Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   147
Bog'liq
5-сон

Oilaning reproduktiv vazifasi.
Reproduksiya nima? Bu oilaning muhim bo‘lgan 
vazifalaridan biri bo‘lib, nasl qoldirish, farzand ko‘rish, bolani dunyoga keltirish, ya’ni avlodni 
davom ettirishdan iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti odamda farzand 
ko‘rishga, uni o‘stirishga va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. Bu ehtiyojlarni 
qondirmasdan turib, kishi, odatda, o‘zini baxtiyor his qila olmaydi. Shuningdek, er-xotinda, 
farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq holda butunlay yangi hissiyotlar: ayolda onalik, erkakda otalik 
hissi paydo bo‘ladi. Farzand er-xotin munosabatlarini yanada mustahkamlovchi asosiy omil 
hamdir. 
Oilaning tarbiyaviy vazifasi.
Oilaning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vazifasi 
tarbiyalashdir. Oila a’zolari, avvalo, bir-birining, so‘ngra farzandining tarbiyasi, axloqi, 
odobiga mas’ul ekanligini hamisha yodlarida tutishlari kerak. “Ota-ona – san’atkor, bola – 
san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir”, deb aytilgan naql besabab emas, albatta.
Xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz (bola 
tarbiyasida ota-onadan tashqari, bobo-momo, qarindosh-urug‘, mahallaning ham ta’siri) bu 
borada katta ahamiyatga ega. 
Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy-g‘oyaviy dunyoqarash, axloqiy 
me’yorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, 
deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan tarbiya natijasida har qanday odam turli 
qadriyatlarni o‘zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi. 
274


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Oilaning iqtisodiy vazifasi.
Oilaning iqtisodiy vazifasi uning asosiy vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Oila iqtisodi, budjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur 
buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so‘ng olinadigan narsalarga mablag‘ yig‘ish, tejab 
ro‘zg‘or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo‘lishlariga bog‘liq. Shuningdek, 
oilada o‘sayotgan bola ham ota va onasidan shu malaka va ko‘nikmalarni kuzatgan holda o‘zi 
o‘rganib boradi, ro‘zg‘or yuritish, sarf-xarajatlarni olib borish kabi iqtisodiy masalalarni hal 
etishni o‘rganadi. 
Oila o‘zining shu vazifasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. 
Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta’minlashning o‘zidayoq oilaning jamiyatga 
keltirgan foydasi katta miqdorni tashkil etadi. Chunki davlat tomonidan, davlat 
muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16-18 yil boqib, tarbiyalash uchun (uni boqish, 
kiyintirish, o‘qitish, moddiy ta’minlash va shu kabilar) ozmuncha mablag‘ ketmaydi. Shunday 
vazifani oila o‘z zimmasiga olishi tasavvurga osonroq bo‘lishi uchun aytish mumkinki, har bir 
bolani voyaga yetkazish uchun 
oila davlatga kamida o‘n-o‘n besh million so‘mdan ortiq miqdorida (2007-yildagi hisob 
bo‘yicha) iqtisodiy foyda keltiradi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish