Kurs ishi mavzusining obyekti. Iste`mol, jamg`arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni, iste`molga, jamg`armaga o`rtacha moyillik, O`zbekistonning investitsion siyosati va investitsiya hamda jamg`arma o`rtasidagi muvozanat.
Kurs ishi mavzusining predmeti. O`zbekiston Respublikasida aholining iste`mol va jamg`arish qobiliyatlari, investitsion siyosatning tutgan o`rni hamda uni rivojlantirish usullari.
Kurs ishining maqsadi. Iste`mol va jamg`armaga ta`sir etuvchi asosiy va boshqa omillarni o`rganish bilan bir qatorda jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi bog`liqlikni aniqlash, faol investitsion siyosat iqtisodiyot rivojining asosiy mexanizmlaridan biri ekanligini tushunib tahlil qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |