TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
The analysis of data on the level of natural and mathematical literacy of school graduates is
carried out. The content of the TIMSS educational opportunities model is explained.
Keywords:
TIMSS, international research, mathematics, natural sciences, assessment,
education quality, methodological approach, model.
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo‘lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir
davrda kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash,
ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini davlat ta’lim
standartlari asosida shakllantirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar
asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-
sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”
1
doirasida
O‘zbekistonda ta’lim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash
dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllantirilmoqda.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish,
mavjud tizimni har
tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar,
agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan
yaqindan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini
baholash bo‘yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon
talablariga javob beradigan
munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 997-sonli Qarori
2
bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash
bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi. Shuningdek,
respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya
faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida qator xalqaro baholash dasturlari, jumladan,
TIMSS xalqaro tadqiqot bo‘yicha ta’lim yutuqlarini baholashda ishtirok etish dolzarb vazifa
sifatida belgilandi. TIMSS (inglizcha Trends in Mathematics and Science Study) - maktabda
matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatining xalqaro monitoringi bo‘lib, Ta’lim yutuqlarini
baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. U birinchi marotaba 1995-
yilda Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan.
Uning
matematik va tabiatshunoslik ta’limi sohasidagi oldingi qiyosiy tadqiqotlardan asosiy farqi
bitta mashg‘ulotda (matematika va tabiiy fanlar) ikkita fanning birlashishi edi. 1995-yilgacha
matematik va tabiiy fanlar ta’limi sohasidagi qiyosiy tadqiqotlar alohida-alohida olib
borilgan
3
. 1999-yilda TIMSS tadqiqotida, asosan, 1995-yildagi
tadqiqotlar usullari va
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” // (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017
-y., 6-son, 70-
modda) // https://mfa.uz/
2
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 997-son 08.12.2018.//
http://lex.uz/docs/4097073
3
Первое международное исследование по математическому образованию - FIMS (First International
16