TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
O‘zbekiston Respublikasi bugungi rivojlanish bosqichida madaniyat, san’at
va fan
sohalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Shuning bilan birga yoshlar chet tillarini o‘rganishlari
uchun, har jihatdan bilimli va mustaqil fikrli kishilar qilib tarbiyalash yuzasidan ham qator
islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda “Bir necha xorijiy tillarni biluvchi zamonaviy
kadrlar tayyorlash, xorijiy tillar bo‘yicha ilmiy ishlar olib borish, til o‘rganish metodologiyasini
takomillashtirish” kabi vazifalar belgilangan. Bunda xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion
texnologiyalardan
foydalanish, talabalarda S1 darajadagi leksik birliklarni kommunikativ
yondashuv orqali takomillashtirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar strategiyasida” “uzluksiz ta’lim
tizimini yana-da takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish,
mehnat
bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos, yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom
ettirish” kabi muhim vazifalar belgilandi. Ingliz tilida so‘zlashuvchi xalqlarning ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalardagi yutuqlarini o‘rganish bilan birga talabalarda ingliz tili
S1 darajadagi leksik birliklarni kommunikativ yondashuv orqali takomillashtirish usullarini
ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj
ko‘paygani sari tilni o‘qitish sifatini oshirishga intilish, tillarni qanday o‘rganish, tilni bilish, uni
xotirada qanday aks ettirilganligi va tashkil etilganligi yoki tilning qanday tuzilganligi haqida
umumiy tamoyillar va nazariyalarga murojaat qilish zarur bo‘lib bormoqda.
Har qanday tilni o‘rgatish yoki o‘rganish tasodifan sodir bo‘lmaydi;
bu juda tizimli
jarayon bo‘lib, o‘ziga xos texnikalar, usullar va yondashuvlar yordamida amalga oshiriladi.
Xorijiy tillarni muntazam ravishda o‘rganish uchun zamonaviy materiallar, turli xil
yondashuvlar, eng yangi usullardan foydalanish va eng yuqori darajada o‘rganishni
ta’minlaydigan qiziqarli shaklda taqdim etish muhimdir.
1963-yilda amerikalik amaliy tilshunos Edvard Entoni konseptualizatsiya va
tashkiliylikning uch darajasini aniqlab bergan. Ular
yondashuv, usul va texnika deb ataladi.
Uning fikriga ko‘ra yondashuv – bu til va tilni o‘rganish bo‘yicha taxminlar va e’tiqodlarni
aniqlash darajasi.
Yondashuvning bir necha turlari mavjuddir. Ular strukturaviy yondashuv,
kommunikativ yondashuv, eklektik yondashuv, vaziyatga yondashish va boshqalar. Har
qanday xorijiy tillarni o‘qitish va o‘rganishda usullar, yondashuvlar
hamda texnik vositalar
muhim ahamiyatga ega. Usullar, yondashuvlar va texnik vositalar tilni o‘qitish maqsadlariga
erishish uchun til qobiliyatlari va til ko‘nikmalarini qoniqarli ravishda rivojlantirish uchun tilni
o‘qitish dasturini amalga oshirish vositasidir. Barcha usullar, yondashuvlar va metodlarni bir
xil darajada samarali va bir vaqtning o‘zida tilni o‘qitish jarayonida qo‘llab bo‘lmaydi, chunki
til o‘qitish usullari va uslublari muayyan tilning maqomi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Bir usul,
yondashuv yoki texnikani cheklash va kamchiliklarni bartaraf etishga urinishlar natijasida,
boshqa usul, yondashuv yoki texnikaning paydo bo‘lishiga olib keladi. Xorijiy tillarni o‘qitish
va o‘rganishda ko‘plab usullar, yondashuvlar va texnikalar muhimdir va ularning barchasi
o‘ziga xos xususiyatga egadir.
Stem (1983) yondashuvga shunday ta’rif beradi: “Yondashuv
- bu tilning tabiati va
tillarni o‘qitish va o‘rganish xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro bog‘liq taxminlar
to‘plami. Yondashuv aksiomatikdir. Unda o‘qitiladigan fanning mohiyati tavsiflanadi.”
Kommunikativ yondashuv xususida ko‘plab tilshunos olimlar o‘z tadqiqotlarini olib borganlar.
Buni 1960-yillarning oxirida ingliz tilidagi an’analarning o‘zgarishlaridan ko‘rish mumkin.
101