Matbuot bo’limi sardori – “Kamalak” bolalar tashkiloti burchagi va uni muntazam ravishda boyitib borilishiga shaxsan javob beradi, sardorlar kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlarni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishini tahminlaydi, doimiy ravishda turli rasmlar ko’rgazmasi va devoriy gazetalar tanlovlarini uyushtiradi, tashkilot tomonidan o’tkazilayotgan har bir ko’rik-tanlov, bayram va kechalarda tadbirlar zalini jihozlaydi, 1 – 7-sinflarda “Kamalak” burchaklarini tashkil etadi, press-klub sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.
“Ekosan” klubi sardori – mehnat bo’limi sardori bilan hamkorlikda muntazam ravishda hasharlar o’tkazadi, “Eng yaxshi ko’kalamzorlashtirilgan bog’” mavzuidae tanlov, ekibanalar ko’rik-tanlovini o’tkazadi, salomatlik va ekologiya yo’nalishi sardori bilan doimiy aloqani o’rnatadi, olib borilayotgan ishlar haqida muntazam hisobot berib boradi.