Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Eshnayev N.J. – Associate Professor of Chirchik state pedagogical institute



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   147
Bog'liq
5-сон

Eshnayev N.J. – Associate Professor of Chirchik state pedagogical institute 
 
Annotation.
Necessities of scientific investigation of youth's moral and behavioural 
crisis considering modern spirit in the process of today's globalization and negative effects 
of problems related to it on civilization and culture of society are discussed. 
Key words: 
psychology, moral-behavioural crisis, concept, technogenic civilization, 
scientific ability, educational cluster. 
Millatlar va xalqlar tarixiy rivojida maʼnaviyat alohida ahamiyat kasb etib, ularning 
mavjudligi, insoniy fazilatlari, ijtimoiy makondagi o‘rni va masʼuliyatining asosi bo‘lib xizmat 
qiladi. Shunday ekan, bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimida maʼnaviy 
integratsiya jarayoni, milliy, mintaqaviy va umumbashariy muammolari yechimida muhim 
omil bo‘lib qolmoqda. Mazkur masala mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-
maʼrifiy, hamda mafkuraviy taraqqiyotning ziddiyatli kechishi natijasida vujudga keladigan 
maʼnaviy-axloqiy inqiroz va uning globallashuvini namoyon qilgan holda, yoshlar bilan 
bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmoqdaki, bu muammoli masalalar tezkorlik bilan hal 
qilinmasa, jamiyat sivilizatsiyasi va madaniyati inqirozigi taʼsir etish ehtimolligining oshib 
borayotganligi hamda ko‘pgina mutaxassislarning mulohazalari bu borada chuqur ilmiy 
tadqiqotlar olib borilishi taqozo etmoqda.
Barchamizga maʼlumki, jahon jamoatchiligi yoshlar bilan bog‘liq barcha global 
muammolar (qashshoqlik, savodsizlik, texnik qaramlik, yot g‘oyalar taʼsiriga berilish, 
vatanparvarlik tuyg‘ularidan uzoqlashib borishi, bandlik va ishsizlik, migratsiya va shu 
kabilar)ning sabablarini o‘rganish va oldini olishning eng maqbul yo‘li sifatida yoshlar 
maʼnaviyatini yuksaltirish, umuminsoniy va milliy maʼnaviy qadriyatlarga mos ravishda 
tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etishini eʼtirof etmoqda. Zero, insoniyat hozirgi vaqtga 
kelib mazkur muammolarni, faqat maʼnaviyatni rivojlantirish orqali hal etish mumkinligini 
anglab yetmoqda. 
Ko‘pchilik tadqiqotchilar globallashuv jarayonining dastlabki paytlarida asl mohiyatini 
yaxshi tasavvur eta olmaganlari uchun, globallashuvga erkin savdo yo‘lidagi to‘siqlarni olib 
tashlaydigan va barcha milliy iqtisodiyotni jamuljam qiladigan (integrallaydigan) ijobiy hodisa 
deb qaragan edilar. Bu haqida Entoni Giddens shunday deydi: “Hozirgi o‘zgarishlarning 
natijasi yangi global savdo tarmoqlarning – mamlakatlar va kompaniyalarni bir-biri bilan 
bog‘lab turadigan iqtisodiy almashuv shakllarining vujudga kelishi bo‘ldi. Odatda, bunday 
ittifoqlar yer yuzidagi juda katta mintaqalarni birlashtirib turadi va har bir shunday blok bilan 
iqtisodiy musobaqaga kirishadi. 1992-yilda Yevropa jamiyati doirasida savdo-sotiqni 
liberallashtirish jahonda eng yirik savdo zonasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Hozir u 324 
35


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
millionga yaqin kishini o‘ziga jalb etgan. Keyingi yillarda u yana kengayib ketsa kerak”
1
. Biroq 
bugungi kunda bu globallashuv faqat rivojlangan mamlakatlarga foyda keltirib, 
rivojlanayotgan mamlakatlarga, ayniqsa, juda kambag‘al mamlakatlarga inqiroz olib keluvchi 
hodisa ekani maʼlum bo‘ldi. Bunga nisbatan rus faylasufi I.I.Belyayev o‘z munosabatini 
bildirib, “...globallashuv boshqa mamlakatlar ijtimoiy-maʼnaviy hayotiga salbiy taʼsir qilishi 
mumkin”, – deb eʼtirof etadi.
2
XXI asrning real voqeligi, “sivilizatsion integratsiyalashuv”, “ommaviy madaniyat” 
kishilar, millatlar, xalqlar, davlatlar, umuman, insoniyatning maʼnaviy hayot haqidagi 
qarashlari, konsepsiyalari, fikrlari o‘rtasidagi munosabatlar g‘oyat murakkab, hatto, ayrim 
hollarda, ziddiyatliligini namoyon qilmoqda. Darhaqiqat, bugungi kunda kechayotgan 
sivilizatsion taraqqiyotning yoshlar tarbiyasiga taʼsirini o‘rganishda mutaxassis olimlar va 
keng jamotchilikni tashvishlantirayotgan masalalardan biri bu “ommaviy madaniyat” bo‘lib 
qolayotganligi hech kimga sir emas. Bu borada mazkur muammolarni hal etish bo‘yicha rang-
barang ilmiy-nazariy konsepsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning aksariyati hozir ham 
ahamiyatini yo‘qotmagan, aksincha, dolzarbligi ortib bormoqda.
Shunday qilib, birinchidan, XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshlarida vujudga 
kelgan ko‘p qutblilik va mafkuraviy plyuralizm, “global savdo tarmoqlar”, “sivilizatsion 
integratsiyalashuv”, “ommaviy madaniyat” dunyoning o‘zaro dialektik aloqa va ziddiyatlar 
birligi asosida harakat qiladigan ulkan, o‘zaro bir-biriga taʼsir etish kuchiga ega bo‘lgan 
sistema sifatida faoliyat ko‘rsatishini taqozo qilmoqda.
Ikkinchidan, bu jarayonning rivojlanish qonuniyat va tamoyillari, baʼzi 
mutaxassislarning fikriga ko‘ra, “butun jahonda iqtisodiy va madaniy makonning paydo 
bo‘lishiga hamda dunyo miqyosidagi yagona insoniy mushtaraklikning vujudga kelishi..., 
umumjahon yagona axborot almashuv makonining barpo etilishi kishilik sivilizatsiyasining 
yangi shakli yuzaga kelishiga olib boradi” – degan taxminlarni ilgari surishga asos 
bo‘lmoqda.
3
Аslida, buning zamirida kosmopolitik yondashuv va maqsadlarning mavjudligi, 
tarixiy o‘tmishi uzoq, milliy qadriyatlari boy va ertangi kelajagi buyuk bo‘lgan mustaqil 
davlatlarning ertangi kuni va yoshlari istiqboliga tahdid solishi mumkinligini eʼtibordan 
chetda qoldirmagan holda, doimiy ogohlikni unutmasdan yashash lozimligini barchamiz 
anglab turibmiz.
Ushbu ziddiyatli nuqtayi nazardan kelib chiqib bugungi kunda jamiyatimiz yoshlar 
maʼnaviyati va madaniyati, ongi va tafakkuri bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni har tomonlama 
chuqur o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazib bugungi tashqi taʼsirlardan himoya qila oladigan 
himoya mexanizmini yaratish davr talabiga aylanib borish barobarida, davlat va jamiyat 
maʼnaviy hayoti va taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Shundan 
kelib chiqib, bugungi kunda ushbu sohada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida 
quyidagilarga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz: 
Birinchidan, texnogen sivilizatsiyasi tobora kuchayib borayotgan hozirgi davrda, 
yoshlarni “texnika quli”ga aylanib qolmasligi uchun (xususan, mobil telefoni, kompyuter va 
boshqalar) taʼlim-tarbiya masalalariga alohida eʼtibor qaratish, shuningdek, axborot-
informatsion xurujlarga qarshi kurashuvchi immunitetni shakllantirishda (bola) (1+4) ota-
1
Giddens Entoni Sotsiologiya: Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma / tarj. N.Mamatov va J.Begmatov. –T.: Sharq, 2002–B. 608.
 
2
Беляев М.И.Концепция национального государства. - М.: «Милогия», http://www.milogiya2007.ru/rusnaz 
3
Юлдашева Ф. Методологические проблемы процесса глобализации. //Ижтимоий фикр. Инсон ҳуқуқлари. 2008. № 2. -с.75. 
36


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
ona + taʼlim muassasa + mahalla + nodavlat va notijorat tashkilotlarining maqsadli va 
samarali hamkorligiga erishish maqsadga muvofiqdir. 
Ikkinchidan, maktabgacha taʼlim muassasalaridan tortib oliy taʼlimgacha bo‘lgan 
sferani qamrab oladigan va umumiy rivojlanish qonuniyatni o‘zida aks ettirgan ratsional 
mexaniz ishlab chiqilishi, ayni damda bu tizim har qanaqa holatda ham hisobot yoki statistika 
yuritish maqsadidan mutlaqo xoli bo‘lishi, barcha holatni shaffof holda yoritishi, mavjud 
muammolarni keltirib chiqaruvchi omillarini senzurasiz ochiq tahlil va talqin etib, masʼullarga 
masalani keltirib chiqarayotgan motivatsion omillarni, ushbu masalani bartaraf etuvchi 
mexanizm va samaradorligini ko‘rsata olishi zarur. 
Uchinchidan, bu maqsadga erishish uchun soha mutaxassislari tomonidan amalga 
oshirilayotga ilmiy tadqiqot ishlari, subyektiv omillardan xoli bo‘lgan holda, yaʼni obyektiv 
davlat va jamiyat taraqqiyotiga qaratilgan bo‘lishi, undagi mavjud muammo va masalalarni 
yechishga xizmat qilishi, mahsuldorligi, eng asosiysi, ilmiy bashoratga ega bo‘lgan holda aniq 
samaradolik (qisqa va uzoq muddat) prognozini ko‘rsatishi va bera olishi lozim. 
To‘rtinchidan, ushbu sohada amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar davlat va jamiyat 
uchun ahamiyatli va foydaliligi, keng va har tomonlama yetarli darajada zamonaviy va klassik 
nazariyalarni o‘zida umumlashtirgan bo‘lishi, qiyosiy tahlilni o‘zida aks ettirishi, har bir 
nazariya millatning tarixiyligi va etnopsixologik xususiyatlarini inobatga olib mukammal 
tarzda qayta ishlangan holda keng ko‘lamda barcha yosh qatlamga (qisqa va uzoq muddatda) 
singdira olish mexanizmiga ega bo‘lgan ijtimoiy transformatsion fazani ilmiy-amaliy omillarni 
o‘zida aks ettirish zarur. 
Beshinchidan, jamiyatimiz uchun o‘tkir masala bo‘lib turgan va bo‘lib qolayotgan 
yoshlar taʼlim va tarbiyasi, maʼnaviyati va madaniyati, ongi va tafakkuri, dunyoqarashi bilan 
bog‘liq bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini nomiga, yaʼni ilmiy unvon va daraja uchun 
qilinayotgan ishlardan voz kechish vaqti yetib kelganligidir. Bu borada respublikamizdagi oliy 
taʼlim muassasalari qoshidagi ilmiy kengashlar va ilmiy-tadqiqot institutlarida tadqiqot olib 
borayotgan yosh tadqiqotchilarga kerakli ko‘rsatmalarni berishi, ilmiy qobiliyatga ega 
bo‘lgan munosib yoshlarni har jihatdan qo‘llab quvvatlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatiga 
salbiy taʼsir o‘tkazuvchi har qanday sunʼiy to‘siqlarni olib tashlash ushbu masalada qilingan 
xatti-harakat mavjud muammolarni bartaraf etishdagi birinchi va asosiy qadamdir.
Shu o‘rinda yuqorida sanab o‘tilgan masalalar yechimlaridan biri sifatida Toshkent 
viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tomonidan amalga oshirilayotgan pedagogik 
innovatsion taʼlim klasterini keltirib o‘tishimiz mumkin. Taʼlimda klasterni shakllantirish bilan 
bog‘liq jarayonlarda davlatning roli juda muhim. Bunday sharoitda davlat mamlakatda 
sohalar rivojiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni joriy qilish, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, 
chet ellik hamkorlar bilan faol manfaatli munosabatga kirishish bilan bog‘liq tashqi va ichki 
siyosat yuritishi sohalarni klasterlashtirish jarayonlarini yengillashiradi. Buning uchun o‘zaro 
munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq ravishda shunga mos normativ-huquqiy asoslar 
shakllantirilishi kerak.
1
Ushbu jarayonlar klaster siyosatini belgilaydi va o‘zida normativ-
huquqiy taʼminot, davlatning shu sohani qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq siyosati, axborot 
taʼminoti kabilarni birlashtiradi. Klaster siyosatining maqsadi esa samaradorlikni oshirish va 
raqobatbardoshlikni kuchaytirishdan iborat bo‘lib, bu maqsadlardan kelib chiqqan holda 
1
G‘.I.Muxаmedov, U.N.Xo‘jаmqulov, Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri: taʼrif, tavsif, tasnif. (Ilmiy risola). TVChDPI nashriyoti, 
2019-y. 
37


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
klaster siyosati quyidagi: klasterlarni samarali tashkiliy rivojlantirish uchun sharoit yaratish, 
klaster ishtirokchilarini aniqlash, qo‘shilgan qiymatni yaratish zanjiri doirasida ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshligiga ziyon yetkazuvchi “tor joylar” va 
cheklovlarga barham berilishi hamda klaster ishtirokchilarining raqobat jihatdan ustunliklari 
oshishini taʼminlovchi klasterni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish kabi vazifalarni 
bajaradi. Bunda mahsulotning raqobatbardoshligi haqida gapirilganda, bog‘cha, maktab, 
litsey yoki oliy taʼlim muassasa bosqichlarida yoshlarning maʼnaviy-axloqiy kamolotini 
taʼminlashga zamon ruhiyatidan kelib chiqqan holda yondashishini nazarda tutadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda yoshlarda maʼnaviy-axloqiy inqirozni keltirib 
chiqaruvchi omillarni zamon ruhidan kelib chiqib ilmiy tadqiq etishda yuqoridagi takliflarga 
eʼtibor qaratish, ushbu sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etib qolmasdan, mavjud 
ilmiy tadqiqotlar davlat va jamiyat, qolaversa, umuminsoniy manfaatlarga yo‘naltirilgan 
maqsadli ilmiy ish deb eʼtirof etilgan bo‘lardi.

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish