TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Korreksion-pedagogik ish tizimi individual va differensial taʼlim yondashuvini ko‘zda tutadi.
Differensial taʼlim o‘quv jarayonini bolalar guruhining yetakchi xususiyatlarini hisobga olgan
holda tashkil etish bo‘lsa, individual taʼlim har bir bolaning o‘ziga xos xususiyatlari, qobiliyati,
iqtidoriga qarab beriladi.
Differensial, yaʼni tabaqalashtirilgan taʼlim different, butunni qismga, shakl,
bosqichlarga bo‘lish maʼnosini anglatadi.
Keyingi yillar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, taʼlim oluvchi uchun eng qulay sharoitlarni
taʼminlaydigan o‘quv jarayoni bu differensial taʼlimdir. Differensial taʼlimning maqsadi
bolalarning individual xususiyatlarini, yaʼni iqtidori va qobiliyatini hisobga olib o‘quv
jarayonini tashkil qilishdir.
Differensial taʼlimning vazifalari bolaning o‘ziga xosligini (individualligini) ko‘rish, o‘z
kuchiga ishonishga yordam berishdan iborat. Differensial taʼlim defektolog-logopedlardan
bolalarning individual qobiliyatlari va o‘qish imkoniyatlarini (diqqat,
fikrlash, xotira va
boshqalarning rivojlanish darajasi), aniq fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalar darajasini
tashkillashtirishni o‘rganishni talab qiladi, bu esa korreksion ishda samaraga erishish
maqsadida navbatdagi individuallashtirishni amalga oshirish imkonini beradi.
Differensial yondashuvni amalga oshira turib, logoped quyidagi talablarga amal qilishi
kerak:
–bolalar uchun sog‘lom muhitni yaratish;
– bolalar o‘zidagi imkoniyati va qobiliyatiga ko‘ra bilim olishi, undan nima kutilayotgani
haqida tasavvurga ega bo‘lishi, o‘quv jarayonida motivatsiya bo‘lishi uchun boshqa bolalar
bilan yaqindan muloqotda bo‘lish;
–turli darajadagi taʼlim oluvchilarga ularning imkoniyatlariga mos dasturlarni
egallashlariga erishish.
Individual taʼlim bolaning imkoniyati asosida yakka tartibda mashg‘ulotlarni tashkil
etishga qaratilgandir.
Tizim taʼlimiy, tarbiyaviy, korreksion-rivojlantiruvchi vazifalarga ega.
Taʼlimiy vazifa –bolalarga bilim, ko‘nikma va malakalar berish:
bilim – insonning shakllantirilgan va tizimlashtirilgan bilish faoliyati natijalari;
ko‘nikma – muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat (bilimlar darajasi);
malaka – professional talablarning ma’lum darajasiga muvofiqlikdir.
Tarbiyaviy vazifa – bolalarning shaxsiy sifatlarini va tarbiya turlarini tarbiyalashni o‘z
ichiga qamrab oladi.
Korreksion-rivojlantiruvchi vazifa nutq, ruhiy jarayonlar va motorikani rivojlantirishni
ko‘zda tutadi. Bu vazifalarni bajarilishi NTR bolalar nutqining
grammatik qurilishini
rivojlantirish va ularni maktab taʼlimiga tayyorlaydi.
Korreksion-pedagogik ish tizimi maxsus taʼlim tamoyillariga bo‘ysunadi va shu
tamoyillar asosida taʼlim tashkil etiladi.
Korreksion-pedagogik ish tizimi rivojlanish (ontogenetik), tizimli yondashuv, kompleks-
dinamik yondashuv tamoyillariga asoslangan.
Rivojlanish (ontogenetik) tamoyilda nuqson kelib chiqishining evolyutsion-dinamik
tahlili qilinadi.
Tizimli yondashuv tamoyilida nutqning turli komponentlarini o‘zaro tizimli aloqasi va
tizimli qurilishi o‘rganiladi.
48
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
Komplekslilik tamoyili nutq buzilishlarini har tomonlama to‘liq o‘rganish va taʼsir
etishni ko‘zda tutadi.
Bu tamoyillar nutq kamchiligining tuzilishini tushunish, buzilish etiologiyasi, mazmuni,
aloqalarini aniqlash, yetakchi buzilishlarni ajratib ko‘rsatish, uni tashxis qilish, oldini olish va
bartaraf etishning ilmiy asoslangan tizimi uchun muhim ahamiyatga ega
1
.
Pedagogik ish tizimi ko‘rgazmali, amaliy, og‘zaki metodlarga ega. Bu metodlar nutqiy
materialni egallashni yengillashtiradi, nutqiy ko‘nikma va malakalarni aniq, tushunarli qilib
o‘zlashtirilishini taʼminlaydi hamda logopedik ishning samaradorligini oshiradi.
Tizimo‘quv-uslubiy va texnik taʼminotga ega. Korreksion pedagogik ish tizimi
bolalarning nutqiy
imkoniyatlaridan kelib chiqib, subyektni obyektga, obyektni obyektga
taʼsiri shaklida tashkil etilishini ko‘zda tutadi. Bu tizimdagi ishtirokchilar: defektolog-logoped,
tarbiyachi, ota-onalar va logopad bola bo‘lib, bunda barcha eʼtibor va taʼsir logopad bolaga
qaratiladi.
Korreksion-pedagogik ishning mazmuni taʼlim samaradorligini oshirishni tashkil etish
maqsadida o‘qitishni o‘yinli tashkil etish bo‘lib, bu shakliga ko‘ra o‘yin, mazmuniga ko‘ra esa
taʼlim berishdir. Bolalarning o‘yin faoliyatiga taʼlim xarakteri berilib, o‘yin va o‘yindan
tashqari faoliyatda ham asosiy urg‘u bolalarda nutqning grammatik qurilishini shakllantirish
va rivojlantirishga qaratildi.
Korreksion-pedagogik ish tizimi NTR bolalarda nutqning grammatik qurilishini
rivojlantirish bilan bir qatorda ularni maktabda savod egallashga ham tayyorlaydi.
Bolalarning nuqsonlaridan kelib chiqib, ularga berilayotgan materiallar ko‘rgazmali tashkil
etilib, mashg‘ulotlar didaktik o‘yinlar bilan boyitilib berildi. Didaktik o‘yinlar bolalarning
imkoniyatlarini va qiziqishlarini hisobga olgan holda tanlanib, taʼlimiy vazifani bajardi.
Korreksion-pedagogik ish tizimi bolalarning nutq imkoniyatlari
asosida subyektning
obyektga, obyektning obyektga taʼsiri shaklida tashkil etilishini ko‘zda tutadi.
Korreksion pedagogik ish tizimi maxsus taʼlim tamoyillariga bo‘ysundi va ular asosida
taʼlim tashkil etildi. Nutqni grammatik jihatdan rivojlantirish bo‘yicha ish yo‘nalishlarining
har bir bosqichida nutqi to‘liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqni
yaxshi tushunishi va gap tuzish ko‘nikmalarini rivojlantirishda ko‘ruv tayanchi va ijobiy
hislarni hosil qilishga urg‘u berildi. Bu esa bolalarning bilish faolligi hamda o‘qitish
samaradorligini oshirishga olib keldi.
Mashg‘ulotlar maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati hisoblangan o‘yin
shaklida tashkil qilindi
2
. Mashg‘ulotlar davomida anʼanaviy o‘yin turlari bilan bir qatorda
kompyuter texnologiyalaridan ham foydalaniladi.
Ko‘rgazmali o‘yin vositalari yordamida tashkil qilingan o‘yinlar bolalarga tabiiy holda
egallagan nutqiy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Korreksion ish ontogenetik,
tizimli yondashuv, komplekslilik, dinamiklik prinsiplari asosida tashkil qilinib, verbal vositalar,
o‘yin faoliyati bosqichma-bosqich murakkablashtirib boriladi.
Taklif etilgan korreksion pedagogik ish tizimi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda
nutqning grammatik
qurilishini rivojlantirishga, shuningdek, nutq va ruhiy jarayonlarni
1
Аюпова М.Ю., Арипова Ш.Д. Тўғри талаффуз қиламиз ва ёзамиз. Методик қўлланма. – Т.: Ўзбекистон файласуфлар миллий
жамияти, 2015. –236 б.
2
http://www.un.org/esa/socdev/unyin/documents/children_disability_rights.pdf, 7-24 p.
49
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
to‘laligicha takomillashtirishga hamda bu toifa bolalarning maktabda to‘laqonli savod
egallashlariga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: