TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
intellektual o‘yinlar maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash
bo‘yicha davlat dasturlari va amaldagi metodika asosida ishlab chiqilgan. U o‘z ichiga
predmetlarni rangiga ko‘ra taqqoslash, guruhlarga ajratish, guruhdan ajratib olishdan tortib,
toki ko‘paytirish jadvalini yodlash ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga oid intellektual
o‘yinlarni o‘z ichiga oladi. O‘yinlarning intellektualligi o‘yinlar va o‘yinlar bosqichlarining
qatʼiy ketma-ketlikda ochilishi, o‘yinchining o‘yinlar orqali o‘zlashtirish ko‘rsatkichining
muntazam nazorat qilib borilishi va natijalarga mos munosabat bildirilishi (o‘zlashtirish
ko‘rsatkichi 70 %dan tushgan holda o‘yin bosqichi takroran tavsiya etilishi, bu hol bir necha
bor ketma-ket takrorlansa, avvalgi bosqichga qaytarilishi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 70 % dan
ortgandagina navbatdagi bosqich yoki o‘yin ochilishi), o‘yinlar va bosqichlarda mantiqiy
nomutanosibliklarga yo‘l qo‘yilmasligi (masalan, yoki ko‘rinishidagi misollarning berilmasligi)
kabilarda namoyon bo‘ladi
1
.
O‘yinlarning va o‘yin bosqichlarining har biri shu o‘yinlardan ko‘zda tutilgan muayyan
bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishning mavjud metodikalarga hamda didaktika
tamoyillarga to‘la asoslangan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, bola dastlabki matematik
bilimlarni ketma-ket, ortiqcha qiyinchiliklarsiz, o‘qituvchi yoki o‘rgatuvchining ko‘magisiz
egallashiga erishilgan. Majmuaning eng ahamiyatli tomoni shundaki, bu intellektual
o‘yinlarning barchasi foydalanuvchining komyuter bilan muloqotini to‘la nazorat qiluvchi va
boshqaruvchi “Ota-ona dasturi”ga biriktirilganidir.
Bu orqali bolaning komyuter va komyuter o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishlaridan pedagogik
maqsad – fundamental fan (xususan, matematika fani) asoslarini egallash yo‘lida
foydalanishga erishishdir. Mazkur “Ota-ona dasturi”ning mavjud shunday nazorat
dasturlaridan asosiy farqi shundaki, bu dastur ekranni yuqorida tavsiflangan 15 ta o‘yinlar
bilan qulflash orqali foydalanuvchini muayyan matematik bilimlarni egallashga “majbur
qiladi”. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:
- foydalanuvchi komyuterni ishga
- tushirishi bilan unga 15 ta komyuter o‘yinlaridan o‘zining mavjud matematik bilimlari
darajasidagi (yoki navbatdagi) o‘yinning muayyan bosqichi tavsiya etiladi. Bola bu o‘yin
bosqichini maʼlum darajadagi muvaffaqiyat bilan o‘ynamagunicha, ekran qulfi ochilmaydi.
Bola o‘yin bosqichida muvaffaqiyatga erishsa, ekran qulfi ochiladi;
- ekran qulfi ochilgach, foydalanuvchi dastur taklif etgan qulay, milliy interfeysga ega
bo‘lgan maxsus ish stoli orqali komyuter bilan muloqot qilishi mumkin. Komyuter bilan
muloqot qiluvchi foydalanuvchi maktabgacha taʼlim yoshidagi bola yoki uning ota-onasi
bo‘lishi mumkin. Buning uchun ikki xil rejim o‘rnatilgan: bola rejimi hamda ota-ona rejimi.
Ekran qulfi ochilgach, komyuter avtomatik tarzda bola rejimida ishlaydi va bunda ish stolida
joriy etilgan “Matematik o‘yinlar”, “Boshqa o‘yinlar”, “Multfilmlar”, “Klip va kinolar”,
“Rasmlar”, “Hujjatlar” menyulari orqali muloqot qilish mumkin. Komyuter sozlamalarining
bola tomonidan buzilishining oldini olish maqsadida birdaniga 5 tadan ortiq fayllar bilan
ishlash hamda joylashtirilgan fayllarni o‘chirishga ruxsat berilmaydi;
- “Boshlash” (pusk) menyusida “O‘chirish”, “Qayta boshlash” hamda “Ota-ona rejimi”
bo‘limlari mavjud. Ota-ona “Ota-ona rejimi” bo‘limidan o‘zining shaxsiy paroli bilan ota-ona
1
M.Badalov, H. Najmiddinova, O. Jamolov. “Аvtoolam” dasturi uchun Oz.R. Intellektual mulk agentligi
guvohnomasi DGU №
04289, T. 10.03.2017.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |