3. Iste`mol va jamg`arishga o`rtacha hamda chegaralangan moyillik.
Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste‘mol va jamg`arish funksiyalarini yanada to`laroq bilish uchun iste‘mol va jamg`arishga o`rtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim.
Iste‘molga o`rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste‘mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya‘ni:
Bunda: APC – (average propensity to consume) iste‘molga o`rtacha moyillik.
Tasarrufidagi daromaddagi jamg`arish ulushini jamg`arishga o`rtacha moyillik deb ataladi, ya‘ni:
Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg`armaga o`rtacha moyillik.
Soliqlar to`langandan keyin qolgan daromadning bir qismi iste‘mol qilinadi, ikkinchi qismi esa jamg`ariladi, shu tufayli ham iste‘molga va jamg`arishga o`rtacha moyillik yig`indisi 100% ga yoki koeffisiyent ko`rinishda 1 ga teng:
APC + APS = 100% yoki 1
Uy xo`jaliklari tasarrufidagi daromadlarining o`sgan qismini yoki iste‘mol qiladi, yoki jamg`aradi.
Iste‘moldagi o`zgarishlarning shu o`zgarishni keltirib chiqargan tasarrufidagi daromad o`zgarishdagi ulushi iste‘molga chegaralangan moyillik deyiladi.
Bu yerda: MPC (marginal propensity to consume) – iste‘molga chegaralangan moyillik.
Jamg`arishdagi o`zgarishning ixtiyordagi daromad o`zgarishdagi ulushi jamg`arishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg`arishga chegaralangan moyillik.
MPC + MPS =100% yoki 1
MPC va MPS ancha barqaror ko`rsatkichlar bo`lib, juda sekin o`zgarishga uchraydilar.
Xulosa
Tanlangan mavzuning murakkabligi shundaki, jamg'arma bozori ko'plab, ko'pincha juda ta'sirchan guruhlarning manfaatlariga ta'sir qiladi. Davlat pul massasini ko'paytirish uchun uni bu sohadagi kuchidan mahrum qiladigan qat'iy mexanizmni joriy etishga intilmaydi. Moliyaviy vositachilar asossiz daromadlarga ega, shuningdek ularni yo'qotishdan manfaatdor emaslar. Biroq, vaziyatni tahlil qilish turli xil omillarning ushbu iqtisodiy institutlarga sifat ta'sirini aniqlab berishi va jamg'armalarni safarbar qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratishda yordam berishi mumkin.
Har qanday davlatning ijtimoiy barqarorligi sharti - bu aholining "o'rta sinf" deb ataladigan qatlamining keng qatlami. G'arbiy mamlakatlarda ushbu qatlamning shakllanishi bir necha o'n yillar oldin tugagan. Mamlakatimizda esa aholining eng badavlat va kambag'al qismi o'rtasida sezilarli farq mavjud.
Ahоlining darоmadlari miqdоri оshib bоrishi bilan jamg`armalar miqdоri ham оshib bоradi. Bundan tashqari istе’mоl bоzоrida faqat fuqоralar emas, balki ularga хizmat korsatadigan kоrхоna va tashkilоtlar ham хaridоr hisоblanadi.
Istе’mоl va jamg`arish chizigi istе’mоlchilar jamg`armasida bolayotgan o`zgarishlarga, narх va sоliq, istе’mоlchi qarzi darajasi, shuningdеk, uy хo`jaliklarining taqsimlanadigan darоmadlaridagi o`zgarishlarga bоg`liq.
Istе’mоl va jamgarmaga o`rtacha va chеgaraviy mоyillik ahоli darоmadlarining qancha qismi istе’mоlga va qancha qismi jamg`armaga kеtyotganligini tushinish imkоniyatini bеradi.
Mamlakatimiz sharoitida aksariyat aholining topayotgan daromadi faqat o`zini iste`moli uchun yetadi xolos. Hozirgi kunda birinchi navbatda aholi daromadi oshsa ham uning qadri tushib ketmoqda. Sababi mamlakat iqtisodiyotini yemirovchi inflyatsiya darajasi oshib bormoqda. Aholining ko`p qismi o`rtacha daromad ko`radi. Iste`mol uchun bazor yetgan pul qande qilib jamg`arishga ortirish mumkin digan savol har kimni o`ylantrib qo`yishi aniq. Bu savolni javobini topish uchun mamlakatimiz iqtisodchilari harakat qilmoqda.
Aholi jamg`arsa ham faqatgina uyida jamg`arish ishlarini amalga oshiradi. Bu pullar iqtisodiyotda o`lik pullar deyiladi. Chunki bu pullar mamlakatimiz iqtisodisodiyotida pul aylanmasida qatnashmaydi. Bu pullarni pul aylanmasiga qo`shish uchun aholiga azgina iqtisodiy bilim berishi kerak. Uyda bekor turgan puldan ko`ra uning o`rniga shu pullarni bankka omonatga qo`ysa ham o`zi uchun ham bank uchun foydali bo`ladi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Pindyck, Robert S. Microeconomics. - Copyright 2013, Macmillan Publishing Company, division of Macmillan, Inc.
2. Olimova N.X., Ergashev A.X. “Mikroiqtisodiyot” o‘quv-uslubiy ko‘rsatma. – F.: FDU, 2010. 107-116 betlar.
3. Campbell R. McConnell. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company, a division of Macmillan, Inc.
4. Salimov V.T., Mustafakulov Sh.I., Yuldashev G.T., Sultanov B.T. Mikroiqtisodiyot: Masalalar to'plami -T.: TDIU, 2018. - 210 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |