Iste’molchilar nazariyasi reja


-chizma. Daromad o’zgarishining byudjet chizig’iga ta’siri



Download 1,5 Mb.
bet8/8
Sana08.02.2023
Hajmi1,5 Mb.
#909176
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iste’molchilar nazariyasi reja

5-chizma. Daromad o’zgarishining byudjet chizig’iga ta’siri

Iste‘molchi byudjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o‘zgarishi ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun, iste‘molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik B tovar sotib olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin bo‘lgan har ikkala tovarning turli kombinattsiyalari G byudjet chizig‘ida joylashadi. Agar iste‘molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning byudjet chizig‘i ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, byudjet chizig‘ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi.



  1. O’rnini bosish va daromad samarasi

Bozorda tovarlar narxi hamda iste‘molchi daromadlari darajasi o‘zgarib turadi.Iste‘molchining narx o‘zgarishiga ta‘sirchanligi o’rnini bosish samarasi deyiladi. Bunda bir tovar narx o‘sganda xaridor uchun o‘rnini bosuvchi boshqa tovar nisbatan arzon bo‘lib qoladi hamda u ancha qimmatli tovarni mazkur tovar bilan almashtiradi. Jumladan, margarin va sariyog‘shunday o‘rnini bosuvchi tovarlar hisoblanadi. Ulardan biriga narxning o‘sishi boshqasining xarid qilinadigan miqdori ortishi bilan birga boradi.


Daromad samarasi narx o‘zgarishi oqibatida iste‘molchi pul daromadi xarid qilish layoqati tebranishi natijasida tovarlarga talabning o‘zgarishidir. Daromad samarasi turli xaridorlar toifasi uchun har xil o‘ringa ega bo‘ladi.
Iste‘molchi tanlovini o‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta‘minlanadi deb faraz qilinadi:
1) mavjud va cheklangan byudjetdan to‘liq foydalaniladi;
2) ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Ma‘lum olingan tovarning narxi o‘zgarsa, u byudjet chizig‘iga ikkala turdagi o‘zgarish orqali ta‘sir qiladi. Bu daromad samarasi va o‘rnini bosish samarasi. Agar ikki tovardan aytaylik B tovarning narxi oshsa unda byudjetimizning real qiymati pasayadi, natijada iste‘molchi nominal qiymati o‘zgarmagan xuddi shu byudjet darajasida har ikkala tovardan kamroq sotib olishi mumkin va bu byudjet chizig‘i chap tarafga parallel ravishda ko‘chib o‘tib, Qa1 Qb1 to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining daromad samarasi deyiladi.Ammo narx o‘zgarishi natijasida o‘rnini bosish samarasi yuz beradi. A tovarning narxi va ikkala tovarlarning nafliliklari o‘zgarmay turib V tovarning narxi oshishi uning narxiga nisbatan so‘nggi qo‘shilgan nafliligini kamaytiradi va iste‘molchi o‘z tanlovini A tovarga tomon o‘zgartiradi. Bu esa byudjet chizig‘ining o‘zgarishiga olib keladi va iste‘molchi daromadi darajasini o‘zgartirmagan holatda Qa1 Qb1 byudjet chizig‘i Qa0 Qb2 to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining o‘rnini bosish samarasi deyiladi9.
Normal tovarlar uchun quyidagilar xarakterli: xaridor o‘sgan real daromadining bir qismini mazkur tovarlar iste‘molini ko‘paytirishga sarflaydi, ya‘ni o‘rnini bosish va daromad samarasi bir xil yo‘nalishda ta‘sir ko‘rsatadi.
Xulosa

Daromad samarasi ko‘p darajada oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, tamaki mahsulotlari va boshqa shu kabi tovarlarga nisbatan o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Mazkur tovarlar uchun sarflar iste‘molchi byudjetining sezilarli qismini tashkil qiladi, shu bilan bir vaqtda tovar birligi narxlari unchalik katta bo‘lmaydi.Hayotiy zarur tovarlarga narxning o‘sishi ularga bo‘lgan talab miqdorining qisqarishiga emas, balki o‘sishiga olib kelishi mumkin, chunki odamlar boshqa xaridorlardan voz kechib narxi o‘sganda ham hayotiy zarur tovarlarni sotib ola boshlaydi. Bu Giffen samarasi deb ataladi. Giffen samarasi ko‘pincha sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda kuzatiladi, u namoyon bo‘ladigan tovarlar Giffen tovarlari deb nomlanadi.


Adabiyotlar



  • Shodmonov Sh. va boshqa, Iqtisodiyot nazariyasi, T., 2003; Tojiboyeva D., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 2003. Ahmadjon Oʻlmasov, Muxtor Rasulov




1


2


3


4


5


6


7


8


9


Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish