgarmaga ketadigan ulushi.
Iste’molga qo’shilgan moyillik – shaxsiy daromad o’sgan qismining iste’mol qilinadigan qismi yoki ulushi.
Jamg’armaga qo’shilgan moyillik – shaxsiy daromad o’sgan qismining jamg’armaga ketadigan hissasi.
Iqtisodiy jamg’arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko’paytiirish uchun foydalanish.
Jamg’arish normasi – jamg’arish fondining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Kapital qo’yilmalar - asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan sarflar.
Investitsiyalar – ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi quyilmalar.
Investitsion faoliyat – investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha qilinadigan amaliy harakatlar.
Investr – investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs.
Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad ( foyda) o’sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Shunday qilib, iste′molchining muvozanat nuqtasida iste′mol qilinadigan ne′matlarning chekli naflari nisbati, shu ne′matlar narxlarining nisbatiga teng. Bu muvozanatlik sharti ixtiyoriy miqdorda ne′matlar qatnashgan iste′molchining tanlovi masalasi uchun o`rinlidir. Shartiga ko`ra, iste′molchi daromadini shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so`m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo`lmasa, iste′molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so`mini, ko`proq chekli naf Muvozanatlik beradigan ne′matga qayta taqsimlashi mumkin bo`ladi.
Odatda, biror ne′matni iste′mol qilish oshganda (boshqa ne′matlar iste′moli hajmi o`zgarmaganda), umumiy naflilik darajasi oshadi. Demak chekli naflilik musbat . Shu bilan birga, biror ne′matdan qo`shimcha bir birlik iste′mol qilganda (boshqa ne′matlar iste′moli hajmi o`zgarmaganda), qo`shimcha iste′mol qilingan birlik oldingisiga nisbatan kamroq naf beradi va uning bu xususiyatiga chekli naflilikning kamayish qonuni deyiladi. Matematik tilda bu naflilik funksiyasining ikkinchi tartibli hosilasi noldan kichik degani. Talabni aniqlashning asosida chekli nafligining kamayish qonuni yotadi. Shu sababli ishlab chiqaruvchilar mahsulot sotish hajmini ko`paytirishlari uchun qo`shimcha sotiladigan mahsulotlar narxiga chegirma berishlari kerak bo`ladi.