TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
holatlariga maksimal holda yaqinlashish o‘yinlar tufayli amalga oshadi. Shu bois ham
o‘yinlarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. So‘z boyligini rolli o‘yinlar yordamida oshirish
ham bolaning so‘zlashga, xayoliy vaziyatga qarab harakat qilishga asoslanadi
1
. Agar o‘yinda
har bir tovushlar, so‘zlar va nutq modellarining ma’nosini anglash uchun yaxshi sharoit
bo‘lsa, bola ularni puxta o‘zlashtiradi. Maxsus o‘yinlar yordamida eshitishida nuqsoni
bo‘lgan bola nutqini eshitib tushunishga, to‘g‘ri talaffuz qilishga, kundalik muloqotga oid
iboralarning ohangini ham o‘zlashtirib olishga imkoniyat yaratish mumkin. Lekin o‘yinlar
lug‘atiga kiritilgan so‘zlarning ma’nosini yaxshiroq tushunishga, ularni mustahkamlash va
faollashtirishga yordam beradi. O‘yin jarayonida bolalarning so‘z boyligi ortib boradi va ular
yangi kiritilgan so‘zlarni o‘zlashtirilgan so‘zlar bilan bog‘lab, ularni nutqda qo‘llashga
o‘rganadilar. Quyida shu maqsadga yo‘naltirilgan bir necha usullarni keltirib o‘tamiz.
Boshlang‘ich talim jarayonida o‘quvchilar og‘zaki nutqini shakllantirish, o‘zaro bog‘liq
gaplardan matn tuzish malakasini hosil qilish, erkin fikr yuritish, munosabatini bemalol
bayon qilishga o‘rgatish uchun R.Djonson, D. Djonson usuli – uch-to‘rt o‘quvchining bir
vazifani bajarishga asoslangan usuli nihoyatda samaralidir. Masalan, sinfdagi bir o‘quvchi
qur’a tashlash yo‘li bilan tanlanadi. Sinf o‘quvchilari muayyan qoidaga ko‘ra (soniga ko‘ra,
ixtiyoriga ko‘ra) ikkiga bo‘linadi, har bir o‘quvchi bir bo‘lak qog‘ozga ta’rifga asoslangan bir
jumla yozadi. Bir guruh o‘quvchilari ijobiy baho, ikkinchi guruh o‘quvchilari salbiy baho
berishadi. Masalan: Nafisa a’lochi o‘quvchi. Nodira jahldor o‘quvchi va shu kabi. Har bir
guruhdan bir o‘quvchi oqlovchi, qoralovchi vazifasida chiqadi. Har ikki guruh o‘quvchilari
raqib guruhga xos fikrining aksini isbotlashga urinadi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida
so‘zlashuv nutqini rivojlantirishda quyidagi usul ijobiy natija beradi: “1” dan “10” gacha
raqam yozilgan qog‘oz bo‘laklari o‘qituvchi stoliga qo‘yiladi yoki qo‘lida bo‘ladi. O‘qituvchi
o‘quvchilariga “omadini sinab ko‘rishni” taklif etadi. Qaysi o‘quvchiga necha raqam chiqsa,
shuncha sodda gap tuzish kerak. Muhimi, ikki va undan katta raqam chiqqan bo‘lsa,
mazmunan o‘zaro bog‘liq matn tuzish kerak. Mavzu erkin. O‘quvchilar tomonidan tuzilgan
gaplar tashigan ma’no xususiyatlari ham aniqlanishi zarur. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida
yozma bog‘langan nutqni rivojlantirish, o‘quvchilarni qiziqtirish va e’tiborini bir nuqtaga jalb
etish uchun quyidagi topshiriq beriladi. O‘quvchi yonida o‘tirgan sherigiga o‘z tilaklarini
bildirishi kerak. Bu topshiriq shaklini biroz o‘zgartirish mumkin. Ota-onasiga, boshqa
mamlakatda yashovchi do‘stiga maktub yozish topshiriladi. Bunda, albatta, xat matnida
qo‘llangan gaplarning mazmuniy xususiyatlari aniqlanishi lozim bo‘ladi. Klaster metodi,
umuman, bir tushunchaga oid turli tushunchalarni birlashtirib tasavvur hosil qilish imkonini
beradi. Masalan, o‘quvchilarga muayyan tushunchani berib, uning sifatlovchilarini aniqlash
topshirilishi mumkin. “O‘zbekiston qanday davlat?” so‘rog‘i “mustaqil”, “boy”, “huquqiy”,
“buyuk”, “ilg‘or”, “yetakchi”, “demokratik”, “obod” kabi sifatlarni birlashtiradi. Bu so‘zlar,
shuningdek, tuzilishiga ko‘ra ham guruhlashtirilishi mumkin. Yoki o‘quvchilarga tanish
bo‘lgan asar, teatr, kino, multfilm qahramonlarini sifatlash topshiriladi. Masalan: “Zumrad
va Qimmat” ertagi qahramoni Zumradga shunday ta’riflar berish mumkin: “jabrdiyda”,
“bardoshli”, “chidamli”, “kuchli”, “ishonuvchan”, “mehribon”, “go‘zal”, “g‘amxo‘r”. Bu
1
Аvliyakulоv N.Х. Zаmоnаviy o‘qitiSh tехnоlоgiyalаri. –T., 2001.
169
Do'stlaringiz bilan baham: |