Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga
a) o‘sib boruvchi iqtisodiyot
Yalpi
Истеъмол ва давлат сарфлари
|
investitsiyalar
Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga
b) turg‘un iqtisodiyot
Yalpi
Истеъмол ва давлат сарфлари
|
investitsiyalar
Yil boshiga YaMMning yillik hajmi Yil oxiriga
v) qisqarayotgan iqtisodiyot
5-chizma. Yalpi investitsiya hamda amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’siri.
Yalpi investitsiyalarning iste’mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmidan ham oz bo‘lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va, buning oqibatida, iqtisodiyot ko‘rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi.
4. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash muammolari
Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o‘sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg‘arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog‘liqligi hisoblanadi.
Investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko‘rib chiqamiz.
Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg‘armaning funksiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi (6-chizma).
r S=S(r)
r2
E
r0
r1 I=I(r)
0 S0=I0 S, I
6-chizma. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modeli.
Chizmadan ko‘rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o‘q bo‘yicha real foiz stavkasi, yotiq o‘q bo‘yicha esa jamg‘arma va investitsiya hajmi ko‘rsatkichlari joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o‘rtasida teskari funksional bog‘liqlik mavjud: foiz stavkasi qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiya hajmi shu qadar past bo‘ladi va aksincha. Jamg‘arma esa to‘g‘ri, o‘suvchi funksional bog‘liqlikka ega, ya’ni foiz stavkasining yuqori bo‘lishi jamg‘arma darajasining ham yuqori bo‘lishiga olib keladi. Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg‘arma hajmlari o‘rtasida muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining r0 darajasi ta’minlanishi lozim. Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r1 – past va r2 – yuqori bo‘lgan holatlar) investitsiya va jamg‘arma hajmi o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Foiz stavkasining r1 darajasida investorlar uchun qulay narxlarning vujudga kelishi investitsion resurslarga bo‘lgan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jamg‘arma uchun rag‘bat pasayib ketadi. Natijada investitsion resurslar taqchilligi paydo bo‘ladi. r2 darajada esa barcha sub’ektlar uchun jamg‘armaning nafliligi oshadi, biroq bunday foiz darajasida barcha investorlar ham o‘z faoliyatining foydaliligini ta’minlay olmaydilar. Natijada jamg‘armaning ahamiyatli qismi investitsiyalarga aylana olmaydi.
Keynschilarning investitsiya va jamg‘arma o‘rtasidagi muvozanat modeli o‘z tuzilishiga ko‘ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta – J.M.Keyns tomonidan jamg‘arma foiz stavkasining emas, balki daromadning funksiyasi deb qaralishi hisoblanadi: . Investitsiya esa, klassik modeldagi singari, foiz stavkasining funksiyasi deb olinadi: . Ya’ni, keynscha konsepsiyaning asosida jamg‘arish va investitsiya darajalarining boshqa-boshqa omillar ta’sirida o‘zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini 7-chizma orqali izohlash mumkin.
S,I
S
YeF IF
Ye I
0 N F NI
7-chizma. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli.
Chizmadan ko‘rinadiki, grafik ko‘rsatkichlarining joylashuvi ham klassik modeldan farq qiladi. Tik o‘qda jamg‘arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq o‘qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg‘arma darajasi milliy daromad hajmiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investitsiya darajasiga ham ta’sir ko‘rsatsada, mazkur modelda uni milliy daromadga bog‘liq bo‘lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi.
Grafikda investitsiya va jamg‘arma egri chiziqlari Ye nuqtada kesishadi. Agar iqtisodiyotdagi to‘la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida erishiladi, deb tasavvur qilsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg‘arma muvozanatini (EF nuqta) ta’minlash uchun investitsiya IF darajada bo‘lishiga erishish lozim bo‘ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko‘ra, investitsiya va jamg‘arma darajasining muvozanati to‘la bandlik bo‘lmagan sharoitda ham ta’minlanishi mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) erishiladi.
Investitsiya va jamg‘arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha modellari o‘rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi: birinchidan, klassik modelda bu muvozanat ro‘y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to‘la bandlik holatida bo‘lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida ko‘rib chiqilganidek, bu muvozanatga to‘la bandlik bo‘lmagan holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan bo‘ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg‘arma foiz stavkasining funksiyasi sifatida, keynscha modelda esa daromad funksiyasi sifatida qaraladi.
Demak, yuqoridagilardan ko‘rinadiki, jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to‘la bandligi mavjud bo‘lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko‘ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammolarni ko‘rib chiqish va tahlil qilishda asosan ushbu modeldan foydalanamiz.
Asosiy tayanch tushunchalar
Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayoni.
Shaxsiy iste’mol – iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmatlardan bevosita foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishi.
Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish.
Iste’mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg‘arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to‘planib borilishi.
Iste’molga o‘rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi.
Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg‘arishga ketadigan ulushi.
Iste’molga keyingi qo‘shilgan moyillik – daromad hajmining o‘zgarishi natijasida iste’mol sarflari hajmining o‘zgarishi darajasi.
Jamg‘arishga keyingi qo‘shilgan moyillik – daromad hajmining o‘zgarishi natijasida jamg‘arish hajmining o‘zgarishi darajasi.
Iqtisodiy jamg‘arish – milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko‘paytirish uchun foydalanish.
Jamg‘arish normasi – jamg‘arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Investitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga, ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo‘yilma.
Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o‘sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha ta’riflang.
2. Iste’mol va jamg‘armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko‘rsating.
3. Iste’mol va jamg‘arma funksiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga shartli raqamlar qo‘llagan holda tushuntiring.
4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg‘arma nima va ularning grafikdagi joylashishi qanday bo‘ladi?
5. Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
6. Iste’molga va jamg‘armaga o‘rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz? Iste’mol va jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik qanday aniqlanadi?
7. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning qisqacha tavsifini bering.
8. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday?
9. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modelining mohiyatini tushuntirib bering.
10. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modelining mohiyatini hamda klassik modeldan farqini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |