__________________________________________________________________________________
91
13.
Родионов М.А. Мотивационная роль практического опыта на различных этапах обучения математике// Из-
вестия Пензенского государственного педагогического университета им. В.Г. Белинского. - 2012. - №28. - С. 990-993.
14.
Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. - М., 1948. - 684 с.
15.
Сулейманов Г.Г. Мотивация в обучении математике учащихся 5-9 классов сельской национальной школы
как фактор повышения качества их знаний: дис. … канд. пед. наук: 13.00.02. – Саранск, 2015. – 22 с.
16.
Талызина Н.Ф. Управление познавательной деятельностью учащихся. - М.: Изд-во МГУ. - 1975.
17.
Тихомиров О.К. Психология мышления. - М., 2005.
АКИМОВА ЕВГЕНИЯ ПЕТРОВНА
– магистрант кафедры «Высшая математика и математическое
образование», Тольяттинский государственный университет, учитель математики ГБОУ ООШ с. Муранка
Самарской области, Россия.
Вестник магистратуры. 2020. № 5-2 (104)
ISSN 2223-4047
__________________________________________________________________________________
92
УДК 37.091
Т.Э. Тогоева, Д.К. Амонова
ФОРМИРОВАНИЕ У УЧАЩИХСЯ ПРЕДМЕТНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ
В ПРЕПОДАВАНИИ АЛГЕБРЫ
В данной статье речь идет о формировании у учащихся предмет-
ных компетенций в преподавании алгебры.
Ключевые слова
: компетентностный подход, логическая, мето-
дологическая, сравнительная, познавательная, практическая, самооце-
ночная деятельность.
Hozirgi XXI asrda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llashning yangi usul va vositalarini tez
rivojlantirish, uning o`sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasida ijobiy tomonlari qanday ekanligini yoritib ber-
ish va o`quvchilarda fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirishning o`rni alohida ahamiyat kasb etadi. Kompe-
tensiyalarni shakllantirishga yo`naltirilgan ta’lim- o`quvchilarning egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini o`z
shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo`llay olish imkoniyatidir. Kompetensiyaviy yondashuvga
akslangan ta’lim o`quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo`lish, tashabbuskorlik, axborot
komminikatsiya texnologiyalaridan o`z faoliyatida o`ilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash,
sog`lom raqobat hamda umummadaniy ko`nikmalarni shakllantiradi.
Matematikadan o`quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishda katta qiyinchiliklar
vujudga kelmaydi. Matematika ko`proq hisoblashlarni, mantiqiy fikrlashni talab qilganligidan kommunikativ
kompetensiyaning yozma nutqini rivojlantirish qismiga ko`proq e’tibor berilgan. Matematik ta’limga kompe-
tensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat
qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning
amaliy, tatbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Inson o`z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va
kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o`z o`rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal
etishi, eng muhimi, o`z sohasi, kasbi bo`yicha raqobatbardosh bo`lishi uchun zarur bo`lgan tayanch kompetensiya-
larga ega bo`lishi lozim. Bundan tashqari, ta’limda har bir o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida o`quvchilarda, shu
fanning o`ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli xususiy kompetensiyalar ham
shakllantiriladi.
Matematika faniga oid kompetensiyalar –o`quvchining ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotga tad-
biq eta olishidir, hamda quyidagi elementlarni o`z ichiga olgan o`z-o`zini anglashidagi bilimlar yig`indisi hamdir.
Jumladan, mantiqiy, metodologik, qiyoslash, idrok qilish, tadbiq etish, o`z-o`zini baholash faoliyati. Mazkur kom-
pitentlilik doirasida o`quvchida faktlarni asosiylaridan ajrata olish va xulosa chiqarish malakasi shakllanadi.
O`quvchilarning bilim, ko`nikma, malakalari va kompetentlilik darajalarini shakllantirish bo`yicha algebra
fani ta’limi maqsadlarini va baholash mezonlarini aniqroq va yaqqolroq belgilovchi tamoyillar borligiga ko`z yum-
maslik kerak. Fanga oid kompetensiyalarni rivojlantirish uchun quyidagi tamoyillar ham qo`shilishi kerak:
Bilish, o`rganish-o`rganilgan materialni bilib olish, qayta aytib bera olish;
Tushunish, idrok qilish-o`rganilagn materialni xotirada saqlab qolish, mohiyatini idrok etish va tushun-
ganlikni namoyish qilish, bir davrdan boshqa davrga ko`chira olish. U yoki bu holatga tanqidiy baho bera olish.
Munozaralarda ishtirok eta olish. O`zining fikrini va qarashlarini fanda olgan bilimlari asosida himoya qila olish;
Qo`llay olish-o`rganilgan umumiy tushuncha, atamalarni, muammoli vaziyatlarga, misol orqali tadbiq eta
olish hamda samarali qo`llay olish. Jamoada ishlay olish va yetakchilik qobiliyatlarini namoyon etish, turli xil
roller va mas’uliyatlarni qabul qila olish, boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish;
Analiz va sintez qilish- berilgan muammoni hal qilish uchun zarur ma’lumotlarni turli xil manbalardan
to`plash, tartibga solish, tahlil qilish. O`rganilgan bir butun materialni mayda bo`laklarga, tarkibiy qismlarga ajrata
olish va ular orasida munosabatlarni o`rnatish va tahlil qilish. Aniqlangan xususiy natijalarni umumlashtirib,
asosiylarini ajratish, xulosa chiqara olish;
Tanqidiy va tizimli fikrlash- masalani anglashda va murakkab qarorlar qabul qilishda puxta dalillar
keltirishdan foydalana olish. Tizimlar, voqealar va hodisalar, vaziyatlar o`rtasidagi uzviy bog`liqlikni anglash;
Baholash va xulosa chiqarish- voqea va hodisalarga baho bera olish, muammoli vaziyatni ma’lum ichki
yoki tashqi mezonlar asosida baholash va taqqoshlash, sabab va oqibatlarini o`rganish, natijalarni tahlil qilish aso-
sida tanqidiy fikrlash, xulosa chiqarishdir.
© Тогоева Т.Э., Амонова Д.К, 2020.
ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2020. № 5-2 (104)
Do'stlaringiz bilan baham: |