2. Iste`mol va jamg`arish funksiyalari.
Milliy mahsulot (YaMM, YaIM, MD) iste'mol va jamg`arma uchun ishlatiladi.
Iste'mol (C) - bu odamlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun tovarlar va xizmatlardan individual va birgalikda foydalanish. Qiymat nuqtai nazaridan aytganda, bu aholi hayotiy uchun muhim mahsulotlar va xizmatlarni sotib olishga sarflagan mablag`lari miqdoridir.
Iste'mol ishlab chiqarish va shaxsiy iste'molga bo`linadi.
Ishlab chiqarish iste'moli - bu ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyat jarayonida firmalar, tadbirkorlar, davlat tomonidan ishlab chiqarish omillari, tovarlar va xizmatlardan (uskunalar, dastgohlar, mashinalar va boshqalar) foydalanish.
Shaxsiy iste'mol - bu aholining oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim - kechak buyumlari, poyabzal, uy-joy, transport vositalari va boshqalardagi iste'molidir. Ushbu tovarlar va xizmatlar iste'molchilarning xulq-atvorini shakllantiradi.
Jamg`arma (S) - bu kechiktirilgan iste'mol yoki hozirgi vaqtda iste'mol qilinmaydigan daromadning bir qismidir. Jamg`arma ham firmalar, ham uy xo`jaliklari tomonidan amalga oshiriladi. Firmalar ishlab chiqarishni kengaytirish va foydani ko`paytirish uchun tejashadi. Uy xo`jaliklari bir necha sabablarga ko`ra tejashadi: qarilikni ta'minlash, boylikni bolalarga o`tkazish, ko`chmas mulk va uzoq muddat foydalanishga mo`ljallangan mollarni sotib olish uchun mablag` to`plash va boshqa sabablar.
Makroiqtisodiyot darajada iste'molchilar tanlovi iqtisodiy subyektlarning qarorlariga, ularning daromadlarini qanday tasarruf etishiga bog`liq, ya‘ni bugungi kunda qancha mablag' sarflash va kelajak uchun qancha mablag` to`plash.
Iste'molchilar tanlovi bo`yicha barcha konsepsiyalarni ikki guruhga bo`lish mumkin:
• daromad miqdori ekzogen parameter sifatida nomayon buladi (J. M. Keyns, F. Modigliani, M. Fridman modellari);
• daromad miqdori endogen parameter sifatida nomayon buladi (neoklassik model).
J.M.Keyns iste'mol qilish kontseptsiyasida mutlaq daromad gipotezasidan kelib chiqqan. U subyektlar o`zlarining iste'mollarini hozirgi daromadlariga qarab shakllantirishlariga e'tibor qaratdi. Uy xo`jaliklari tasarrufidagi daromadning iste‘mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg‗armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg`arish hajmi foz stavkasining funksiyasi deb qarashsa, J.M. Keyns uy xo`jaliklarining iste‘mol xarajatlari va jamg`arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste‘mol va jamg`arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo`jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to`lovlari va to`lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd) ko`rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste‘mol va jamg`armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funksiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Iste‘mol va jamg`arish o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik har xil daromadga ega bo`lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo`lganlar, odatda, uning ko`proq qismini iste‘mol qilib, kamroq qismini jamg`aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg`arish foydasiga o`sadi.
Iste‘mol grafigi ikki to`g`ri chiziq ko`rinishida berilgan. Bissektrisa ko`rinishidagi Yd =C to`g`ri chizig`ining har bir nuqtasida iste‘mol va tasarrufidagi daromad hajmlari teng bo`ladi. Haqiqiy iste‘mol (S) grafigi haqiqiy iste‘mol va daromad teng bo`lgan nuqtada (α) bissektrisa bilan kesishadi. Bo`sag`aviy nuqtadan quyida haqiqiy iste‘mol daromaddan oshiq. Bu vaziyat insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. α – nuqtada yuqorida haqiqiy iste‘mol daromaddan kam hamda ular o`rtasidagi farq jamg`arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste‘mol to`g`ri chizig`i iste‘mol hajmini belgilovchi vertikal o`qni a nuqtada kesib o‗tadi. Bu hol uy xo`jaliklari umuman daromad olmaganlarida ham ma‘lum miqdorda iste‘mol qilishlarini anglatadi. a – nuqta esa avtonom iste‘mol hajmini bildiradi.
Mavzuning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma‘lumotlar va
grafiklarga tayanib iste‘mol funksiyasini yozamiz: C = a + b Yd , bu yerda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad (Yd =Y-T), bu yerda: T – soliqlar;
b – iste‘mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog`liqligini ifodalovchi koeffisiyent, boshqacha aytganda iste‘molga chegaralangan moyillik.
Demak, iste‘mol hajmi avtonom iste‘molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va iste‘mol hajmining tasarrufidagi daromad o`zgarishiga ta‘sirchanligiga bog`liq. Jamg`arish grafigini ham iste‘mol grafigiga o`xshab algebraik ifodalash mumkin, ya‘ni jamg`arish funksiyasi quyidagi ko`rinishga ega:
S = -a + (1 -b) Yd
Iste‘mol va jamg`arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari quyidagi omillar, to`g`rirog`i bu omillardagi o`zgarishlar ham ta‘sir ko`rsatadi:
1. Uy xo`jaliklari daromadlari.
2. Uy xo`jaliklarida to`plangan mulk hajmi.
3. Baholar darajasi.
4. Iqtisodiy kutish.
5. Iste‘molchilar qarzlari hajmi.
6. Soliqqa tortish hajmi.
Dastlabki besh omil ta‘sirida iste‘mol va jamg`arish grafiklari o`zaro teskari tomonga siljiydi. Bu besh omil ta‘sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste‘mol va jamg`arish ulushi nisbatlari o`zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o`zgarishi ixtiyordagi daromad hajmini o`zgartirgani tufayli uning ta‘sirida iste‘mol va jamg‗arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste‘mol funksiyasini shuningdek aholining daromadlari hajmi va to`plagan mulki ko`lamiga ko`ra tabaqalanishi darajasi hamda aholining soni va yoshiga ko`ra tarkibiga ham bog`liqligini ko`rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |