2020/2
ICILS – (International Computer and Information Literacy Study) kompyuter-axborot
texnologiyalar bo‘yicha savodxonlikni baholash;
TALIS – (Teaching and Learning International Survey) rahbar va pedagog kadrlarning
umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘qitish va taʼlim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning
ish sharoitlarini o‘rganish; ICCS – (International Civic and Citizenship Study) fuqarolik
taʼlimini xalqaro baholash; PIAAC – (The Programme for the International Assessment of
Adult Competencies) katta yoshli aholining kompetensiyalarini baholash.
1
Ushbu loyihalar o‘quvchi-yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari, egallagan
bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatiga turli xil topshiriqlar orqali baho berish va
keyinchalik bu ko‘nikmalar rivojlanishiga turtki berishga xizmat qiladi.
Hozirgi kunga qadar Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro
assotsiatsiyasi o‘rtasida imzolangan kelishuvlarga muvofiq 2021-yilda PISA va PIRLS xalqaro
dasturlarida ishtirok etish rejalashtirilgan
2
. Mazkur tadqiqotlar doirasida O‘zbekiston
Respublikasi o‘quvchi-yoshlarining savodxonlik darajalari ilk bor sinab ko‘rilar ekan, bunga
o‘ta masʼuliyat bilan tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi. Buning uchun, xalqaro tadqiqotlar
talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan topshiriqlar asosida tajriba sinovlar o‘tkazish, o‘quv
jarayonlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilib borish orqali o‘quvchilarda maxsus
ko‘nikmalarni rivojlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Xalq taʼlimi
vazirligi tizimida xalqaro baholash dasturlarini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar amalga
oshirmoqda. Hozirgi kunda vazirlik o‘quvchilarning o‘qish (EGRA) va matematika (EGMA)
bo‘yicha qobiliyatlarni baholash tadqiqotlarini tizimga joriy etish bo‘yicha АQShning USAID
tashkiloti bilan hamkorlik qilmoqda
3
.
EGRA – Early Grade Reading Assessment – o‘quvchilarning o‘qish bo‘yicha
savodxonligini erta aniqlash; EGMA – Early Grade Mathematics Assessment –
o‘quvchilarning matematika bo‘yicha savodxonligini erta aniqlash.
Taʼlimning sifati va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq tadqiqotlar olib borayotgan
tadqiqotchilar ham tadqiqot ishlarini amalga oshirishda o‘quvchilarda xalqaro dasturlar
talablariga muvofiq bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishga eʼtibor
qaratishi lozimdir.
Аvvalo, xalqaro baholash natijalarini o‘rganish, tahlil qilish va tegishli xulosalar
chiqarish, baholash natijalari bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan davlatlar taʼlim tizimidagi
tajribalarni o‘rganish va bu ilg‘or tajribalarni o‘zimizning taʼlim tizimimizga tatbiq qilish kerak
bo‘ladi.
2019-yilning 3-dekabr kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)
tomonidan PISA-2018 natijalari rasman eʼlon qilindi. 2010-yildan buyon har 3 yilda o‘tkazib
kelinayotgan, jami 10 million nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etgan ushbu tadqiqotlarda
15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha
1
Материалы образователного семинара с заместителями директоров по УВР 15-16.10.2019 г.
О.И.Сацук, рук. центра методического сопровождения развития МСО.
2
Развитие
функционалной
грамотности
учащихся
младших
классов
//
https://kopilkaurokov.ru/doshkolnoeObrazovanie.
3
С.А.Нургалиева, Г.С.Майлыбаева. Международный опыт в оценке качества образования по
организации мониторинга резултатов обучения обучающихся // Журнал «Вестник КазНПУ».
-Алматы,
2018. https://articlekz.com/article/19333.
43