Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
implantatsiyadan keyin bolaning eshitish idrokini va nutqini shakllantirish, o‘zgalar nutqini 
tushunish va so‘zlashish, muloqot qila bilishga o‘rgatish, nutqini me’yorda eshituvchi bola 
nutqining darajasiga yetkazishdan iborat. Nutqni keng qamrovli rivojlantirish bo‘yicha olib 
boriluvchi ishlarda quyidagi tamoyillarga rioya qilinish lozim
1


Har bir bola nutqini rivojlantirishda, nutqiy rivojlanishning dastlabki darajasini
hisobga olgan holda, tabaqalangan ravishda va individual yondashish tamoyili;

Til o‘rgatishda tilni muloqot (kommunikatsiya) quroli sifatida shakllantirish tamoyili;
 

Kommunikativ tizimni amalga oshirishda asosiy: genetik, faoliyat hamda struktur-
semantik tamoyillarga tayanish; 

Nutqni rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil qilishning mavzuiy tamoyili; 

Nutqni yaxlit jarayon sifatida shakllantirishda nutqiy faoliyatning turli ko‘rinishlari 
(atrofni eshitish, ko‘rish va eshitish, so‘zlash, o‘qish, yozish vositasida idrok etish)ni 
o‘zlashtirishni ko‘zda tutish; 

So‘zlashuv nutqini rivojlantirishning amaliy faoliyat bilan bog‘liqligi tamoyili; 

So‘zlashuv muloqotiga ehtiyojni yuzaga keltirish tamoyili. 
Birinchidan, abilitatsion ishning dastlabki yilida asosiy ish – eshitish idrokni 
rivojlantirishga qaratilishi kerak va buning uchun, avvalambor, kundalik odatiy vaziyatlardan 
foydalanish maqsadga muvofiq. Ikkinchidan, koxlear implantli bolada qisqa vaqt ichida tabiiy 
eshitish idrokni rivojlantirish hamda me’yorda eshitadigan bolalar kabi, o‘z nutqini va 
o‘zgalar nutqini idrok etib tushunish darajasiga erishish vazifasi turadi. Uchinchidan, koxlear 
implantli qilingan bola bilan olib boriladigan ishning o‘ziga xos jihati shundaki, bolada 
eshitish ko‘nikmasini rivojlantirish kerak. Buning uchun bola bilan muloqotda uning 
qarshisida emas, yonida (koxlear implantant qo‘yilgan tomonida) o‘tirgan holda suhbat olib 
borish, o‘ynash, kitob o‘qish kerak. Bunda bola nutqni yaxshi eshitadi va so‘zlovchining 
lablarini ko‘rmay turib, e’tiborini diqqat bilan eshitishga qaratadi. To‘rtinchidan, ilk yoshda 
implantant qo‘yilgan kar bola bilan ishlashda daktil nutq shaklidan, nafaqat muloqot vositasi 
sifatida, balki tovush talaffuzini shakllntirish vositasi sifatida ham foydalanish shart emas. 
Beshinchidan, bolada eshitish tajribasi va diqqat buzilishining mavjudligi, ota-onalarning 
abilitatsiya jarayoniga tayyorligi bilan bog‘liq holda abilitatsiya davri uchun 6 oydan 18 
oygacha vaqt kerak bo‘ladi. Shu bilan birga eshitishida muammosi bо‘lgan ko‘pchilik 
bolalarda nutq buzilishlari mustaqil buzilishlar sifatida mavjud bo‘ladi. Bular yo birlamchi 
buzilishlar (tegishli miya markazlarining shikastlanishi oqibatida), yo ikkilamchi (ilk yoshda 
yuz bergan karlik tufayli harakat nutq markazlari rivojlanishining buzilishi oqibatida) 
buzilishlar sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda nutqning ekspressiv rivojlanmaganligi passiv va 
aktiv lug‘atning hamda grammatik nutq tizimining rivojlanmaganligi bilan belgilanadi. Bu 
bola bilan til tizimini (ona tili tizimini) shakllantirishga (passiv va aktiv lug‘at to‘plash, 
grammatik til tizimini shakllantirish, mustaqil nutqni rivojlantirishga) qaratilgan uzoq yillarga 
mo‘ljallangan maqsadli surdopedagogik ish olib borilishini taqozo etadi
2
. Koxlear implantli 
bolaga xos yana bir xususiyat shundaki, kichik yoshida implantatsiya qilingan bola bilan olib 
boriladigan korreksion ishda global o‘qish metodidan foydalanish kerak bo‘lmaydi. Biroq 3 
1
Королева И.В. Кохлеарная имплантaция глухих детей и взрослых (електродное протезирование 
слуха). –
СПб.: КАРО, 2009.
2
Таварткиладзе Г.А. Кохлеарная имплантaция – М., 2000.
146



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish